A. R. Kazakov, A. Qazaqbaev, B. A. Kazakov



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#153383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
voleybol-oyini-texnikasiga-orgatishda-maxsus-mashqlardan-foydalanish(1)

 
To‘p kiritish

Bu texnik usul orqali to‘p o‘yinga kiritiladi. Bu usulning 
asosiy maqsadi to‘pni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. 
Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vositasi bo‘lib hisoblanadi. To‘pni 
kiritish dastlabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (to‘pni 
tashlash, qo‘lni silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (qo‘lni tushirish 
va keyingi harakat) fazalardan iborat. 
Voleybolda pastdan to‘g‘ri, yuqoridan to‘g‘ri, yondan yuqoridan va 
sakrab to‘g‘ri to‘p kiritish usullari mavjud. 
Bu usullarni bajarishda to‘pga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda 
bajariladi. Birinchi navbatda to‘pga aylanma harakat berish, so‘ngra aylanma 
harakat bermasdan to‘p kiritish (birmuncha murakkab bo‘lganligi sababli) 
usullari o‘rgatiladi yoki takrorlanadi. 
Pastdan to‘g‘ri to‘p kiritish. O‘yinchi oldinga engashib, oyoqlarini tizza 
qismida bukkan, bir oyog‘ini (zarba beruvchi qo‘lga nisbatan qarama-qarshi) 
oldinga chiqargan holatda turadi (7-rasm). 
7-rasm. 
To‘p tirsak qismida bir oz bukilgan qo‘l bel barobarida ushlab turiladi. 
To‘p gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba berishda qo‘l 
keskin ravishda orqaga harakatlantiriladi. Zarba pastdan yuqoriga–to‘g‘riga 
bajariladi. O‘yinchi bir vaqtning o‘zida orqa oyoqni to‘g‘rilaydi va gavdaning 


17 
og‘irligini oldingi oyoqqa o‘tkazadi. Zarbadan so‘ng qo‘l harakati to‘pni 
«kuzatib» borish bilan tugallanadi. Pastdan to‘g‘ri to‘p kiritish aniqligi asosiy 
uchta omil bilan aniqlanadi: qo‘lni silkish (zamax) yo‘nalishi bilan – u keskin 
orqaga haraktlanishi kerak; to‘p tashlash balandligi bilan – u baland 
bo‘lmasligi kerak; to‘pga zarba berish – u taxminan bel barobarida amalga 
oshirilishi zarur. 
Yuqoridan to‘g‘ri to‘p kiritish. O‘yinchi to‘rga qaragan holda yuqori 
holatni egallaydi (8-rasm). 
8-rasm. 
9-rasm. 


18 
To‘p ko‘krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo‘yiladi (zarba 
beruvchi qo‘lga nisbatan qarama-qarshi). To‘p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, 
o‘yinchi qo‘lini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo‘l - 
yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba to‘g‘ri qo‘l bilan birmuncha 
oldinda bajariladi. Bu usul ikki xil variantda: to‘pga aylanma harakat berib va 
aylanma harakat bermasdan amalga oshirilishi mumkin. To‘pga aylanma 
harakat bermasdan to‘p kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. 
Bu usulda quyidagi elementlarning bajarilishiga qat’iy amal qilish zarur (9-
rasm). Bular: to‘pning qoq o‘rtasiga zarba berish; to‘p tashlashning nisbatan 
pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qo‘lni orqaga nisbatan qisqa 
harakatlantirish; kuchli (tezkor) va «aldamchi» (sekin) zarbalar berish. Hujum 
zarbasini 2 yo‘l bilan bajarish mumkin: to‘g‘ri (to‘rga nisbatan to‘g‘ri turgan 
holda) va yon tomon bilan (to‘rga nisbatan). 
Yuqoridan yon tomon bilan to‘p kiritish.
 
Yuqoridan yon tomon bilan to‘p 
kiritish usulida o‘yinchi to‘rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan 
bukkan holda turadi (10-rasm). To‘p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga 
tashlanadi. O‘ng qo‘l bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, 
bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning og‘irligi o‘ng oyoqqa o‘tkaziladi. 
Zarba beruvchi qo‘l orqadan-yuqoriga yoy bo‘yicha harakatlantirilib, zarba 
amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va og‘irlik kuchi chap oyoqqa 
ko‘chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi. 
10-rasm. 


19 
Sakrab to‘p kiritish. Hozirda sakrab to‘p kiritish usuli keng 
qo‘llanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini 
berishga o‘xshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi. 
Hujum zarbalari.
 
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini 
yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar to‘rning yuqori qismidan 
balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum 
harakatlarining samarasi juda pastdir. 
Hujum zarbalari yo‘nalishiga ko‘ra quyidagicha farqlanadi: to‘g‘ri 
yo‘nalish bo‘yicha (bunda zarba berilgan to‘p yo‘nalishi hujumchining yugurib 
kelish yo‘nalishiga mos tushadi) va yo‘nalishni o‘zgartirib (bunda zarba 
berilgan to‘p yo‘nalishi hujumning yugurib kelish yo‘nalishiga mos tushmaydi). 
To‘pning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha 
farqlanadi: zarba beruvchi qo‘lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan 
kuchli (tezkor), kaftli (tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to‘g‘ri 
(to‘rga to‘g‘ri turgan holda) va yon tomon bilan (to‘rga nisbatan) bajarish 
mumkin.
To‘g‘ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; 
sakrash; to‘pga zarba berish; qo‘nish (11-rasm). 
11-rasm. 


20 
O‘z navbatida, bu fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bo‘linadi. 
Yugurib kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq 
sakrashga erishish va to‘pning uchish tezligi, yo‘nalishini to‘g‘ri aniqlash. 
Bunda hujumchi birinchidan, bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (to‘pni tezligi 
va yo‘nalishini aniqlash maqsadida) va ikkinchidan, sakrash uchun yugurish 
tezligini oshiradi. Sakrash fazasida hujumchi tovondan oyoq uchiga tomon 
katta qadam tashlab harakat qiladi, oxirgi qadamda oyoqlar juftlanadi, qo‘llar 
orqa tomonga harakatlantiriladi. Oyoqlar tizza qismida, gavda esa tos-son 
bo‘g‘imida bukiladi. Keyin esa qo‘llar oldinga-yuqoriga silkitiladi, oyoqlar 
tayanchdan uziladi, gavda oldinga bir oz egilib, vertikal holatga keltiriladi. 
Zarba beruvchi qo‘lning kafti bosh orqasiga o‘tib ketmasligiga va tirsak 
yelkadan bir oz yuqorida bo‘lishiga e’tibor berish lozim. 
Zarba berish fazasida – o‘ng (yoki chap) qo‘l tirsak bo‘g‘imida 
to‘g‘rilanib, 
yuqoriga-oldinga 
cho‘ziladi. 
Zarba 
qorin, 
ko‘krak, 
qo‘l 
mushaklarining ketma-ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba 
beruvchi qo‘l kafti to‘pning orqa-yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani 
hal qilish bilan belgilanadi. Boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida hujum 
zarbasining kuchiga emas, balki uning o‘z vaqtida berilganligiga va 
yo‘nalishiga e’tibor qaratish zarur. 
Qo‘nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda 
tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o‘yin 
harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi. 
Jamoa hujumini faqatgina to‘g‘ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya 
qilmaydi. 
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida to‘p yo‘nalishini o‘zgartirib 
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir (12-rasm). 


21 
12-rasm. 
To‘p yo‘nalishini o‘zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining tuzilishi 
to‘g‘ri 
zarba 
berish 
texnikasiga 
o‘xshashdir. 
To‘p 
o‘ng 
tomonga 
yo‘naltirilganda, depsinishdan so‘ng gavda o‘ng tomonga burilib, bir oz 
chapga engashtiriladi, chap qo‘l yelkasi to‘rdan olib qochiladi. 
Biomexanika nuqtayi nazaridan, yo‘nalishi o‘zgartirilgan hujum 
zarbalarini berishda asosiy o‘rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə