M a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari



Yüklə 340,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix24.12.2023
ölçüsü340,95 Kb.
#160011
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


M A`R U Z A 
Mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari
.

 
Mavzu rejasi: 
1. Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik-iqtisodiy prinsiplari; 
2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi; 
3. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy hollari; 
4. Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang’ich berilganlar; 
5. Ishlab chiqarish turini aniqlash; 
6. Texnologik jarayonni ishlab chiqish uslubi; 
7. Tenologik jarayonlarning tasnifi. 
8. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish. 
Adabiyotlar
: [ 1 ] – 227-243 betlar; [ 4 ] – 260-340 betlar. 
Tayanch sо’zlar
: 1.TJ loyihalash maqsadi. 2.Texnik prinsip. 3.Iqtisodiy prinsip. 
4.Loyihalash hollari. 5.Berilganlar. 6.Uslubi. 7.Marshrut. 8.TJ lar tasnifi.
 
1.Texnologik jarayonlarni loyihalashning texnik-iqtisodiy prinsiplari 
Texnologik jarayonlar yaratish asosiga ikkita prinsip qо’yiladi: 
texnikaviy
 
va 
iqtisodiy
.
1.Texnikaviy prinsipga asosan loyihalangan texnologik jarayon, mahsulot 
tayyorlash uchun ishchi chizmada kо’rsatilgan barcha о’lcham va texnik talablarni tо’la 
ta’minlashi kerak. 
2. Iqtisodiy prinsipiga asosan mahsulot tayyorlash uchun еng minimal mehnat 
sarflanishi va minimal tо’xtam bilan olib borilishi kerak. Mahsulot tayyorlash texnologik 
jarayoni jihozlar, keskich asboblar va moslamalarning barcha texnik imkoniyatlaridan 
tо’g’ri va tо’la foydalanilgan holda еng kam vaqt sarflab va еng kam tannarxda olib 
borilishi kerak. 
Bir necha turdagi texnologik jarayonlarning variantlari ichidan, hatto bitta shu 
mahsulotning о’zi uchun ham texnika jihatidan teng imkoniyatlisidan, еng еffektivrog’i 
va rentabelli varianti tanlab olinadi. Unumdorliklari teng bо’lgan variantlardan 
rentabelikrog’i tanlab olinadi. Agar, rentabellikligi bir xilda bо’lsa unumdorligi 
yuqorirog’i tanlab olinadi. Har xil unumdorli variantlar bо’lganda еng rentabellirog’i 
tanlab olinadi, agarda unumdorligi berilgan unumdorlikdan kam bо’lmagan vaziyatda. 
Loyihalanuvchi texnologik jarayonning еffektivliligini va renabelliligini aniqlash, barcha 
еlementlari bо’yicha hisoblash orqali qо’shish asosida olib boriladi yoki yirikroq 
normativlar yordamida hisoblab topiladi. 

Yüklə 340,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə