A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

 
 
15-rasm. 
To‘siq qo‘yish

To‘siq – raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat 
qilishning eng asosiy usuli hisoblanadi. Texnik nuqtayi nazardan to‘siq qo‘yish 
eng qiyin o‘yin elementlaridan sanaladi. To‘siq qo‘yish elementini yuqori 
darajada egallash bilan o‘yinchi qarshi hujumni uyushtirish, to‘siqdan so‘ng 
qimmatli ochkolarni yutish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
To‘siq bir o‘yinchi tomonidan (yakka) yoki ikki-uch o‘yinchi tomonidan 
(guruhli) amalga oshirilishi mumkin. O‘yinchi to‘r yaqinida, yuqori turish 
holatida, qo‘llarni yelka sathida ko‘tarib, tovonlarini parallel holatda qo‘yib 
turadi (16-rasm). Hujum qilinayotgan joyning masofasiga qarab to‘r yaqinida 
yon tomonlarga qadam tashlash, yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish 
mumkin. 


25 
16-rasm. 
To‘siq qo‘yish uchun avval o‘yinchi oyoqlarini ko‘proq bukib, qo‘llarini 
qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo‘llar tirsakdan bir oz bukilgan holatda to‘r 
tepasiga ko‘tariladi. Optimal kuchlangan (barmoqlar orasi ochiq) kaftlar 
to‘rning yuqori qismiga borganda, to‘r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. 
Zarba vaqtida kaftlar to‘pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo‘g‘inlari 
hisobiga 
faol 
bukiladi. 
Bundan 
asosiy 
maqsad 
berilgan 
zarbani 
amortizatsiyalash va to‘pni raqib jamoasining maydonchasiga yo‘naltirishdan 
iboratdir. 
Hujumchilar to‘r chekkalaridan hujum zarbalarini berishda to‘pni 
to‘siqdan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qiladilar. Shu 
sababli to‘siq to‘r chekkasiga yaqin bo‘lgan qo‘l bilan yopiladi va to‘pning 
maydonchadan chiqib ketishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
To‘siq qo‘yish texnikasining murakkabligi quyidagi uchta omilga 
bog‘liq: joy tanlash; turgan joydan yoki harakatdan so‘ng baland sakrash
qo‘lni to‘r ustiga ko‘tarish vaqtini aniqlash. 


26 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə