A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

 
Hujum texnikasi 
Holatlar.
Voleybol o‘yinida o‘yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida 
harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o‘yin sharoitida o‘yinchi to‘p 
bilan o‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda 
turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak. 
Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda – baland, o‘yinga kiritilgan 
to‘pni qabul qilishda – o‘rta, hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan 
to‘pni qabul qilishda – past (1-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy 
og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq 
bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va uning koordinatsion 
qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish 
holati shunday bo‘lishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan 
chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin. 


10 
1-rasm. 
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‘llanilish xususiyatiga 
qarab statik (o‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir 
oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish 
yoki to‘siq qo‘yishni kutishda) holatlarda bo‘ladi. Bu turish holatlarida qo‘llar 
bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan 
bo‘ladi. Gavda erkin holatda bo‘lishi kerak. 
Harakatlanish
. O‘yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun 
maydon bo‘ylab harakatlanadi. Bunda usul va o‘yinning vaziyatiga bog‘liq 
holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, 
yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish 
bilan qilinadigan harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi 
sababli) bo‘ladi. Yon tomonga qadamlashdan ko‘p hollarda katta bo‘lmagan 
masofani bosib o‘tish bilan to‘siq qo‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda 


11 
yoki to‘siqdan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib qaytgan to‘pni qabul qilishda 
foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yo‘nalishiga yaqin bo‘lgan 
oyoqdan 
boshlanadi. 
Sapchib, 
sakrab, 
yugurish 
bilan 
bo‘ladigan 
harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ko‘rib 
chiqilgan harakatlardan ko‘p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə