A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

Dastlabki holatlar
. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni 
bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning 
bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va 
harakatlanishni ta’minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’iy nazar, 
dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: to‘pni uzatishdan oldin 
(2 a-rasm), pastdan to‘pni qabul qilishda (2 b-rasm), to‘siq qo‘yishda (2 v-
rasm) va hujum zarbasini berishda (2 g-rasm). 




12 


2-rasm. 
To‘p uzatish.
 
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga 
oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To‘pni: tayanch holatdan ikki 
qo‘llab, sakrab ikki qo‘llab, sakrab bir qo‘llab, orqaga yiqilib turib ikki qo‘llab 
uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga 
kelganda foydalaniladi. 
Yo‘nalishi bo‘yicha to‘p uzatishlar (to‘p uzatuvchiga nisbatan) 
quyidagicha bo‘ladi: oldinga, o‘z ustiga, orqaga. 
Uzunligi bo‘yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; 
qisqartirilgan – zona doirasida. 
Balandligi bo‘yicha: baland – 2 m dan yuqori, o‘rtacha – 2 m gacha, 
past – 1 m gacha. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda to‘pga sekin, tez 
va katta tezlanish beriladi. To‘pni to‘rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m 
dan ortiq masofada berish mumkin. 
To‘pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo‘lning to‘pga qarama-qarshi 
harakati, amortizatsiya va to‘pni yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. Dastlabki 
holatdan to‘p tomon harakatlangandan so‘ng voleybolchi vertikal holatda, 
oyoqlarining bukilish darajasi to‘p yo‘nalishining balandligiga va uchish 
tezligiga bog‘liq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo‘lga 


13 
nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda bo‘ladi. Qo‘llar oldinga chiqariladi, 
barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bo‘ladi (3-rasm). 
3-rasm. 
Qo‘llar to‘p bilan yuz tepasida to‘qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy 
nagruzkani qabul qiladi, ko‘rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy 
bo‘ladi. O‘rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to‘pni yon 
tomondan ushlab turishga xizmat qiladi. To‘pga yo‘nalish berishda qo‘l, oyoq 
va gavda mushaklarini kuchlanishi o‘zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. 
Bunda gavdaning UOM birmuncha yuqoriga–oldinga ko‘chadi va gavdaning 
og‘irligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qo‘llar to‘pni uzatish oxirida to‘liq 
to‘g‘rilangan holatda bo‘ladi. 
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to‘p baland 
berilganda yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‘p 
uzatish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qo‘llar bosh ustidan birmuncha 
baland ko‘tariladi va qo‘llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori 
nuqtasidan to‘p uzatiladi. Xuddi shu holatda qisqa to‘p uzatishda asosiy 
harakat qo‘l barmoqlarining faol ishlashi hisobiga amalga oshiriladi (4-rasm). 


14 
4-rasm. 
To‘pni orqa tomonga (mo‘ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda 
o‘yinchi to‘pning tagiga kirib boradi. Bunda qo‘lning orqa kaft qismi bosh 
orqasigacha ko‘tariladi. To‘p uzatish qo‘llarni tirsak qismida bukib-yozish 
hisobiga bajariladi, gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat 
umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo‘ladi 
(5-rasm). Sakrab orqaga to‘p uzatish xuddi tayanch holatda orqaga to‘p 
uzatish kabi bajariladi. To‘p uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo‘l 
bilan to‘p uzatishdir. Bu usul to‘p to‘r ustiga kelib qolgandagi murakkab 
sharoitda bajariladi. Bu holda qo‘l tirsaklarda bukilib, oldinga chiqariladi (6-
rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. 
To‘p uzatish tirsak bo‘g‘inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi. 


15 
5-rasm. 
6-rasm. 


16 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə