A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

Himoya texnikasi 
Himoya bu hujum harakatlariga qarshi harakat qilishdir. Himoya 
usullaridan foydalanib hujum harakatlari bartaraf etiladi. 
To‘pni qabul qilish

To‘p o‘yinga kiritilganda, hujum zarbasidan so‘ng va 
to‘siqdan qaytganda amalga oshiriladi. 
Hozirgi zamon voleybolida to‘pni qabul qilishning quyidagi usullari va 
variantlari mavjud: pastdan ikki qo‘llab (juda kam hollarda bir qo‘l bilan); 
yuqoridan ikki qo‘llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo‘llab pastdan; 
oldinga ko‘krak-qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo‘llab pastdan. 


22 
O‘yinga kiritilgan to‘pni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining 
qanchalik samarali bo‘lishini belgilaydi. O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishning 
eng ko‘p tarqalgan va samarali shakli bu to‘pni ikki qo‘llab pastdan qabul 
qilishdir. 13-rasmda ikki qo‘llab pastdan to‘p qabul qilayotgan o‘yinchining 
holati tasvirlangan.Oyoqlar bukilgan, bir oyoq oldinda, qo‘l kaftlari 
birlashtirilgan holda pastga tushirilgan. To‘pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni 
bukish mumkin emas. Qo‘llar bilan oldinga-yuqoriga harakat qilinadi. To‘pga 
nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak emas. Bunda qo‘llar to‘p 
tomon yaqinlashtirilib, uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni bukib-yozish bilan 
to‘pga kerakli yo‘nalish beriladi. To‘pni pastdan qabul qilishda eng asosiysi 
to‘pning yo‘nalishi, tezligini to‘g‘ri baholay olish va bog‘lovchi o‘yinchini 
kuzatish hisoblanadi. O‘yinchi zarur joyni egallay olmagan bo‘lsa-yu, to‘p o‘ng 
tomonga yo‘nalayotgan bo‘lsa, to‘pni qabul qiluvchi qo‘llarni to‘g‘ri oldinga 
chiqaradi va o‘ng qo‘lni yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo‘nalayotgan 
bo‘lsa, chap qo‘l yuqoriga chiqariladi. 
To‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda 
ham asosiy usul hisoblanadi. O‘yinga kiritilgan to‘p yoki hujum zarbasining 
sifatsiz qabul qilinishi (past trayektoriyada uzatish, bog‘lovchi o‘yinchiga 
yetkazib bermaslik) bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan hujum uchun beriladigan 
to‘p uzatishni samarasiz bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg‘ulotlar 
vaqtida turli tezlikda, yo‘nalishda va kuchlanishda kelayotgan to‘plarni pastdan 
ikki qo‘llab qabul qilishga katta e’tibor berish zarur. 
13-rasm. 


23 
To‘pni bir qo‘llab qabul qilish tayanch holatda va yiqilib amalga 
oshiriladi. Tayanch holatda bajariladigan usul o‘yinchining yoniga tezlik bilan 
tushayotgan to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. To‘pni qabul qilish yopiq 
holdagi kaft yuzasi bilan bajariladi. 
Orqaga yoki yon tomonga yiqilib, bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish ko‘p 
hollarda ayollar voleyboliga xosdir. Harakat so‘nggida yon tomonga katta 
qadam tashlanib, qo‘l to‘p tomon to‘g‘ri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy 
og‘irlik kuchi) keskin pasayadi. 
To‘pga zarba berilgandan so‘ng, o‘yinchi tayanch oyoqning uchida 
yiqilish tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o‘tiradi va do‘mbaloq oshadi (14-
rasm). 
Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa o‘rta 
qismi bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do‘mbaloq oshiladi, daxan ko‘krak 
qismiga tekkizib olinadi. 
14-rasm. 
Ko‘krak-qorin qismi bilan sirg‘alib yiqilgan holda bir qo‘l bilan to‘pni 
qabul qilish usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O‘yinchi oxirgi 
qadamda (15-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25?-30
?


24 
burchak ostida maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki 
oldi tomoni bilan to‘pga zarba berib, qo‘llarini oldinga cho‘zadi va qo‘llari 
maydonchaga tegishi bilan oyoqlarini tizza qismida bukadi, qo‘llar esa orqaga-
yonga itarilishi bilan gavdaning gorizontal holatga kelishiga yordam beradi. 
Bosh o‘z vaqtida maksimal orqaga tashlanadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə