Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Ulashev X

XAYITOV SH.N., ARTIKOVA D.M., MUSAYEVA J.K
.
INNOVATSION MENEJMENT
Buxoro-2020


2
Taqrizchilar:
Тоjiyea S.O’.-
Buxoro Davlat Universiteti «Servis соhаsi
iqtisodiyoti» kafedrasi mudiri, dots.
Boboyev A.Ch.-
Buxoro muhаndislik tехnologiya
instituti «Menejment» kafedrasi dotsenti, i.f.d.


3
АNNOTATSIYA
Ushbu o`quv qo`llanma 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar) ta’lim
yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. O`quv qo`llanma ma’ruza rejasi, ma’ruza
bayoni, takrorlash uchun savollar, tayanch iboralar va test savollari to’plamini o’z
ichiga oladi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida innovatsion menejmentning
asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari, innovatsion jarayonlarni boshqarishni
metologik asoslari, innovatsion menejmentning usullari va vazifalari yoritilgan.
Ushbu o’quv qo’llanmada аlohida e`tibor innovatsion faoliyatning tashkiliy
shakllarini barpo etishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu o’quv qo’llanmada
innovatsion menejmentning metodologiyasi, korxonalarda innovatsion faoliyatni
tashkil 
qilish 
xususiyatlari,
korxonadagi 
innovastion 
strategiyani 
tanlash
yo’nalishlari, korxonalardagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va innovatsiyalar
portfelini shakllanishi masalalari, ITTKI ni tashkil qilish va loyihalashtirish,
korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yaratishni boshqarish
xususiyatlari, korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqishning tashkiliy-texnologik
tayyorlash asoslari, xodimlarni innovatsion boshqarish masalalari, korxonalardagi
innovatsiyalar marketingi, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, innovatsion
loyihalar va samaradorlikni baholash usullari, innovatsiyalar tizimi va innovatsion
faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish, innovatsion loyihalar samaradorligi kabi
mavzular o`z o`rnini topgan. Ushbu o`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining
talabalari va magistrlari uchun mo`ljallangan.
Это учебное пособие предназначено для студентов, обучающихся по
направлению 5230200 менеджмент (по сферам и отраслям). Учебное пособие
включает в себя план лекций, конспекты лекций, вопросы для повторения и
закрепления, ключевые слова и набор тестовых вопросов. Описаны основные
понятия, цели и задачи управления инновациями в условиях экономической
стабилизации, методологические основы управления инновациями, методы и
задачи управления инновациями. В учебном пособии уделяется особое
внимание 
вопросам 
создания 
организационных 
форм 
инновационной
деятельности. Также в учебном пособии рассматриваются методология


4
управления 
инновациями, 
особенности 
организации 
инновационной
деятельности на предприятиях, направления выбора инновационной стратегии
на предприятии, реальные инвестиции на предприятиях, формирование
портфеля инноваций и инвестиций, организация и проектирование НИОКР,
особенности управления созданием, разработкой и внедрением новшеств на
предприятиях, 
основы 
разработки 
организационно-технологической
подготовки инноваций на предприятиях, вопросы управления персоналом,
маркетинг инноваций на предприятиях, финансирование инновационной
деятельности, инновационные проекты и оценка их эффективности,
государственное регулирование инноваций, эффективность инновационных
проектов. Это учебное пособие предназначено для студентов и магистров
высших учебных заведений.
This study guide is intended for students studying in the direction of 5230200
management (by field and industry). The training manual includes a lecture plan,
lecture notes, questions for repetition and consolidation, keywords and a set of test
questions. The basic concepts, goals and objectives of innovation management in the
conditions of economic stabilization, methodological foundations of innovation
management, methods and tasks of innovation management are described. The
manual focuses on the creation of organizational forms of innovation. The training
manual also discusses the innovation management methodology, the features of
organizing innovative activities in enterprises, the directions of choosing an
innovative strategy in an enterprise, real investments in enterprises, the formation of a
portfolio of innovations and investments, the organization and design of R&D, the
specifics of managing the creation, development and implementation of innovations
in enterprises, the basics of the development of organizational and technological
preparation of innovation in enterprises, personnel management issues, the marketing
of innovations at enterprises, financing of innovative activities, innovative projects
and evaluation of their effectiveness, state regulation of innovations, the effectiveness
of innovative projects. This study guide is intended for students and masters of higher
education.


5
KIRISH
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yangi
mahsulot turlarini va texnologik jarayonlarni o`zlashtirish mahsulotlar assortimentini
kengaytirish kabi bir qator muammolarni hal qilishni talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda
korxonalarning o`z mahsulotlari bilan jahon bozorlariga chiqishi uchun, iqtisodiy
o`sishning an`anaviy usullaridan foydalanish yetarli bo`lmay qoldi. Shuning uchun
innovatsion jarayonlarni ilmiy va samarali boshqarish juda dolzarb vazifalardan biri
bo`lib qolmoqda.
Respublikamizda keyingi yillarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, fan va
ishlab chiqarish o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish borasida bir qator ishlar qilindi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
majlisga murojaatnomasida Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019 yil - "Faol
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da salmoqli natijalarga erishilganligini,
barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli
darajada oshganligini, boshqaruv tizimi sifatini oshirishda "Xalq davlat organlariga
emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan asosiy tamoyilni
amalda to’liq ta`minlash bo’yicha hali ko’p ish qilishimiz zarurligini ta’kidladi. Biz
O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan ekanmiz,
bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma`rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz degan
fikrlari muhim ahamiyatga ega. 2020 yilga "Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili", deb nom berishni taklif berdi. 2020 yilda makroiqtisodiy
barqarorlikni ta`minlash va inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar jarayonidagi
bosh vazifamizdir. Iqtisodiy yuksalishni ta`minlash uchun barcha qulayliklarga ega
bo’lgan zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur.
«Innovatsion menejment» fani juda murakkab fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu
fanning asosiy tushunchalari va metodlari quyidagi fanlarning tushuncha va
metodologiyasiga asoslangan: «Sanoat iqtisodi», «Iqtisodiy tahlil», «Prognozlash»,
«Marketing», «Menejment», «Xodimlarni boshqarish» va «Strategik menejment».


6
Ushbu o`quv qo`llanmaning maqsadi – innovatsion jarayonlarni boshqarish
bo`yicha fanda va amaliyotda olingan natijalarni umumlashtirish talaba va
magistrlarga innovatsion menejmentni o`rganishda, innovatsion menejmentning
metod va funksiyalarini, innovatsion jarayon xususiyatlarini, innovatsion jarayon
elementlarini, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarish tamoyillari,
innovatsion shakllari va innovatsiyalarni moliyalashtirish kabi mavzularni
o`zlashtirishda yordam berishdir.
O`quv qo`llanmada innovatsion menejmentning funksiyalari va metodlariga
katta o`rin berilgan. Chunki innovatsion menejment funksiyalari va metodlarini to`la
tushunmasdan samarali innovatsion qarorlar qabul qilish, ularning samaradorligini
oshirish mumkin emas.
Innovatsion faoliyatni jadallashtirish kub jihatdan uning tashkiliy shakllariga,
ularni tashkil etish turlariga bog`liq. Shuning uchun ushbu qo`llanmada innovatsion
faoliyat bilan shug`ullanayotgan tashkilotlarning shakllari, ularning tavsifi, yangi,
ilg`or tashkiliy tuzilmalarning shakllanish kabi savollarga katta e`tibor berildi.
Bundan tashqari ushbu mavzuda biz, kichik innovatsion korxonalar, ularning
afzalliklari va turlarini yoritdik va bu yerda chet davlat tajribalariga to`xtalib o`tildi.
Korxonalarda innovatsion faoliyatni muvafaqqiyatli amalga oshirish optimal
innovatsion strategiyani ishlab chiqarishga bog`liq. Shu sababli ushbu qo`llanmada
innnovatsiyalarni boshqarish kontseptual modeli, innovatsion strategiyalarning
turlari, mohiyati va o`rni haqida so`z yuritilgan.
Barcha menejment fanlari kabi innovatsion menejmentda ham qaror qabul
qilish juda mas`uliyatli va juda murakkab jarayondir. Shu sababli boshqarish
qarorlarining mohiyati, turlari, qaror qabul qilishda tavakkalchilikni baholash,
qarorlarni iqtisodiy asoslash kabi savollar o`quv qo`llanmada o`z aksini topdi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligini oshirish xodimlarga bog`liq, shu
sababli biz ushbu qo`llanmada xodimlarni boshqarishda rahbarlarning o`rni,
xodimlarning ishini tashkil etishni, ularning ishlarini rag`batlantirish va
motivlashtirish kabi savollarni yoritishga harakat qilindi.
.


7
Korxonalarda innovatsion faoliyatni muvafaqqiyatli amalga oshirish optimal
innovatsion strategiyani ishlab chiqarishga bog`liq. Shu sababli ushbu qo`llanmada
innnovatsiyalarni boshqarish kontseptual modeli, innovatsion strategiyalarning
turlari, mohiyati va o`rni haqida so`z yuritilgan.
Innovatsion faoliyat oldiga turgan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga
oshirilishi uni tog`ri rejalashtirishga va uning samaradorligini to’g`ri aniqlashga
bog`liq. Shu sababli ushbu qo`llanmada innovatsiyalarni mohiyati, printsiplari,
innovatsion loyihalarning mavzularini tanlash va innovatsion loyihalarning
samaradorligini aniqlash kabi savollarga katta e`tibor berilgan.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish muhim manbadir. Shuning uchun
uslubiy qo`llanmada investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va investitsiya
resurslari qiymatini aniqlash, innovatsion loyihalari samaradorligining tahlilini
amalga oshirish, innovatsion loyihalarni boshqarish, funktsional-qiymat tahlil va
yangi mahsulot sifatini boshqarish, innovatsion loyiha samaradorligining tahlili,
innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirish tamoyillarini,
investitsion faoliyat samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini hisobini organish
masalalariga e’tibor qaratilgan.
Innovatsion loyihalar samaradorligini hisoblashda innovatsion loyihalarni
tanlash, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash tamoyillarini hisobga
olish 
muhimdir. 
Buning 
uchun 
investitsiyalar 
samaradorligini 
baholash
ko`rsatkichlarini hisoblash, innovatsiyalar samaradorligini baholash uslublarini
o’rganish masalalari ushbu uslubiy qo`llanmada bayon etildi.


8

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə