Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


Mavzu bo`yicha nazorat savollari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Mavzu bo`yicha nazorat savollari:
1. Innovastiya nima?
2. Innovastion jarayonning mohiyati?
3. Fraskati qo’llanmasi va uning vazifalari nimadan iborat?
4. Innovastion menejerning asosiy vazifasi qanaqa?
1. “Innovastion menejment” tushunchasi nima?
2.
Innovatsion menejmentning predmeti nima?
5. Innovatsion jarayonning qanday shakllari bor
6. Siz innovastion menejmentning qanday bosqichlarini bilasiz?
7. Firmaning innovastion menejmentdagi tashqi maqsadlarini sanab bering.
8. Siz firmaning innovastion menejmentdagi qaysi ichki maqsadlarini bilasiz?
10.Innovastion menejment maqsadlarining umumiy tasnifini bering
11.Innovatsiyani qanday turkumlash mumkin?
12.Texnologik zanjir qancha va qanday zanjirlardan tashkil topgan?
13.Texnologik zanjir qanday tashkil qilinadi?
14.Texnologik jarayon faoliyati qanday nazorat qilinadi?
15.Jami innovatsion guruh samaradorligini qanday aniqlanadi?
16.Texnologik zanjirda «tor joylar» qanday holatlarda vujudga kelishi mumkin?


23
2
- bob. INNOVATSION MENEJMENTNING USULLARI VA
VAZIFALARI
2.1. Innovastion menejment vazifalari va usullarining xususiyatlari
Boshqarish jarayoni
- strategik marketing, rejalashtirish, jarayonlarni tashkil
etish, hisob, nazorat, motivlashtirish va tartibga solishning uzluksiz, o`zaro bog`liq
xarakatlarning zanjiri hisoblanadi.
Innovastion menejmentning maqsadlari
, xarakteri va mazmuni innovastion
menejmentning xususiyatlari va uning an’anaviy turlardan katta farq qilinishini
belgilab beradi. Ierarxiyaning har xil darajasidagi (davlat darajasidan boshlab to
kichik innovastion korxonagacha) har qanday innovastion tizimlarni innovastion
rivojlanishining maqsadi uzoq muddatli iqtisodiy o’sish va yuqori tartibdagi raqobat
afzalliklarini ta’minlash uchun innovastion bazani yaratishdan iboratdir.
Raqobat nazariyasidan kelib chiqqan holda, xuddi fanni rivojlanishi va yangi
texnologiyalarni tadbiq etilishining innovastion salohiyati yuqori tartibdagi raqobat
afzalligini yaratadi.
Innovastion rivojlanish maqsadlarni belgilash va kompaniya rivojlanishi
yo’nalish strategik ko’rishga o’zining xususiyatlarini kiritadi, boshqaruv apparati
oldida turgan vazifalarni modifikastiyalaydi. Innovastion tadbirkorlikning yuqori
xatari, mahsulotlarni mavjud bo’lish davrlarini qisqarishi, yirik seriyali ishlab
chiqarishdan voz kechish innovastion menejer zimmasiga alohida majburiyatlar
yuklaydi. Innovastion faoliyat sharoitida menejerning roli keskin o’sadi, uning shaxsi,
qobiliyati, malakasi va kasbiy ko’nikmalari esa haqiqatda ham kompaniya taqdirini
belgilab beradi
Innovatsion
menejmentning asosiy funksiyasilaridan biri

strategik
marketingdir. Strategik marketing – bu innovatsiya va yangiliklar portfelini
shakllantirish bo`yicha kompleks ishdir, ya`ni bozorni strategik segmentatsiya qilish
asosida firma strategiyasini tuzish, kerakli miqdorda foyda olish va firmaning raqobat
ustivorligini saqlash va unga erishish maqsadida mahsulot sifatini oshirish;
resurslardan tejamli foydalanish va ishlab chiqarishnig kompleks rivojlanishini
strategik istiqbollashdir.


24
Marketing – bu birinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatni
iste`molchilarga yo`naltirilgan kontseptsiyadir, ikkinchidan halqaro ISO 9000
seriyasidagi standartlarga binoan obyekt hayotiy davrining birinchi bosqichi. Hozirgi
vaqtda ko`p adabiyotlarda marketing funksiyasiga tovarni loyihalashtirish va uni
ishlab chiqarish kiritilyapti. Bizning fikrimizcha, marketing xizmati yuqorida qayd
etilgan ishlarda ishlab chiqarishda, kelishuvlarda ishtirok etish, marketing
kontseptsiyasidan foydalanishda hamma bo`limlarga uslubiy yordam ko`rsatish,
marketing kontsetsiyasidan foydalanilgan, iste`molchilarga yo`naltirilgan har qanday
faoliyatni rag`batlantirish bo`yicha takliflar bilan rahbariyatga chiqishda faol ishtirok
etishdir.
Firma marketing kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda strategik marketing
funksiya va vazifalari quyidagilardan iborat.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə