A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov


O‘YIN TEXNIKASI VA UNGA TASNIF



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

 
O‘YIN TEXNIKASI VA UNGA TASNIF 
Voleybol o‘z mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan boshqa sport 
o‘yinlaridan farq qiladi. Voleybol o‘yini nisbatan kichik bo‘lgan, ya’ni o‘rtasidan 
teng ikkiga bo‘lingan 18x9 metrli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklidagi 
maydonchada amalga oshiriladi. Zamonaviy voleybol turli o‘yin malakalari va 
taktik kombinatsiyalarga nihoyatda boy bo‘lib, o‘ta katta shiddat va tezlikda 
o‘tadi. Binobarin, voleybolning yuqorida zikr etilgan o‘ziga xos xususiyatlari 
o‘yinchilardan mukammal takomillashgan texnik mahorat talab qiladi. 
Musobaqa o‘yinlarida texnik mahorat qanchalik keng va tashqi ta’sirlarga 
nisbatan mukammal shakllangan bo‘lsa, shunchalik g‘alabani qo‘lga kiritish 
imkoni ko‘p bo‘ladi. 
O‘yin texnikasi – bu bir vaqtning o‘zida ketma-ket va muayyan 
maqsadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar 
majmuasidir. O‘yin texnikasi – harakatni aniq, tez, engil, vaziyatga muvofiq, 
kam kuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. 
«Texnika» atamasi yunoncha (tehnus) so‘z bo‘lib, juda keng ma’noda 
foydalaniladi va o‘zbek tilida «san’at» tushunchasini anglatadi. Miloddan 
avvalgi 776-yildan boshlab har 4 yilda Yunonistondagi Olimp tog‘larining 
etagida joylashgan Olimp qishlog‘ida Xudo Zevs sharafiga o‘tkaziladigan 
umumyunon bayram musobaqalari ishtirokchilari 2 g‘ildirakli aravachada 
poyga, mushtlashish, beshkurash sporti bo‘yicha o‘z san’atlarini (texnikasini) 
namoyish etganlar. Qizig‘i shundaki, har bir ishtirokchi musobaqadan oldin o‘z 
qaddi-qomatini, mushaklarini shakllanganligi va boshqa shu sportga oid 
xislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning shartlaridan biri bo‘lgan. 
Demak, muayyan sport turi bilan shug‘ullanish natijasida odamning qaddi-



43 
qomati, mushaklari va organizmning jamiyki barcha organlari shakllanadi, 
binobarin sportchining texnik mahorati, san’atini takomillashishi ta’minlanadi. 
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, 
televizor, sovutgich, soat va hokazo), ularning texnik pasporti mavjud bo‘lib, 
unda mazkur vositaning texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari berilgan bo‘ladi. 
Sportda ham muayyan harakat malakasining o‘ziga xos texnik ko‘rsatkichlari, 
o‘lchamlari va uni ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir. 
Voleybol o‘yini texnikasi o‘yinni olib borish uchun zarur bo‘lgan harakat 
usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda 
maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi. O‘yindagi har bir 
texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy bog‘langan harakatlanish tizimidan 
tashkil topadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal 
qilish uchun zarur va yetarli bo‘lgan harakatning dinamik va kinematik 
xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari 
o‘rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar). 
Texnikaning asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy 
mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini 
bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi. 
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan 
ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo‘lib, 
bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir 
fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va 
yakunlovchi fazalarini belgilab qo‘yish mumkin. 
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish 
uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, 
aylanma harakatlarni (to‘siq qo‘yganda, koptokni o‘yinga kiritganda, hujum 
zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar 
bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi 



nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli 
vaziyatda, tegishli yo‘nalishda samarali foydalanishdan iboratdir. 
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash 
maqsadida so‘nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinamik 
o‘yin bo‘lganligi sababli voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o‘yin 
vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi 
lozim. Bu esa o‘yinchining texnik mahoratini belgilaydi. 
Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi: 
- harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi; 
- xalal beruvchi omillar (charchash, tashqi sharoitning salbiy ta’sirlari) 
mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi; 
- raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta 
qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish; 
- usullarning bajarilish ishonchliligi. 
Voleybol taraqqiyotining har xil davrlarida texnik harakatlarni bajarish 
usullari, talablari, shakli, mazmuni o‘zgaradi va takomillashib boradi. Texnik 
usullarning o‘zgarishiga o‘yin qoidalarining o‘zgarishi, taktik harakatlarning 
takomillashuvi, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligi darajasining o‘sib borishi 
asosiy sabab bo‘ladi. Hujum va himoyadagi o‘yin dinamikasining o‘sishi, 
harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar 
arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga 
turtki bo‘ladi. 
Shunday bo‘lsa-da, o‘yin texnikasida foydalaniladigan usullarning 
bundan-da samaraliroq imkoniyatlari yo‘q deb bo‘lmaydi. Malakali 
sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o‘yin texnikasiga yangi, 
ilg‘or usullarni kiritish va uni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratadi. 
O‘yin texnikasini tasniflash – ularni shakli, mazmuni, qo‘llaniladigan 
usullarning nimaga mo‘ljallanganligi, harakatlarning bir-biriga bog‘liqligi, 
harakatlarning kinematik va dinamik tuzilishiga qarab ma’lum guruhlar va 
bo‘limlarga ajratishdir. 



Voleybol texnikasi ikkita katta bo‘lim: hujum va himoya texnikalariga 
bo‘linadi. O‘z navbatida, yuqoridagi bo‘limlar ham texnik usullarning shakli va 
mazmuniga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhda texnik 
harakatlarning o‘ziga xos bajarish usullari mavjud bo‘ladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə