Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


-bob. INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

1-bob. INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY
TUSHUNCHALARI, MAQSADLARI VA VAZIFALARI
1.1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida
«innovatsiya»
salohiyatli ilmiy - texnikaviy
taraqqiyot natijalarini real hayotga joriy etilishi, yangi mahsulotlar va
texnologiyalarda namoyon bo`lish jarayoni sifatida tahlil qilinadi.
Innovatsiyaning turli ta`riflarini tahlil qilish asosida yagona xulosaga kelish
mumkinki, innovatsiyaning xususiyatli mazmunini o`zgarishlar tashkil qiladi va
innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasi bo`lib, o`zgarishlar funksiyasi hisoblanadi.
Innovastiyalar va innovastion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi
jamiyatning hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi, axir innovastion jarayonlarni
yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlanishining asosi bo’ladi.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida
“innovastiya”
salohiyatli ilmiy – texnik
taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro’yobga
chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik
kiritishlar muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy
tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
“Innovastiya”
atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil
va ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovastion faoliyat”, “innovastion
jarayon”, “innovastion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan.
Turli olimlar, ayniqsa xorijliklar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E.
Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. Shumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani
o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo
innovastiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki,
o’zgarishlar innovastiyalarning o’ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o’zgarishlar
vazifasi esa innovastion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi.
Avstraliyalik olim I. Shumpeter besh asosiy o`zgarishlarni ajratgan:
1. Yangi texnikadan, yangi texnologik jarayonlardan foydalanish yoki ishlab
chiqarishning yangi bozor ta`minoti.


9
2. Yangi xususiyatlarga ega bo`lgan mahsulotni joriy qilish.
3. Yangi xom-ashyoni qo`llash.
4. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda va uning moddiy-texnik ta`minotida
o`zgarishlar.
5. Mahsulot sotishning yangi bozorini ochish.
Bu qoidalar Y. Shumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan.
Keyinroq, 30 – yillarda u innovastiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi
turlari yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkil shakllarini sanoatga
tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o’zgarish sifatida talqin etgan holda
kiritgan. Ba’zida innovastiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan
yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan
olinadi.
Iqtisodiyotni
integrastiyalashtirish
sharoitida 
innovatsion 
faoliyat
metodologiyasi xalqaro standartlarga asoslanadi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti (IHRT) tomonidan fan va texnika ko`rsatkichlari bo`yicha milliy
ekspertlar guruhi tashkil qilingan bo`lib, ular Fraskati qo`llanmasi tuzishgan
(«Tadqiqotlar va eksperimental ishlarni tahlil qilish uchun standart amaliyot»).
Fraskati qo`llanmasidagi ko`rsatmalar vaqt - vaqti bilan qayta ko`riladi
(oxirgi nashr 1993 yilda chiqarilgan). Ana shu xalqaro standartlarga binoan
innovatsiya - innovatsion faoliyatning yakuniy mahsuli bo`lmish, bozorga joriy
qilingan yangi yoki takomillashgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo`llaniladigan
yangi yoki takomillashgan texnologik jarayon, yoki ijtimoiy xizmatlarga yangicha
yondashish kabilar sifatida ta`riflanadi.
Innovatsiyaning zarur xususiyatlari bo`lib, fan-texnikada yangiligi, ishlab
chiqarishda qo`llanilishi va tijorat obyekti bo`lishi mumkinligidir.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə