A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)




 
 
A.R.KAZAKOV, A.QAZAQBAEV, B.A. KAZAKOV 
 
Voleybol o’yini texnikasiga o’rgatishda 
maxsus mashqlardan foydalanish 
(o’quv-metodik qo’llanma) 
 
 
 
 
NUKUS – 2013-yil



 
Mualliflar:
 
 
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti 
Sport fanlari kafedrasi dotsenti A.R.Kazakov 
Jismoniy tarbiya kafedrasi assitenti A.M. Qazaqbaev 
Jismoniy tarbiya kafedrasi
katta o’qituvchisi B.A. Kazakov

 
Fikr bildiruvchilar:
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti 
sport fanlari kafedrasi dotsenti
Yu.İ.
Kulakov 
 
Jismoniy tarbiya kafedrasi
katta o’
qituvchisi A. İsmaylova
 
 
Qoraqalpoq davlat universiteti ilmiy-metodik kengashida tasdiqlangan 
 10-
май
 2013-
йил
 

7 raqamli bayonnoma. 



 
K I R I Sh 
Sportchilarni musobaqalarda ishtirok etish faoliyati ularni ma’lum 
sport turiga xos bo‘lgan harakat malakalarini maromiga yetkazib 
bajarishlarini taqozo etadi. Harakat malakasini mahorat bilan ijro etish, 
musobaqalarda g‘alaba qozonish – bu ko‘p yillik sport trenirovkasi evaziga 
namoyon bo‘lishi mumkin. Harakat malakalarini ijro etish texnikasi 
qanchalik 
takomillashgan 
bo‘lsa, 
musobaqada 
g‘alabaga 
erishish 
imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
G‘alabaga erishish – bu musobaqani asosiy maqsadidir. Lekin 
g‘alabaga erishish sportchilarni muayyan va yakuniy maqsadlarga 
qaratilgan harakatlariga bog‘liq. Demak, texnik tayyorgarlik ko‘p yillik sport 
takomillashuvi jarayonining asosiy negizidir. 
Sport texnikasi – bu ixtisoslashtirilgan bir vaqtni o‘zida, ketma-ket va 
ma’lum maqsadli tartibda bajariladigan harakatlar majmuasidir. Sport 
texnikasi harakatni aniq, yengil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib, 
yuqori samarada ijro etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Texnik tayyorgarlik – bu ko‘p yillik faoliyat bo‘lib, ma’lum harakatlar 
majmuasini texnik jihatdan ma’lum maqsadli tartibda, vaziyatga muvofiq 
barqaror, mukammal va samarali bajarilishini ta’minlovchi pedagogik 
jarayondir. Mazkur jarayon sport tayyorgarligini asosiy va ajralmas qismi 
bo‘lib hisoblanadi.
Texnik tayyorgarlikning so‘nggi maqsadi harakat yoki harakatlar 
majmuasini texnik tomondan har qanday vaziyatlarda va qarshi ta’sirlar 
sharoitida barqaror va samarali ijro etilishidan iboratdir. 
Texnik tayyorgarlikning pedagogik natijasi va uni sportchilar 
faoliyatida namoyon bo‘lishi sportchilarning mahorati deb ataladi. Bu sifat 
ma’lum rejaga asosan bosqichma-bosqich nazorat mashqlari (testlar) va 



yozma kuzatuv uslublari yordamida mashg‘ulotlar hamda musobaqalar 
jarayonida baholanib turiladi.
Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifasi – o‘yin texnikasining 
biomexanik qonuniyatlarini o‘zlashtirish va harakat yoki harakatlar 
majmuasini texnik tomondan maqsadga muvofiq barqaror va mukammal 
takomillashtirishdir. Yangi harakat texnikasini o‘rganish, o‘zlashtirish 
mavjud harakat tajribasiga asoslanadi.
Harakat yoki harakatlar majmuasining texnikasini o‘zlashtirish 
shug‘ullanuvchida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik 
kabi jismoniy sifatlarni yetarli darajada rivojlantirishni taqozo etadi. Bu 
sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarilishi tartibi va yo‘nalishi 
o‘rgatiladigan (o‘zlashtiriladigan) o‘yin malakasining texnikasiga mos 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
Harakatlar texnikasiga o‘rgatish jarayonida quyidagi uslubiy 
tavsiyalarga rioya qilish lozim: 
- Birinchidan, ma’lum harakat texnikasini (agar noto‘g‘ri o‘rgatilgan 
bo‘lsa) qaytadan o‘rgatish holiga chek qo‘yish maqsadida o‘rgatish 
jarayonini boshlanishidayoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat texnikasini eng 
samarali nusxasiga o‘rgatish zarur; 
- Ikkinchidan, o‘rgatish jarayonida nazariy mashg‘ulotlarga alohida 
e’tibor berilishi zarur, toki o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan harakat texnikasining 
ijro etish tartibini fikran to‘liq anglasin, xotirada yaxshi eslab qolsin va 
tafakkurida to‘g‘ri bajara olsin; 
- Uchinchidan, o‘rgatish jarayonida o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan 
harakat texnikasini har xil vaziyatda, har xil tezlikda, aniq va maqsadga 
muvofiq bajarilish imkonini ta’minlovchi yetarli rivojlangan jismoniy sifatlar 
poydevorini yaratishi shart. Chunki o‘rganuvchi jismonan zaif bo‘lsa 
o‘rgatilayotgan harakat texnikasi xatolar bilan ijro etiladi, samara bo‘lmaydi, 
o‘rgatish 
yo‘nalishini maqsadga 
muvofiq tomonga burish imkoni 
chegaralanadi, hatto yo‘qoladi. 



Texnik 
tayyorgarlikni 
amaliyotga 
joriy 
etish 
o‘rgatish 
va 
takomillashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni 
oladi: 
1-bosqich. Harakat texnikasi, uni ijro etish tartibi haqida ilk bor 
tushuncha hosil qilish va o‘rgatiluvchini ruhiy jihatdan mazkur harakat 
texnikasini o‘zlashtirishga tayyorlash. 
2-bosqich. Harakat texnikasiga o‘rgatish jarayonida boshlang‘ich 
ko‘nikma malakalarini hosil qilish, tarbiyalash, o‘zlashtirishni sekin-asta 
murakkablashtirish. 
3-bosqich. Harakat texnikasini to‘liq va mukammal bajarish. Ortiqcha 
harakatlardan xalos bo‘lish. 
4-bosqich. Harakat texnikasini barqaror, to‘liq va tez bajarish. 
5-bosqich. Harakat texnikasini turli o‘zgaruvchan vaziyatlarda 
maqsadga muvofiq bajarish.
6-bosqich. «Chuqurlashtirilgan» – murakkablashtirilgan o‘rgatish va 
takomillashtirish jarayoni.
7-bosqich. O‘rgatilgan malakalar texnikasining mukammalligini 
ta’minlash, saqlash va ularning ijro usullarini kengaytirish, boyitish va 
takomillashtirish. 
Texnik tayyorgarlikni maqsad va vazifalarini amaliyotga joriy etish 
ixtisoslashtirilgan vositalar (mashqlar) yordamida amalga oshiriladi. Aslida 
«vositalar» keng ma’noga ega bo‘lib, ularning turlari xilma-xildir. Asosiylari, 
tabiiyki, yondashtiruvchi mashqlar, texnikaga oid mashqlar (yoki asosiy 
mashqlar) va ikki tomonlama voleybol o‘yini bo‘lib hisoblanadi. Lekin 
masalani muvaffaqqiyatli va samarali hal etish uchun o‘rgatish va 
takomillashtirish jarayonida tayyorlov mashqlari va taktikaga oid 
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Boshqacha qilib aytganda, 
jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi va taktikaga oid mashqlarni texnikaga 
o‘rgatish jarayonida qo‘llab borish, o‘yin jarayonida voleybolchiga o‘z texnik 



imkoniyatidan foydalanish darajasini orttiradi. Demak, texnik tayyorgarlik 
jismoniy va taktik tayyorgarlik bilan uzviy va chambarchas bog‘liqdir. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə