Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Innovastion menejmentning maqsadlari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

1.3. Innovastion menejmentning maqsadlari
Korxona innovastion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning
falsafasi, an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog’liq.
Zamonaviy iqtisod xo’jalik faoliyatining sub’ekti – bu korxona, kompaniya,
firma, korporastiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin
tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi,
bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki
ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib
chiqqan strategik maqsadlari tizimi 1.4. – rasmda namoyish qilinadi.
Korxona innovastion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan
maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning


16
samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan
samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko’tarishdan iboratdir.
Ijtimoiy maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini
yaxshilash va sostial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovastion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish
va listenziyalashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish, nou – xaular, yangi sanoat
namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog’liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik
segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam
holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Innovastion
menejmentning
ustuvor
maqsadlari
innovastion
faoliyatni
faollashtirish asosida tashkilotni o’sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi
texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va
yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada
ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan
iboratdir.
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va
o’zlashtirish, korxonaga investistiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni
o’zgartirishga o’qitish, xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash, ITTKI va
yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo’llari va
uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə