Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


Jadval 1 Strategik marketing funksiya va vazifalari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Jadval 1
Strategik marketing funksiya va vazifalari
Funksiya
Vazifalari
1
2
1. Firmaning bozor
strategiyasini
shakllantirish.
1.1. Talab va ehtiyojni tahlil qilish va istiqbollash.
1.2. Bozor kon`yukturasini tahlil qilish va istiqbollash.
1.3. Firmaning raqobat ustivorlik omillarini tahlil qilish va istiqbollash.
1.4. Firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini tahlil qilish.
1.5. Raqobatchilardagi xuddi shunday mahsulotlarning sifatini va resurs
sig`imini tahlil qilish va istiqbollash.
1.6. Firmaning mahsulotini takror ishlab chiqarish davrini istiqbollash.
1.7. Raqobatchilar va firmadagi ishlab chiqarishning tashkiliy texnik
darajasini tahlil qilish va va istiqbollash.
1.8. Bozor hajmini segmentlar bo`yicha istiqbollash.
1.9. Yangi mahsulotlarga bahoning chegaralanishini istiqbollash.
1.10. Aniq bozorlarda yangi mahsulotlarning raqobatbardoshligini
istiqbollash.
1.11. Yangi mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish.
1.12. Yangi mahsulotlar uchun raqobatbardoshlik normativlarni ishlab
chiqish.
1.13. Firmaning yangi mahsulotlari uchun bozor strategiyasi hujjatini
rasmiylashtirish.
2. Marketing kon-
septsiyasini amalga
oshirish.
2.1. Firma menejmenti tizimining tuzilishi va tarkibini kelishish.
2.2. Firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilishini loyihalashtirishda
ishtirok etish.
2.3. Firmada ishlab chiqarilgan barcha normativ-uslubiy, texnik
hujjatlarni marketingli nazorat qilish.
2.4. Firma faoliyatida marketing kontseptsiyasini amalga oshirish
tadbirlar rejasini ishlab chiqish va firma rahbariyati tomonidan tasdiqlash.
2.5. Firmaning tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil qilishda ishtirok etish.


25
2.6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bahosini kelishish.
3. Strategik
marketing va
mahsulot sotishni
rag`batlantirish.
3.1. Reklama maqsadini aniqlash.
3.2. Reklama metodlari, qoidalari va mablag`larni aniqlash.
3.3. Mahsulot sotishni rag`batlan-tirish va foydani ko`paytirish.
4. Marketing
tadqiqotlarini
ta`minlash.
4.1. Firma marketing xizmati tuzilishini ishlab chiqish.
4.2. Marketing tadqiqotlari uchun normativ baza yaratish va axborotlar
bilan ta`minlash.
4.3. Tadqiqotlarni xodimlar bilan ta`minlash.
4.4. Texnik vositalar bilan ta`minlash.
4.5. Firma marketing xizmatini ichki va tashqi aloqalar bilan ta`minlash
Innovastion menejmentning asosiy vazifalarini amalga oshirishda alohidagi
o’zaro aloqa va mantiqiy izchillik vujudga keladi. Masalan, menejmentning
kommunikastiya, undovchi sabablar, vakolatlarni boshqa topshirish jarayoni kabi
prostessual va sostial – psixologik vazifalarning ahamiyati keskin oshadi. Innovastion
jarayonlarni tashkil qilish usullari orasida shaxslararo munosabatlar, guruhli dinamika
qonunlariga suyanuvchi norasmiy turlar ustunlik qiladilar.
Nazoratning har xil turlari o’rtasidagi nisbat o’zgaradi. Ularning barchasi
ko’proq o’zini o’zi nazorat qilish, innovastiyalarning strategik nazorati, hamda
nazoratning moliyaviy – iqtisodiy turlariga mo’ljallangan. Innovastion jarayonlarni
borishi ustidan nazorat qilish bilan bog’liq kommunikastiyalar alohida ahamiyat kasb
etadi. Ularda prostessual xarakter va axborotlarni almashtirishning uzluksiz jarayoni
ustun bo’ladi.
Xodimlarni innovastion boshqarishda menejmentning vazifalari va usullari
alohidagi o’zgarishlarga duch keladilar. Yangiliklarni ishlab chiqish va tadbiq etilishi,
jarayonlarni murakkablashishi, yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi xodimdan
tegishli malaka va alohidagi kasbiy bilimlar va ko’nikmalarni talab qiladi.
Innovastion tuzilmalarda xodim ma’lumotining umumiy darajasini ancha oshishi
sodir bo’ladi. Xodimlarning shakllanayotgan turi o’ziga ma’suliyatni olish va qarorlar
qabul qilishga qodir xodimlarni talab qiladi. Vakolatlarni boshqachaga topshirish va
uning bilan bog’liq tashkilot ierarxiyasi yuqori darajalarining vakolatlarini qisqarishi
xodimlarning tashabbusi, shaxsiy erkinligi va omilkorligini o’sishi bilan yaqindan
bog’liq.


26
Innovastion menejmentda xodim, innovastion jamoa va umuman innovastion
korxonaning o’zining hulqining turi o’zgaradi. Nafaqat maqsadga qaratilgan rastional
harakat, balki qiymatga qaratilgan rastional harakat hulqning asosiy tarkibiy qismi
bo’ladi.
Innovastion menejmentdagi ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining tizimi
2.1. – chizmada berilgan.
Innovastion
menejmentda
boshqaruv
usullarining
tarkibi,
tuzilishi
va
mazmunining ko’rinishlari ancha o’zgaradi: tahlil va bashorat, modellashtirishning
miqdoriy usullari, ta’sir qilishning sostial – psixologik turlariga, an’anaviy
menejmentga qaraganda ko’proq o’rin beriladi, iqtisodiy yondashishlarning mazmuni
boyitiladi, ma’muriy dastaklarini qo’llash uchun imkoniyatlar doirasi torayadi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə