Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Innovatsion guruhlar
Yakuniy natijaga ega bo`lish uchun innovatsiyani ishlab chiqarishga joriy etish
kerak. Bu jarayonda yagona texnologik tsikl bilan bog`langan korxonalar guruhini
shakllantirish vazifasi vujudga keladi (texnologik zanjir).
Texnologik zanjirni tuzish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

strategiya maqsadini aniqlash;

texnologiyani o`rganish;

ijrochi-tashkilotlarni tanlash (kontragentlar);

loyihalashtirish;

moliyalashtirish manbalarini tanlash;

loyiha rahbarini tanlash;

natijalarni

nazorat qilish.
Kontragentlarni ko`rik asosida tanlashda asosiy bo`lib texnologik qiymat
(zaruriylik) mezoni hisoblanadi (K
TK
). U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
DTTs
Z
R
K
TK


;
(1.2)
bunda:
R
– texnologik tsikl chegarasida foydalanishi mumkin bo`lgan
mahsulot ishlab chiqarish natijasi (sotuvdan keladigan tushum), so`m.
Z
– shunday mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari, so`m.
DTTs
– texnologik sikl chegarasida mahsulot ishlab chiqarishning davomiyligi,
kunlar.
Bu koeffitsient texnologik sikl chegarasida qo`llanilishi mumkin bo`lgan har
kunlik mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini xarakterlaydi.


20
Korxonaning faoliyati samaradorligini baholash uchun fond samaradorligi
aniqlanadi. U kvartaldagi mahsulotdan keladigan tushumni doimiy aktivlarning
o`rtacha kvartalli qiymatiga nisbati bo`yicha aniqlanadi.
Texnologik zanjir (TZ) ni tashkil qilish deganda shu texnologik zanjirning
faoliyati bilan bog`liq bo`lgan hamma savollarni kelishish va tasdiqlash bo`yicha
kompleks tadbirlar tushuniladi.TZ ni tashkil qilish jarayoni quyidagilardan iborat:

tashkiliy sxemani kelishish;

samaradorlik rejasini kelishish;

investorlarni izlash;

normativ hujjatlarni tayyorlash;

o`zaro hamkorlik formalarini aniqlash;

TZ faoliyati muddatlarini tasdiqlash;

shartnomalarni rasmiylashtirish;

pul mablag`lari olish va faoliyatni boshlash.
O`zbekiston Respublikasida texnik zanjir rolini bir-biri bilan bevosita bog`liq
bo`lmagan, lekin shartnomalar bilan hamkorlik qiladigan tashkilotlar bajarishi
mumkin. Bu tashkilotlar quyidagi tartibda faoliyat ko`rsatadi:
Davlat Fan va Texnika Markazi (DFTM). U markazlashgan holda innovatsion
loyihalarni, yangiliklarni to`plash, turli sohalarda tadqiqotlar o`tkazish, korxona va
firmalardan buyurtmalar olish va buyurtmani bajaruvchilarni tanlash - Ilmiy tadqiqot
institutlari, konstruktorlik byurolari, Oliy o`quv yurtlari, investorlarni tanlash
vazifalari bilan shug`ullanadi. TZ ning butun faoliyati markazlashgan holda
boshqarilishi zarur.TZ ichidagi har bir bo`limning faoliyati doimo nazoratda bo`lishi
kerak. Har bir komandaning korporativ samaradorligi quyidagi algoritm bo`yicha
hisoblanadi:
1. Har bir komanda xarajatlarining (DZi) butun innovatsion guruh
xarajatlaridagi hissasi aniqlanadi. U quyidagi formula orqali topiladi:
IG
ki
Z
Z
DZi
/


Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə