Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 – rasm. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan strategik maqsadlari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

1.4. – rasm. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan strategik maqsadlari
tizimi
Davlat – siyosiy maqsadlar
: ishlab chiqarishni o’sishi, byudjetga soliq, nafaqa va boshqa to’lovlar
Iqtisodiy maqsadlar:
Foydalar va
sotishlar hajmini ko'paytirish
Sotsial maqsadlar
: jamiyat
ehtiyojlarini sanoatlantirish
Tashkilot
Huquqiy maqsadlar:
qonunga
rioya qilish va ijro intizomi
Ilmiy - texnologik maqsadlar:
yangicha yondashishlar va usullarni
topish, yangiliklarni yaratish
Ekologik maqsadlar:
chiqindilar va atrof muhitga
chiqarishlarni kamaytirish
Bozor maqsadlari:
xulqning faol strategiyasi yangi segmentlar va
bozorlarni o’zlashtirish


17
Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar,
ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi
bilan bog’liqdir.
Innovastion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy
mezonlar bo’yicha o’tkaziladi:

darajasi (strategik va taktik);

muhit turlari (tashqi va ichki);

mazmuni (iqtisodiy, sostial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);

ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);

harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o’rtacha muddatli, qisqa muddatli);

vazifaviy
tuzilmalari
(ishlab
chiqarish,
ITTKI,
xodimlar,
moliyalar,
marketing, menejment);

tashkilotning mavjud bo’lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, o’sish
mumkin. Bu holda maqsadlarning ierarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi
bo’g’in maqsadlari yuqorida turuvchining maqsadlariga bo’ysunadilar
.
1.4. Innovatsiyalar turkumlari
Innovatsiyalar quyidagi belgilari bo`yicha turkumlanadi:
1. Texnologik parametrlarga bog`liq
ravishda innovatsiyalar mahsulotli va
jarayonli innovatsiyalarga bo`linadi.
Mahsulotli innovatsiya
deganda yangi xom-ashyo, materiallar va yarim
fabrikatlarni qo`llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Jarayonli innovatsiya
– ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari
(texnologik jarayon o`zgarishlari) hisoblanadi.
2. Innovatsion bozor uchun yangiligi
bo`yicha innovatsiyalar quyidagilarga
bo`linadi:
a) jahonda tarmoq uchun yangi;
b) mamlakatda tarmoq uchun yangi;
v) alohida korxona uchun yangi.
3. Tizimdagi o`rni bo`yicha innovatsiyalar
quyidagilarga bo`linadi:


18
a) ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar;
b) ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar;
v) korxona tuzilishi innovatsiyalari.
4. Kiritiladigan o`zgarishlarning chuqurligi jihatidan
quyidagilarga
bo`linadi:
a) radikal (tubdan o`zgartiradigan);
b) takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan);
v) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan).
5. Faoliyat sohasi bo`yicha innovatsiyalar
quyidagilarga bo`linadi:
a) texnologik;
b) ishlab chiqarish;
v) iqtisodiy;
g) savdo-sotiq;
d) ijtimoiy;
e) boshqarish.
Innovatsion o`zgarishlarni o`ziga xos kuzatilishi 1920 yilda rus olimi
N.D.Kondrat`ev tomonidan o`tkazilgan.
N.D.Kondrat`yev xo`jalik kon`yunkturalarning katta tsikli nazariyasining
muallifi. U tsikllar ko`pligi g`oyasini asoslagan va davriy to`lqinlar tebranishi
modelini ishlab chiqqan: qisqa davrlar (3-3,5 yil), savdo - sanoat davri (o`rta davr –
7-11 yil), katta davrlar (48-55 yil).
N.D. Kondrat`yevning baholashi bo`yicha XVIII asr oxiridan boshlab katta
tsikllar davri quyidagicha bo`lgan:
1. Ko`tarilish to`lqini: XVIII asrning 80 yillari
oxiri 90 yillarining boshidan to 1810-1817 yillargacha.
2. Pasayish to`lqini: 1810-1817 yillardan to 1844-1851 yillargacha.
3. Ko`tarilish to`lqini: 1844-1851 yillardan to 1870-1875 yillargacha.
4. Pasayish to`lqini: 1870-1875 yillardan to 1890-1896 yillargacha.
5. Ko`tarilish to`lqini: 1890-1896 yillardan to 1914-1920 yillargacha.
6. Ehtimolli pasayish to`lqini: 1920 yillardan keyin.


19
N.D. Kondrat`yev aytishicha, innovatsiyalar xo`jalik kon`yukturasini
pasayishdan ko`tarilish tendentsiyasiga to`lqinli o`zgarish bilan o`tkazadi. U
yangiliklar vaqt bo`yicha notekis taqsimlanishini va guruhlar, klasterlar bilan
namoyon bo`lishini ko`rsatdi (klaster - bir-biriga bog`liq bo`lgan guruhlar). Bu
klasterli yondashish deb ataladi. N.D.Kondrat`yevning tavsiyalari innovatsion
strategiyalarni ishlab chiqishda qo`llanilishi mumkin.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə