Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə1/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
2-BOSQICH 421-GURUH TALABASI
MAMATRAIMOVA FARANGIZNING
ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN


MAVZU: TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR (NEMATODA)TIPI SISTEMATIKASI, FILOGENIYASI VA EKOLOGIYASI
m
avzusidagi

KURS ISHI
Topshirdi: __________________________________
Qabul qildi: ___________________________________________


Termiz-2023
MUNDARIJA
KIRISH.................................................................................................................3-4
I.BOB. TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR (NEMATODA)TIPI SISTEMATIKASI
1.1. To‘garak chuvalchanglar tipi haqida umumiy ma’lumot.......................5-7
1.2. Toʻgarak chuvalchanglar sistematikasi……………………………...…7-10
1.3. Qorinkipriklilar Gastropoda sinfi ……………………………………..11-12
1.4. Nematoda yaʼni haqiqiy toʻgarak chuvalchanglar sinfi ……………...12-16
II.BOB. TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR TIPI FILOGENIYASI VA EKOLOGIYA
2.1. Toʻgarak chuvalchanlar filologiyasi………………………..…..............17-19
2.2 Toʻgarak chuvalchanglar ekologiyasi……………………..………........19-25
XULOSA...........................................................................................................26-27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXAT...........................................28

Kirish
Gelmintologiya-parazit chuvalchanlarni oʻrganadigan fan. To'garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo'shlig'i (sxizotsel) bo'lib, unda ichki organlar joylashgan. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi. To'garak chuvalchanglar, ya'ni birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega.
Ularning tanasi segmentlarga bo'linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o'xshagan, ko'ndalang kesigi to'garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to'garak chuvalchanglar deb ataladi. Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo'lmaydi. Ayirish sistemasi bo'Imaydi yoki shaklan о'zgargan teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan. Nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivpjlanmagan. To'garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana shundaki, ularning ko'pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta, ikkita ba'zan esa uchta xo'jayinda boradi.
To'garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq biotsenozida erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda o'simlikiar tanasida parazitlik qiladi. To'garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma'lum, ulardan 2000 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi va Milliy O’zbek modelining yaratilishi, o’qitish tizimiga yangicha yondoshishni,zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi orqali, jamiyatning barqaror taraqqiyotini ta’minlaydigan yoshlarni tarbiyalashni nazarda tutadi.”Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi”da –“Har bir kishi bilim olish huquqiga ega” deb yozib qo’yilgan.1990 yilda BMTning Taraqqiyot dasturi,YUNESKO,YUNISEF, va Butunjahon banki tailandda Umumiy ta’lim bo’yicha butunjahon konferensiyasini o’tkazdi.Unda 155 mamlakatdan qatnashgan delegatlar ta’lim bo’yicha Jomten deklaratsiyasini qabul qildilar va ta’lim sohasidagi asosiy ehtiyojlarni qondirishning harakat tizimini ishlab chiqdilar. Mazkur bitim ta’limning global konsepsiyasi bo’yicha umumiy yutuqlarni va barcha mamlakatlardagi yoshlar ehtiyojinin ta’minlaydigan majburiyatlarni aks ettiradi’
Tabiatda to’garak chuvalchanglarning ko`p yillik o`rganilish tarixiga qaramay, ularni hayvonot dunyosida tutgan o’rni,oziqlanish zanjiri,inson,o’simlik va hayvonot olamiga yetkazadigan zarari hamda mazkur mavzularni o’qitish metodikasi masalalari kam o`rganilgan.Shu maqsadda to’garak chuvalchanglar tipining tuzilishi va biologik ahamiyati,ularning tur tarkibi bo’yicha taksonomik o’rni,ekologo – trofik guruhlari hamda mavzuni o’qitishda qo’llaniladigan uslub va vositalar batafsil o`rganilishi lozim.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə