A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
VOLEYBOL O‘YINI TEXNIKASIGA O‘RGATISH 
Sport amaliyotida dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport 
trenirovkasining fundamental bosqichi bo‘lib, ushbu bosqichda o‘rgatish 
uslublari va vositalaridan to‘g‘ri foydalanish keyingi bosqichlarda sport 
mahoratini samarali shakllanishiga imkon yaratadi. 
Dastlabki o‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda 
bolaning ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e’tiborga olinishi 
zarur. 
Boshqacha 
qilib 
aytganda, 
dastlabki 
o‘rgatish 
jarayonida 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yuklamalari shug‘ullanuvchi bolalarning 
jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me’yorlanishi va qo‘llanilishi 
lozim.
Ma’lumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, 
uning jismoniy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. 
Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport to‘garaklarida ijro etiladigan 
jismoniy 
va 
texnik-taktik 
mashqlar 
hajmi 
hamda 
shiddati 
O‘yin texnikasi 
Hujumda 
Himoyada 
To‘p 
uzatish 
Hujum 
zarbasi 
To‘pni 
o‘yinga 
kiritish 
To‘pni 
qabul 
qilish 
To‘siq 
qo‘yish 
T
a
y
a
n
c
h
h
o
la
td
a
n
S
a
k
ra
b
y
u
q
o
ri
d
a
n
T
o
‘g
‘r
id
a
n
Y
o
‘n
a
lis
h
n

o
‘z
g
a
rt
ir
ib
A
ld
a
m
c
h

Y
u
q
o
ri
d
a
n
to
‘g
‘r
id
a
n
Y
u
q
o
ri
d
a
n
y
o
n
d
a
n
S
a
k
ra
b
y
u
q
o
ri
d
a
n
T
a
y
a
n
c
h
h
o
la
td
a
n
T
a
y
a
n
c
h
h
o
la
td
a
n
Y
iq
ili
b
p
a
s
td
a
n
y
a
k
k
a
t
a
rt
ib
d
a
G
u
ru
h
li 


27 
shug‘ullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina 
yuqori bo‘lishi lozim. Chunki biologiya fanida azaldan o‘z isbotini topgan 
qonuniyatlarga ko‘ra, ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida 
bajariladigan kundalik jismoniy yuklamaning (nagruzka) yalpi ta’sir «kuchi» 
organizmning funksional imkoniyatlaridan doimo yuqori bo‘lsa, shu 
organizmda (organlar, mushaklar, tomirlar, hujayralar, to‘qimalar, yurak, 
o‘pka, taloq, jigar va h.k.) zo‘riqish yoki tez toliqish alomatlari paydo bo‘ladi.
Bunday salbiy «izlar» odamning, ayniqsa bolaning odatiy funksional 
faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatni tushiradi, uyquni buzadi, pirovardida 
ish qobiliyatini susaytiradi va uni to‘liq tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar 
shunday yuklamalar ustunligi bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, 
organizmning nafaqat normal o‘sishiga ta’sir etishi mumkin, balki ushbu 
yuklamalar ustunligi turli funksional «obyekt»larda lokal yoki global 
patologik asoratlar paydo bo‘lishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas. 
Aksincha, kundalik yoki yalpi mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddati 
funksional imkoniyatdan past bo‘lsa, jismoniy sifatlarning shakllanishi 
susayadi, ish qobiliyati kuchaymaydi. Binobarin, kundalik yoki yalpi 
yuklamalar, shu jumladan jismoniy tarbiya darslari va trenirovka 
mashg‘ulotlariga oid yuklamalarni bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va 
funksional imkoniyatlariga qarab «to‘lqinsimon» prinsipda oshira borish 
darkor. Demak, bolalar sportiga oid mashg‘ulotlarni tashkil qilishda 
pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish sog‘lom, barkamol avlodni 
tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlar (jismoniy tarbiya darsi, trenirovka mashg‘uloti, sport 
musobaqalari) mazmunini maqsadli rejalashtirish va boshqarish har bir 
mutaxassis (o‘qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo‘riqchi) va rahbar 
shaxsga katta mas’uliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismoniy 
tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va sport masalalariga oid 


28 
bilimlarni 
o‘zlashtirishlari, 
muvofiq 
kasbiy-pedagogik 
malaka 
va 
ko‘nikmalarni puxta egallashlari zarurligi isbot talab qilmaydi. 
Alohida e’tibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil 
qilish, ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida shug‘ullanuvchilar sog‘ligi va 
ularning sport mahoratini shakllantira borish ustuvor jihatdan jismoniy 
tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. 
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, 
tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabi sifatlar ilmiy obyekt 
sifatida azaldan ko‘pdan-ko‘p tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. 
Ularning tadqiqotlarida jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni 
jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa jarayonlardagi ahamiyati va 
rivojlantirish muammolari atroflicha yoritilgan. 
Ushbu muammolarni turli yoshdagi o‘quvchi yoshlar va bolalar sporti 
misolida o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham talaygina ilmiy 
nashrlarda o‘z ifodasini topgan. 
Ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlari nazariyasi va 
uslubiyati bo‘yicha nashr etilgan darslik hamda qo‘llanmalarda jismoniy 
tayyorgarlik tushunchasi – bu muayyan kasbiy faoliyat yoki sport turida 
ma’lum jarayon samaradorligini belgilab berish darajasida shakllangan 
tayyorgarlik – ish qobiliyati, harakat sifatlari, malakalari va ko‘nikmalarining 
integral ifodasini anglatadi. 
Sport amaliyotida (kasbiy amaliyotda ham) jismoniy tayyorgarlik
odatda, ikki bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan – umumiy va maxsus 
jismoniy tayyorgarlik turlariga bo‘linadi. 
Hayot davomida inson sog‘ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi, ko‘p 
yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi 
ustuvor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan 
belgilanadi. 
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida qo‘yiladigan asosiy 
maqsad – sog‘liqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish 


29 
avvalambor yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish 
muhimligiga e’tibor qaratadi. Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, muayyan 
sport turi bo‘yicha muntazam o‘tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va 
mazmun jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mashg‘ulotlar bolalar va o‘smirlar 
organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy 
tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar 
salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin, dastlabki o‘rgatish 
bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar nisbatini to‘g‘ri rejalashtirish 
bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə