Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Qorinkipriklilar Gastropoda sinfi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə6/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.3. Qorinkipriklilar Gastropoda sinfi
Tanasining shakli chuvalchangsimon mayda, uzunligi 1 -1,5 mm. Qorin tomoni kipriklar bilan qoplanganligi ularni kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi. Qorinkipriklilarning chuchuk suv va dengizlarda tarqalgan 160 ga yaqin turi ma’lum. Tashqi tuzilishi. Qorinkipriklilar - sodda tuzilgan chuvalchanglar. Chuchuk suvda yashovchi turlari tanasining oldingi qismi boshga o’xshab tanadan biroz ajralib turadi; keyingi qismi esa dumga о ‘xshash ikkita ayrini hosil qiladi. Ayrisi uchiga yelim bezlarining yo’li ochilgan. Tana qoplag’ichining qorin va bosh qismida kipriklar bo’ladi. Tanasining keyingi uchidagi noksimon yelim bezlarining joylanishi va tuzilishi ham kiprikli chuvalchanglarnikiga o’xshaydi. Qorinkipriklilarning silliq bo’ylama muskullari tana qoplag’ichi ostida yaxlit qavat hosil qilmasdan; to’p-to’p bo'lib tanasi bo’ylab joylashadi. Shuning uchun ularning teri-muskul xaltasi bo’lmaydi. Ichki organlari birlamchi tana bo’shlig’ida joylashgan.
Hazm qilish sistemasi to’g’ri nay shaklida, tanasining oldingi qismidagi og'iz teshigidan boshlanib, keyingi tomonda anal teshigi bilan tugaydi. Ichagi halqumdan, uzun o'rta ichak va qisqa orqa ichakdan iborat. Halqum teshigining qirrali bo'lishi va ichagining tuzilishi bilan qorinkipriklilar to'garak chuvalchanglarga o'xshab ketadi. Ozig'i hujayra ichida hazm bo'ladi.
Ayirish sistemasi bir juft buralgan protonefridiylardan iborat. Har bir nefridiyning uchida faqat bittadan hilpillovchi kiprikli hujayralari bo'ladi. Ayrim turlarida protonefridiylar bo'lmaydi.
Jinsiy sistemasi germafrodit yoki ayrim jinsli. Jinsiy bezlari odatda juft, ba’zan toq bo’ladi. Jinsiy teshigi anal teshigi oldida joylashgan. Tuxumlari tana ichida urug’lanadi.
Nerv sistemasi bir juft halqumusti gangliysi va ikkita yon nerv stvol- idan iborat. Tana qoplag'ichi sirtidagi sezgir tukchalar tuyg’u organlari, boshining ikki yonida joylashgan kiprikli chuqurchalari esa xemoretseptorlar hisoblanadi.
Qorinkipriklilar kiprikli chuvalchanglar bilan to’garak chuvalchanglarni bog’lovchi zveno bo’lib hisoblanadi. Tanasining ayrim qismlarida kiprikli epiteliyning bo'lishi, teri bezlari, protonefridiy ayirish sistemasi va jinsiy sistemasining tuzilishi ularni kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi. Kiprikli epiteliyning yo'qola borishi, birlamchi tana bo'shlig'i, ayrim jinsli turlarining bo'lishi, ichagining tuzilishi ularni to'garak chuvalchanglarga yaqinligini ko'rsatadi.


Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə