A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov


O‘rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

O‘rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka 
O‘rgatish jarayonida uslublar va vositalardan foydalanish muayyan 
tartibda qo‘llaniladigan pedagogik prinsiplar asosida amalga oshiriladi. 
Ushbu prinsiplar quyidagilardan iborat: ilmiylik, onglilik va faollik, 
muntazamlik va uzviy bog‘liqlik, mutanosiblik va muvofiqlik, mukammallik, 
uzluksizlik, «yengildan og‘iriga», «o‘tilganidan o‘tilmaganiga», «oddiydan 
murakkabga», umumiy va maxsus tayyorgarlik borligi. Mazkur pedagogik 
prinsiplarni qo‘llash tartibi, xususiyatlari va uslubiy ko‘rsatmalar jadvalda 
yoritilgan. 
 
O‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan umumiy
va maxsus pedagogik prinsiplar 
 
T/r 
O‘rgatish prinsiplari 
Prinsiplarni qo‘llash xususiyatlari va 
uslubiy ko‘rsatmalar 
1.
Ilmiylik 
O‘rgatishda 
bolalar 
yoshi, 
jinsi, 
jismoniy 
va 
psixofunksional imkoniyatlar e’tiborga olinib, mashqlar 
me’yorlanadi. Natija testlar yordamida ilmiy tahlil qilinadi 
2.
Onglilik va faollik 
O‘rgatilayotgan malaka (harakat)larga ongli tasavvur 
etilishi zarur, o‘rgatishda bolalar faolligi ta’minlanishi 
lozim 
3.
Muntazamlilik va uzviy bog‘liqlik 
Bosqichma-bosqich 
o‘zlashtiruv, 
takomillashuv 
va 
mukammallashuv ta’minlanadi 
4.
Mutanosiblik va muvofiqlik 
Mashqlar murakkablik va yuklama salohiyati (hajmi, 
shiddati, yo‘nalishi, takrorlanishi va muddati) jihatlaridan 
shug‘ullanuvchi imkoniyatiga mos bo‘lishi darkor 
5.
Mukammallik 
Texnik 
jihatdan 
to‘g‘ri 
o‘zlashtirilgan 
malakalar 
takomillashuv asosida turg‘un va barqaror darajaga 
ko‘tariladi 


34 
6.
Uzluksizlik 
Yildan yilga o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni 
murakkablashib borishi darkor, uzilishlarga yo‘l qo‘yish 
salbiy natijalarga olib keladi 
7.
«Yengilidan og‘iriga» 
O‘zlashtirishga loyiq yengil yuklamalar progressiv 
yo‘nalishda, lekin «to‘lqinsimon» shaklda kuchaytirib 
borilishi kerak 
8.
«O‘tilganidan o‘tilmaganiga» 
Shug‘ullanuvchi o‘zlashtirgan (unga tanish bo‘lgan) 
mashqlardan, 
ya’ni 
mashqlarga 
o‘tish, 
o‘rgatish 
samaradorligin oshiradi 
9.
«Oddiydan murakkabga» 
Eng oddiy mashqlarni o‘rgatish va takomillashtirish 
davomida sekin-asta murakkablashtirib borilishi lozim 
10.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik 
birligi 
O‘rgatish va takomillashtirish jarayonida jismoniy texnik-
taktik va psixofunksional tayyorgarlik birligi, ularni o‘zaro 
bog‘liqligi ta’minlanishi zarur 
Voleybolda ham boshqa sport turlari kabi o‘rgatishning asosiy 
vositasi jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular juda turli-tumandir. Shuning 
uchun ular ma’lum bir o‘rgatish bosqichidagi qo‘yilgan vazifalarni hal 
etishdagi 
o‘rni 
bo‘yicha 
turkumlanadi. 
Bunday 
turkumlanishga 
voleybolchilarning musobaqa faoliyati asos qilib olingan. Shunga bog‘liq 
holda mashqlar ikki katta guruhga ajratiladi: asosiy yoki musobaqa va 
yordamchi yoki trenirovka. 
Musobaqa mashqlari voleybolga xos bo‘lgan xususiy mashqlardir. 
Bunda texnik usullar va taktik harakatlar musobaqa sharoitidagi o‘yin 
holatlariga mos holda bajariladi. 
Trenirovka mashqlari
 
asosiy malakalarni egallashni yengillashtirish, 
tezlashtirish va ularni qo‘llash samaradorligi, ishonchliligini ta’minlashga 
qaratilgan-dir. Ular maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlardan tashkil 
topadi. 
Maxsus mashqlar ikki guruhga bo‘linadi: tayyorgarlik mashqlari; 
yaqinlashtiruvchi mashqlar. Tayyorgarlik mashqlaridan asosan maxsus 
jismoniy 
sifatlarni 
tarbiyalashda 
foydalaniladi. 
Yaqinlashtiruvchi 
mashqlardan aniq texnik harakatlarni egallashga qaratilgan jarayonda 
foydalaniladi. 


35 
Umumrivojlantiruvchi 
mashqlardan 
asosiy 
jismoniy 
sifatlarni 
tarbiyalash hamda zarur jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini 
takomillashtirishda foydalaniladi. 
Barcha mashqlar o‘zining yo‘nalishiga qarab trenirovkalarning 
tarkibiy qismiga kiritiladi. Bu tayyorgarliklar quyidagilardir: umumiy jismoniy; 
maxsus jismoniy; texnik; taktik; integral (yaxlit o‘yin). Har bir tayyorgarlik 
turining o‘ziga xos yetakchi vositalari mavjud bo‘lib, ular yordamida maxsus 
vazifalar yechiladi. Shu bilan birga bir tayyorgarlik turiga oid bo‘lgan 
mashqlar boshqa tayyorgarlik turidagi mashqlar bilan yaqindan bog‘langan 
bo‘ladi. Masalan, shug‘ullanuvchida tezkorlik-kuch sifati zarur darajada 
rivojlanmagan bo‘lsa, u hujum zarbasi berish texnikasini bajara olmaydi. Bu 
holda tezkorlik-kuch sifatini rivojlantirishga oid mashqlarni berish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Chunki hujum zarbasini takrorlash hajmini oshirish bu 
holda samara bermaydi. 
Voleybol harakatlariga o‘rgatishda vositalarning samarasi ko‘p 
hollarda ularni qo‘llash uslublariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Uslublar 
qo‘yilgan vazifa, shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi, aniq shart-
sharoitlarga bog‘liq holda tanlanadi va qo‘llanadi. 
Qo‘yilgan vazifaga bog‘liq ravishda aynan bir vositani turli uslublarda 
qo‘llab, undan turlicha foydalanish mumkin. Bundan tashqari, har bir 
tayyorgarlik turida vazifalar va turlarning ketma-ketligi ham ma’lum mantiqiy 
bog‘liqlikka egadir. 
Bir tayyorgarlik turidagi vazifalar sifat jihatidan o‘zgarib, keyingi 
tayyorgarlik turiga zamin yaratadi. Masalan, tayyorgarlik mashqlari 
o‘rganilayotgan 
texnik 
usulning 
umumiy 
tuzilishini 
ifoda 
etadi. 
Yqinlashtiruvchi mashqlar maxsus jismoniy tayyorgarlikdan texnik 
tayyorgarlikka o‘tishda ko‘prik vazifasini o‘taydi. Ma’lum darajadagi 
murakkablik asosida qurilgan texnik mashqlar taktik ko‘nikmalarni 
shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda keyinchalik yakka tartibdagi 
taktik harakatlar o‘rganiladi. 


36 
Voleyboldagi asosiy harakatlanish – bu yurish, yugurish, yonga 
qadam tashlab yugurish, orqa bilan, qadam tashlab to‘xtash, sakrashdan 
iboratdir. Ko‘p hollarda harakatlanishlar qiyin emas deb izohlanib, ularga 
yetarli e’tibor berilmaydi. Bu esa noto‘g‘ri fikrdir. Chunki o‘yinchining turli 
harakatlarni bajarishi uchun holat va joy tanlashi bajariladigan harakatning 
samarasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shuning uchun harakatlanishlarni 
o‘rgatishga katta e’tibor qaratish zarur. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Bu bo‘limning asosiy vositalari 
tarkibiga yugurishlar va harakatli o‘yinlar kiradi. Shu maqsadda quyidagi 
yugurishlardan: to‘g‘ri yo‘nalishda yugurishlar; sonni yuqoriga ko‘tarib 
yugurish; sakrab-sakrab yugurishlar; boldirni orqaga siltab yugurishlar; orqa 
tomon bilan yugurishlar; yo‘nalishni o‘zgartirib yugurishlardan foydalaniladi. 
Mashqlarni bajarish vaqtida qo‘llar tirsak qismidan bukilgan bo‘lib, 
harakatlanishga faol yordam berishi kerak. Depsinishdan so‘ng oyoqlarning 
to‘g‘irlanishiga erishish zarur. «Kun va tun», «Raqamlarni chaqirish», «Olib 
ketishga intil» va boshqa shu kabi harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. 
Tayyorlov mashqlari. Tayyorlov mashqlari o‘zining ta’siriga qarab 
diqqat va javob harakat reaksiyalarining tezkorligi va ayrim harakatlar 
tezkorligini rivojlantiruvchi mashqlarga ajratiladi. Birinchi guruhdagi 
mashqlarga eshitish va ko‘rish signallari bo‘yicha harakatlanish mashqlari 
kiradi. Mashqlarni berishda «oddiydan – murakkabga» tamoyiliga rioya 
qilish 
kerak. 
Masalan, 
murabbiyning 
signaliga 
asosan 
tezlikni 
o‘zgartirmasdan harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan holda harakatlanish yoki 
aksincha bajarish mumkin. Mashqni o‘zlashtirish darajasiga qarab ular turli 
usulda qo‘shib olib boriladi. 
Namunaviy mashqlar 
1. Qisqa masofalarga turlicha dastlabki holatlardan yugurish: start 
chizig‘iga orqa bilan cho‘qqayib; qo‘llarga tayanib yotgan holda. 
Harakatning boshlanishi bo‘lib murabbiyning to‘pni yuqoriga tashlashi, 
qo‘lini yon tomonga, yuqoriga ko‘tarishi va hokazo harakatlari xizmat qiladi. 


37 
2. 10–20 metrli bo‘laklarga maksimal sur’atda yugurish; «archa», 
«mokisimon yugurish» lar. 
3. Ko‘rish va eshitish signallariga javoban tezlikni o‘zgartirib 
yugurishlar. Masalan, sekin yugurish: signal bo‘yicha – tezlashish, to‘p 
yuqoriga tashlanganda – sekin yugurish, to‘p ilib olinganda – to‘xtash, to‘p 
yerga urilganda – tezlanish. 
4. Ko‘rish va eshitish signallariga javoban harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirib yugurishlar. Masalan, o‘rtacha sur’atda yugurish: keskin signal – 
yo‘nalishga qarshi yugurish, ikkita signal – yo‘nalish bo‘yicha yugurish, 
chapak – chapga yugurish va shu kabilar. 
To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatishga o‘rgatish 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
1. Qo‘llarni oldinga, yonga, yuqoriga qilib qo‘l panjalarini bukib-
yozish. 
2. Tennis (rezinka) to‘plarini ezish. 
3. Devorga kaft va barmoqlar bilan tiralgan holda itarilishlar. 
4. Qo‘llarga yotib tayangan holda bukib-yozishlar. 
5. Basketbol, futbol to‘plarini yerga urib olib yurishlar. 
6. Basketbol, futbol to‘plarini bir qo‘l bilan devor tomon irg‘itish. 
7. To‘ldirma to‘plarni turli holatlardan: ko‘krak oldidan, bosh 
orqasidan, pastdan-yondan irg‘itishlar. 
Yaqinlashtiruvchi mashqlar 
1. Turgan joydan va harakatlanishdan so‘ng yuqoridan ikki qo‘llab 
to‘p uzatishni imitatsiya qilish. Texnikaning quyidagi holatlariga asosiy 
e’tibor qaratiladi: to‘p yaqinlashganda – qo‘lni yuqoriga ko‘tarib to‘g‘irlanish; 
to‘p uchish tezligini so‘ndirish – qo‘llarni tirsak bo‘g‘inidan va oyoqlarni tizza 
bo‘g‘inidan bir oz bukish; to‘pni uzatish – qo‘llarni va oyoqlarni to‘g‘irlash 
bilan oldinga-yuqoriga cho‘zilish; dastlabki holatga qaytish. 
2. Qo‘l panjasi va barmoqlarini to‘pga qo‘yish holatini o‘rgatish. Qo‘l 
panjalari shunday joylashtiriladiki, bunda bosh barmoqlar bir-biriga 


38 
qaragan, ko‘rsatkich barmoqlar burchak bo‘yicha bir-biriga yo‘naltirilgan, 
qolgan barmoqlar esa to‘pni yon-past tomonidan ushlaydi. 
3. Arqonchaga osib qo‘yilgan to‘pni oldinga-yuqoriga uzatish. Diqqat 
gavda, oyoq va qo‘llarning o‘zaro muvofiq harakatlanishiga qaratiladi. 
4. O‘ziga to‘p tashlab to‘pni oldinga-yuqoriga uzatish. 
5. Xuddi shu mashqning o‘zi, faqat to‘pni sherigi tashlab beradi. 
6. To‘pni devorga uzatish. Bu mashqdan shug‘ullanuvchilar to‘pni 
uzatishni yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng foydalaniladi. 
Texnika bo‘yicha mashqlar 
1. Juftliklar mashqi. Sheriklar orasidagi masofa 3 m bo‘lib, to‘p 
o‘rtacha balandlikda uzatiladi. 
2. O‘z ustiga to‘p uzatish – sherigiga uzatish. O‘z ustiga to‘p uzatish 
balandligi 1–1,5 m. 
3. To‘r ustidan sherigiga to‘p uzatish. Masofa 2–3 m. 
4.To‘pni turli masofalardan, turli trayektoriyalarda va yo‘nalishini 
o‘zgartirib uzatishlar. 
5. Kuzatish bilan uyg‘unlikda to‘p uzatish; joyini o‘zgartirib turuvchi 
sherigiga; sherigining harakatlariga javoban to‘p uzatish: o‘tirib olganda – 
o‘z ustiga; o‘ng qo‘lini yoniga harakatlantirganda – o‘ng tomonga to‘p 
uzatish; qo‘llarini yuqoriga harakatlantirganda – yuqori trayektoriyada to‘p 
uzatish va shu kabi. 
6. Bosh orqasiga to‘p uzatish. Uch o‘yinchi ketma-ket qatorda 
turadilar. Shug‘ullanuvchilar oralig‘i - 2–3 m. Chekkadagi o‘yinchi to‘pni 
o‘rtadagi o‘yinchiga, u esa o‘z navbatida keyingi o‘yinchiga to‘pni bosh 
orqasidan oshiradilar. O‘rtadagi o‘yinchi bilan ma’lum vaqtdan so‘ng joy 
almashtiriladi. 
7. Juftlikda bosh orqasidan to‘p uzatish. O‘z ustida to‘p uzatishdan 
so‘ng shug‘ullanuvchi 180 ga buriladi va to‘pni bosh orqasidan uzatadi.
?
8. Sakrab to‘p uzatish. Shug‘ullanuvchilar orasidagi masofa - 3 m. 
Xuddi shunday to‘r ustidan. 


39 
9. To‘p uzatish bilan bajariladigan turli musobaqalar. 
To‘pni ikki qo‘llab pastdan uzatish 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
1. Qo‘llarni gorizontal va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha chalkashtirib 
harakatlantirish. 
2. Juftlikda. Sherigining qarshiligi bilan qo‘llarni oldinga-yuqoriga va 
yondan-yuqoriga ko‘tarish mashqlari. 
3. Rezinalar va prujinali amortizatorlar bilan qo‘llarni oldinga-
yuqoriga, yonga-yuqoriga ko‘tarish mashqlari. 
Tayyorlov mashqlari 
1. Turgan joydan va oldinga tashlanib, to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab 
pastdan oldinga-yuqoriga irg‘itish. Xuddi shunday yon tomonga tashlanib 
bajarish. 
2. Xuddi shunday, faqat qadam bilan; yugurib; ikki qadam qilib; 
sakrab. 
Yaqinlashtiruvchi mashqlar 
1. Dastlabki holatlarga o‘rgatish. 
2. Turgan joyda; oldinga va yonga tashlanib; qadamlab; yugurib; 
sakrab harakatlanishlardan so‘ng to‘pni qabul qilishni imitatsiya qilish. 
3. Ilib qo‘yilgan to‘pni qabul qilish. To‘p bel barobarida ilib qo‘yiladi. 
Dastlab turgan joydan, so‘ngra oldinga, yonga tashlanib to‘pni qabul qilish. 
4. Sherigi tashlab bergan to‘pni qabul qilish. To‘p turli balandlik va 
yo‘nalishlarda tashlab beriladi. 
5. Xuddi shunday mashqni bajarish, ammo to‘r ustidan. Masofa 3–4 
m. 
6. O‘yinga kiritilgan to‘plarni qabul qilish. 
Texnika bo‘yicha mashqlar 
1. Juftlikda to‘p uzatishlar. 
2. Turli trayektoriyalar va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘p uzatishlar. 
3. To‘r ustidan to‘p uzatishlar. Masofa va trayektoriyalari turlicha. 


40 
4. To‘rning turli qismlaridan qaytgan to‘pni qabul qilish. 
5. Turli usulda (dastlab pastdan-to‘g‘ridan) o‘yinga kiritilgan to‘plarni 
qabul qilish. 
To‘pni o‘yinga kiritishni o‘rgatish 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
1. Dastlabki holat - bir qo‘l yuqorida, bir qo‘l pastda - qo‘llarni 
oldinga-orqaga siltash. Qo‘llar holati almashtiriladi. 
2. Qo‘llarni oldinga-orqaga katta aylana bo‘yicha aylantirish. Xuddi 
shunday mashqlar, faqat oldinga yuza bo‘yicha. 
3. Oldinga engashgan holda «Tegirmon» mashqi. 
4. Rezinka va amortizatorlar bilan mashqlar. 
5. «Ovchilar va quyonlar», «To‘p otish» harakatli o‘yinlari. To‘pni turli 
usullarda qo‘llash bilan, har xil variantlarda. 
Tayyorlov mashqlari 
1. 1 kg og‘irlikdagi to‘ldirma to‘plarni turli usullarda bir qo‘lda irg‘itish: 
pastdan, yuqoridan, yondan oldinga-yuqoriga. 
2. To‘ldirma to‘plarni bir qo‘l bilan itarish. 
3.To‘ldirma to‘pni to‘r ustidan belgilangan nishonlarga (zonalarga) 
tushirish. Masofa tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi. 
Yaqinlashtiruvchi mashqlar 
1. To‘p kiritishni imitatsiya qilish. Diqqat gavda, oyoq va qo‘llarning 
o‘zaro muvofiq harakatlanishiga qaratiladi. 
2. To‘pni tashlashni o‘rgatish. 
3. Ilib qo‘yilgan to‘pga zarba berish. 
4. Devorga to‘p uzatish. Masofa - 6–7 m. 
5. Sherigiga to‘p uzatish. Masofa - 8–9 m. 
6.To‘r ustidan qisqartirilgan masofadan kiritilgan to‘pni pastdan 
qabul qilish. 
Texnika bo‘yicha mashqlar 
1. To‘p kiritish chizig‘idan to‘pni o‘yinga kiritish. 


41 
2. To‘pni uchish yo‘nalishini o‘zgartirib o‘yinga kiritish. 
3. To‘pning trayektoriyasini o‘zgartirib. 
4. Uzaytirilgan va qisqartirilgan oraliqlar bo‘yicha. 
5. Murabbiyning topshirig‘i bo‘yicha belgilangan zonalarga to‘p 
kiritish. 
6. Turli usullarni navbatlashtirib to‘p kiritish. 
7. O‘yinning boshqa texnik usullarini (to‘siq, to‘p uzatish va hokazo) 
bajargandan so‘ng. Turli variantlarda qo‘llash. 
8. To‘p kiritish bo‘yicha turli variantlarda musobaqa o‘tkazish. 
Hujum zarbalarini berishni o‘rgatish 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
Hujum zarbalarini berish shug‘ullanuvchilardan atletik tayyorgarlikni, 
kuch, 
tezkorlik, 
chaqqonlik 
va 
egiluvchanlik 
sifatlarining 
yaxshi 
rivojlanganligini talab etadi. Asosiy mashqlar tarkibiga tayanch-harakat 
apparatini mustahkamlovchi, avvalo to‘piq, tizza, yelka, oyoq va qo‘l 
panjalari, barmoq bo‘g‘inlarini va mushaklarning qisqarish tezligini 
oshirishga qaratilgan mashqlar kiritiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
predmetsiz yoki predmetlar (to‘ldirma to‘p, gantellar, cho‘ziluvchan elastik 
predmetlar va hokazo) bilan bajariladi. 
Tayyorlov mashqlari 
Hujum zarbasini berishga o‘rgatishda ikkita katta vazifa hal etiladi: 
1. Tayanch-harakat apparatini mustahkamlash, qo‘l va oyoqning 
dinamik kuchini rivojlantirish. 
2. Harakatlanuvchi obyektga (to‘pga) tayanchsiz holatda javob 
reaksiyasini berish uchun zarur darajadagi koordinatsion harakatlarni 
bajara olish. 
Ushbu vazifalarni yechishda quyidagilardan foydalaniladi: 
1. Yuqoriga ilib qo‘yilgan predmetni bir-ikki qadamdan yugurib kelib, 
ikki oyoqda depsinib, bir qo‘llab olish. 


42 
2. Gimnastika o‘rindig‘i ustidan «ilon izi» bo‘lib sakrash. Diqqat 
qo‘llarning orqaga-oldinga-yuqoriga harakatlanishiga qaratiladi. 
3. 40–50 sm balandlikdan pastga sakrashlar. 
4. Sakrovchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar: cho‘qqayib o‘tirgan 
holatdan sakrash; ikki oyoqda depsinib uzunlikka ko‘p marotaba sakrashlar; 
og‘irliklar bilan (gantel, to‘ldirma to‘p va boshqalar) yuqoriga sakrashlar
shtanga bilan o‘tirib-turishlar (vaznning 70% og‘irligida). 
5. Ikki oyoqda depsinib sakragan holatdan to‘ldirma to‘pni bosh 
orqasidan irg‘itish. Xuddi shunday, faqat to‘r ustidan. 
Yaqinlashtiruvchi mashqlar 
1. To‘g‘ridan beriladigan hujum zarbasini imitatsiya qilish; turgan 
joydan, 1, 2, 3 qadamdan so‘ng. 
2. Rezinkali amortizatorga o‘rnatilgan to‘pga zarba berish. 
3. Devor yonida turib ko‘p marotaba hujum zarbasini bajarish. Xuddi 
shunday, faqat sherikka qarata zarba berish. Masofa - 7-8 m. 
4. Sherigi tashlab bergan to‘pga zarba berish. To‘p 2 m balandlikda 
tashlab beriladi. 
5. Sherigi tashlab bergan to‘pga to‘r ustidan zarba berish. Hujum 
zarbasining o‘zlashtirilishiga qarab sekin-asta musobaqa sharoitiga 
yaqinlashtirib boriladi. 
Texnika bo‘yicha mashqlar 
1. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 4-zonadan yo‘nalish bo‘yicha hujum 
zarbasini berish. 
2. 3-zonadan uzatilgan to‘pga 2-zonadan zarba berish. To‘pning 
uzatilish trayektoriyasi 3 m gacha pasaytiriladi, yugurib kelish masofasi 
qisqartiriladi. 
3. 4,3,2-zonalardan har xil trayektoriyalar bo‘yicha uzatilgan 
to‘plarga zarba berish. 
4. 4,3,2-zonalardan yo‘nalishni o‘zgartirib hujum zarbalarini berish. 
5. Yakkalik to‘siqqa qarshi hujum zarbasini amalga oshirish. 


43 
6. To‘rdan uzoqroq uzatilgan to‘plarga zarba berish. 
7. Murabbiy topshirig‘iga muvofiq ko‘rsatilgan zonalarga hujum 
zarbasini berish. 
8. Hujum zarbalarini o‘zlashtirish darajasiga qarab turli variantlardagi 
mashqlar to‘siq qo‘yish bilan bajariladi. 
To‘siq qo‘yishga o‘rgatish 
To‘siq qo‘yish voleybolda himoyadagi eng asosiy texnik usul 
hisoblanadi. Shuning uchun uning o‘zlashtirilishiga katta ahamiyat berilishi 
kerak. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 
Mashqlarning 
asosiy 
yo‘nalishi 
xuddi 
hujum 
zarbalarini 
o‘zlashtirishda 
qo‘llanilgan 
mashqlar 
kabi 
bo‘ladi. 
Ilib 
qo‘yilgan 
predmetlarga qo‘l tekkizish, turli harakatlanishlardan so‘ng ikki oyoq bilan 
depsinish mashqlari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Tayyorlov mashqlari 
Mashqlarning asosiy vazifasi sakrovchanlik va tayanchsiz holatda 
harakat uyg‘unligini rivojlantirishdan iborat. 
1. Ikki oyoq bilan depsinib, ilib qo‘yilgan predmetga qo‘l tekkizish. 
Sakrash ko‘p marotaba qaytariladi. 
2. Ko‘rish va tovush signallariga muvofiq yon tomonga harakatlanib, 
yuqoridagi mashqni bajarish. 
3. «Kim tezroq» harakatli o‘yini. 
4. To‘r ustida va undan uzoqroqqa ilib qo‘yilgan to‘plarga qo‘l 
tekkizish (to‘r ustidan qo‘llarni o‘tkazish maqsadida). 
Yaqinlashtiruvchi mashqlar 
1. Turgan joydan va yon tomonlarga harakatlanib to‘siq qo‘yishni 
imitatsiya qilish. Harakatlanishda oxirgi qadam bir vaqtning o‘zida sakrash 
qadami bo‘lishiga e’tibor berish. 
2. To‘r ustiga ilib qo‘yilgan to‘plarga to‘siq qo‘yish. 


44 
3. Maxsus tumba ustida turgan holatda sherigi tashlab bergan (to‘r 
ustiga) to‘plarga to‘siq qo‘yish. Qo‘llar panjasi, kafti, barmoqlar harakatiga 
diqqat qaratiladi. 
4. Hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish. Dastlab belgilangan yo‘nalish 
bo‘yicha. O‘zlashtirish darajasiga qarab mashq boshqa variantlarda ham 
qo‘llaniladi. 
Texnika bo‘yicha mashqlar 
1. O‘zi tashlab bergan to‘plarga berilgan hujum zarbalariga to‘siq 
qo‘yish. 
2. 4,3,2-zonalardan berilgan hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish. 
3. Harakatlanishdan so‘ng to‘siq qo‘yish. Dastlab zarba kutilayotgan 
joydan 1 m, so‘ngra 2–3 m narida turiladi. 
4. To‘siq qo‘yish musobaqalari. 
Hujum zarbalarini berish iloji boricha to‘siq qo‘yish bilan amalga 
oshirilishi zarur. 


45 
MUNDARIJA
 
Kirish 3 
O‘Yin texnikasi va unga tasnif 6
Hujum texnikasi 9
Himoya texnikasi 21
Voleybol o‘yini texnikasiga o‘rgatish 26
Dastlabki o‘rgatish 29
O‘rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka 33

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə