Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


II.BOB. TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR TIPI FILOGENIYASI VA EKOLOGIYA



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə8/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
II.BOB. TOʻGARAK CHUVALCHANGLAR TIPI FILOGENIYASI VA EKOLOGIYA
2.1. Toʻgarak chuvalchanlar filologiyasi
Ko'pchilik olimlaming fikricha filogenetik jihatdan to'garak chuvalchanglar kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. Bu ikki guruh о 'rtasida о 'xshashlik tuban tuzilishga ega bo 'lgan vakillarda ко 'proq ко ‘zga tashlanadi. Og'izaylangichlilar va qorinkipriklilaming tanasida kipriklar bilan qoplangan joylaming bo'lishi, protonefridiylari, halqumi va jinsiy bezlarining tuzilishigaко'rakiprikli chuvalchanglarga yaqin turadi. To'garak chuval changlaming nerv sistemasi prinsip jihatdan kiprikli chuvalchanglamikidan farq qilmaydi. Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashganligini bilamiz.
Yassi chuvalchanglar orasida faqat to'g'ri ichaklilarda og'iz teshigi ana shunday terminal, ya’ni tanasi uchki qismida joylashgan. Ayrim jinsli xususiyatini hisobga olmaganimizda to'garak chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi (xususan, og'izaylangichlilarda sariqdonlaming bo'lishi) ham kiprikli chuvalchanglarga o'xshash bo'ladi. Birlamchi tana bo'shlig'i, orqa ichak va anal teshigining rivojlanganligi bilan to'garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Lekin bu belgilar progressiv evolyutsiya tufayli paydo bo'lganligidan to'garak chuvalchanglami kiprikli yassi chuvapchanglardan kelib chiqqanligi to'g'risidagi nazariyaga monelik qila olmaydi. Ayrim to'g'ri ichakli kiprikli chuvalchanglar parenximasi lakunlari (tana bo'shlig'i qoldiqlari) juda keng bo'lib, ulaming ichida parazit infuzoriyalar suzib yuradi. To'garak chuvalchanglaming birlamchi tana bo'shlig'i ana shunday lakunlaming yiriklashuvi vao'zaroqo'shilishidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.
To‘garak chuvalchanglar tipi ayrim sinflari tuzilishida kiprikli chuvalchanglardaih keskin farq qiluvchi belgilar paydo bo'lgan. Bu belgilar kutikulaning qalinlashuvi, kipriklaming yo 'qolishi, hujayra tarkibining doimiy bo'lishi (nematodalar, og'izaylangichlilar), halqa muskullaming bo‘lmasligi, halqum atrofi nerv halqasining bo'lishi, protonefridiylar о'miga bo'yin bezlarining paydo bo'lishi, og'izaylangichlilar halqumining chaynovchi halqumga aylanishi, teri-muskul xaltasining alohida muskullarga ajralib
ketganligi va boshqalardan iborat. Keltirilgan belgilar asosan alohida organlarga tegishli bo'lganidan to'garak chuvalchanglar tuzilishining umumiy xususiyatlariga ta’sir etmaydi.
Qorinkipriklilar (gastrotricha) sinfi Filogeniyasi. Qorinkipriklilar kiprikli chuvalchanglar bilan to‘garak chuvalchanglami bog‘lovchi zvenobo‘lib hisoblanadi. Tanasining ayrim qismlarida kiprikli epiteliyning bo'lishi, teri bezlari, protonefxidiy ayirish sistemasi va jinsiy sistemasining tuzilishi ulami kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi. Kiprikli epiteliyning yo'qola borishi, birlamchi tana bo'shlig'i, ayrim jinsli turlarining bo'lishi, ichagining tuzilishi ulami to'garak chuvalchanglarga yaqinligini ko'rsatadi.
Kinorinxlar (kinorhyncha) sinfi Filogeniyasi. Dastlab kinorinxlar oyoqlari yo'qolib ketgan hayvonlar sifatida bo'g'imoyoqlilar tipiga kiritilgan. Lekin protonefridiylaming rivojlanganligi ulami to'garak chavalchanglarga kirishini ko'rsatadi. Tana qoplagichi va halqumining tuzilishi, tullash orqali о ‘ sishi ulami nematodalarga; protonefridiyIarining bo'lishi esa qorin kipriklilarga yaqinlashtiradi. Shuning uchun filogenetik jihatdan kinorinxlami chuvalchanglaming biror gumhi bilan yaqinlashtirib boimaydi.
Og’izaylangichlilar (rotatoria) sinfi Filogeniyasi. Og'izaylangichlilaming kelib chiqishi to'g'risida turli fikrlar mavjud. Ulaming juda maydaligi uchun dastlab bir hujayralilarga kiritishgan. Keyinchalik halqali chuvalchanglarning troxofora lichinkasiga qiyos qilinib, ulaming neoteniya lichinkalar deb o'ylashgan. Keyingi davrda og'izaylangichlilaming troxoforaga o'xshashligini konvergent natijasi ekanligi, bu xususiyat ulaming bir xil sharoitda yashashi ta’sirida kelib
chiqqanligi aniqlandi. Og'izaylangichlilaming fflogeniyasi to'g'ri ichakli kiprikli chuvalchanglar bilan bog'liq. Agar shunday deyiladigan bo'Isa u holda og'izaylangichlilar orasida eng tuban formalari suv tubida o'rmalovchi, qorin tomonida, ya’ni og'iz atrofida kipriklar bilan qoplangan maydonchaga ega bo'lgan turlar hisoblanadi. Bu kiprikli maydoncha to'g'ri ichaklilaming kiprikli epiteliysi
qoldig‘i deyish mumkin. Og‘izaylangichlilaming tuban tuzilishini ularprotoneftidiylari va og‘iz teshigini qorin tomonida bo'lishi ham ко ‘rsatib turibdi. Birlamchi bo'shliqlilar orasida og'izaylangichlilar qorinkipriklilarga juda
yaqin turadi. Binobarin ulaming har ikkalasida ham teri-muskul xaltasi bo‘lmaydi, protonefridiylar rivojlangan, kiprikli epiteliyining tuzilishi o'xshash bo'ladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə