A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

 Dastlabki o‘rgatish
Sport malakalariga dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport 
tayyorgarligi tizimining poydevori bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki o‘rgatish o‘z 
tashkiliy, uslubiy, ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi nazaridan qanchalik 
puxta asoslangan bo‘lsa, sifatli bo‘lsa, shunchalik sport o‘rinbosarlarini 
tayyorlash yo‘li qisqaroq va osonroq bo‘ladi. Ammo bu, albatta, 
mutaxassisning bilimiga, kasbiy ko‘nikma va malakalariga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv 
dasturining eng e’tiborli va asosiy bo‘limlaridan biri boshlang‘ich o‘rgatish 
uslubiyati (texnologiyasi) bo‘lib hisoblanadi. 
Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy shart-
sharoitlaridan biri – bu voleybolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati 
takomillashgan darajada bo‘lishidir. Demak, o‘rgatish jarayonining dastlabki 
va asosiy maqsadi bu o‘yin texnikasini mukammal o‘zlashtirishdir. 
Harakat-o‘yin malakalari – to‘pni uzatish, qabul qilish (himoya), to‘pni 
o‘yinga kiritish, zarba berish, to‘siq qo‘yish – belgilangan bosqichlarda
ma’lum 
uslublar 
va 
vositalar 
yordamida 
o‘zlashtiriladi, 
mukammallashtiriladi, takomillashtiriladi. Mazkur jarayon pedagogik, 
biopsixologik va biomexanik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 


30 
O‘rgatish jarayoni – bu pedagogik jarayon bo‘lib, murabbiy-
o‘qituvchidan katta mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin 
shunday bo‘lsa-da, harakatni (o‘yin malakasini) ijro etish texnikasiga 
o‘rgatish boshqa ahamiyatli sabablarga ham bog‘liqdir: bolaning faolligi
mashg‘ulotlarning soni, sifati, davom etish muddati, yordamchi texnik 
uskunalar, mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyning shart-sharoitlari, bolaning 
qiziqishi, harakat «boyligi», tajribasi va hokazo. 
Shuni ham aytish zarurki, harakat texnikasini o‘zlashtirish muddati 
bolaning oilaviy sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda 
ruhiy holatiga ham bog‘liqdir. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumot va o‘rgatish jarayonida e’tiborga 
olinadigan omillar ma’lum uslubiy tartibda asoslangan rejalashtiruv 
hujjatlaridan joy olishi kerak. Bundan tashqari, bolaning ichki «sirli» 
imkoniyatlarini hamda mavjud omillarni aniqlash tanlov dasturi va mashqlari 
yordamida amalga oshirilishi zarur. Olingan natijalar o‘rgatish uslublarini, 
bosqichlarini va texnologiyasini qo‘llashda tayanch omil bo‘lib xizmat qilishi 
kerak. 
Dastlabki o‘rgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi 
va bu bosqichlarni har biri o‘ziga xos uslub va vositalarni o‘z ichiga oladi. 
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar o‘yinchida jismoniy barkamollik va 
o‘yinchi uchun zarur bo‘lgan harakat ko‘nikmalari va malakalarini 
sayqallash uchun qo‘llaniladi. 
Barcha mashqlar o‘z yo‘nalishiga mos ravishda birlashgan holda 
mashq qilishning maxsus tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil etadi: 
umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, taktik, o‘yin tayyorgarligi. Har bir 
tayyorgarlik turida o‘zining yetakchi omillari borki, ular yordamida ko‘zlagan 
maqsadga erishiladi. Shu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq. Misol uchun, agar o‘quvchi jismoniy yaxshi 
tayyorlanmagan bo‘lsa, u hujumda zarba berish texnik mashqini yaxshi 


31 
bajara olmaydi. Bunday holda o‘quvchini jismoniy tomondan chiniqtirish
zarba berish usulini ko‘p marta takrorlashdan ko‘ra foydaliroqdir. 
O‘rgatish bosqichlari va uslublari.
 
Birinchi bosqich – o‘rganiladigan 
harakat texnikasi bilan tanishish. Bunda, aytib berish, ko‘rsatish va 
tushuntirish uslublari qo‘llaniladi. O‘qituvchi shaxsan ko‘rsatish bilan birga 
ko‘rgazmali qurollardan foydalanadi: kinofilm, tasviriy film, sxema, maydon 
maketi va hokazo. 
Namoyishni tushuntirishlar bilan qo‘shib olib borish kerak. 
O‘qituvchilarning dastlabki urinishlari ularda birlamchi harakat sezgisini 
shakllantiradi. 
Ikkinchi bosqich – texnikani soddalashtirilgan (oddiylash-tirilgan) 
holatda o‘rganish. Mazkur o‘rganish bosqichida muvaffaqiyat ko‘p 
holatlarda yondoshtiruvchi mashqlarning to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liqdir. 
Ular o‘zining tuzilishi shakliga ko‘ra o‘rganilayotgan harakat texnikasiga 
yaqin va o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lishi kerak. Murakkab tuzilishga ega 
bo‘lgan harakat (hujum zarbasi), uni tashkil qiluvchi asosiy zvenolarga 
(qismlarga) ajratib beriladi. Bu bosqichda boshqarish uslublaridan 
foydalaniladi (buyurish, ko‘rsatma berish, ko‘rish va eshitish, ko‘rib ilg‘ash, 
texnik vositalar va hokazo) hamda ko‘rgazmali harakat (o‘qituvchining 
bevosita yordami, yordamchi jihozlarni qo‘llash), axborot (to‘pga bo‘lgan 
zarba kuchi, tushish aniqligi, yorug‘lik yoki ovozni belgilash) kabi uslublar 
alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Uchinchi bosqich – texnikani murakkablashtirilgan sharoitda 
o‘rgatish. Bunda quyidagilar qo‘llaniladi: takroriy usul, harakatni murakkab 
sharoitlarda bajartirish, o‘yin va baholash uslubi, qo‘shma uslub, «davra 
aylana» mashqlari. Takrorlash uslubi bu bosqichda eng asosiydir. Ko‘p 
marotaba takrorlashgina malakani shakllantiradi. Malaka hosil qilish uchun 
takrorlash 
turli 
sharoitlarda 
mashq 
bajarishni 
(harakat 
sharoitini 
o‘zgartirishni, asta-sekin murakkablashishni) taqazo etadi. Hattoki 
charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, qo‘shma va o‘yin uslublari bir 


32 
vaqtni o‘zida texnikani sayqallashtirishga hamda maxsus jismoniy sifatlarni 
o‘stirish masalalarini hal qilishga hamda texnik-taktik tayyorgarlik va o‘yin 
mahoratini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. 
To‘rtinchi bosqich – harakatni o‘yin jarayonida mustahkam-lashni 
ko‘zda tutadi. Bunda bajarilgan harakatlarni talqin qilish uslubi qo‘llanadi 
(rasmlar, jadvallar, o‘quv filmlari, tasviriy filmlar), o‘yin jarayonida texnik-
taktik, maxsus tayyorgarlik topshiriqlari, o‘yin va «bellashish» usullari 
(jadval). 
Tayyorgarlik va o‘quv o‘yinlarida har bir usulni (malakani) o‘rganish, 
uni takomillashtirish va mukammallashtirish ko‘zda tutiladi. Malakani 
mustahkamlashning eng yuqori vositasi – bu musobaqalashishdir. 
jadval 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə