Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə5/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Hazm qilish sistemasi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan; odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o‘simtalar-lablarbilan o'ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og'iz bo'shlig'i (stoma) va halqumgabo'linadi.
2-rasm Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi. I - gipodermaning orqa valigi, 2 - muskul hujayralarning plazmatik o'simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 - tuxumdonning bo'ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, II - tuxum yo'li bo'yiga kesmasi, 12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon.
Ayrim yirtqich va zooparazitlar stomasida kutikula о 'simtasidan iborat tishlar bo'ladi. O' simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi. Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan hosil bo'ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o'rta ichakka o'tadi. O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo'ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariya parazitining keyingi ichagi berk, anal teshigi bo'lmaydi.

3-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi. A - urg ‘ochisi. В - erkagi: 1 - lablar, 2 - qizilo'ngach, 3 - ichak, 4 - halqum nerv halqasi, 5 - qorin nervi, 6 - ayirish sistemasi nayi, 7 - fagotsitar hujayralar, 8 - tuxumdon, 9-tuxum yo'li, 10-bachadon, 11-jinsiy qin, 12-anal teshigi, 13-urug‘don, 14-urug' yo'li, 15 - urug' chiqarish nayi.
Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchi nematodalar har xil mayda organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki о 'simlik hujayralari shirasi, ba’ zan qon so 'rib oziqlanadi. О 'simlik parazitlari ozig'i ichakdan tashqarida hazm bo'ladi. Stilet orqali o'simlik to'qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi. Nematodalar ana shu fermentlar ta’sirida chala hazm bo'lgan oziqni stileti yordamida so'rib oladi. Ayirish sistemasi b o ‘yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri (gipoderma) bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o'miga bo'yin bezlarining rivojlanishi kipriklami yo'qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha nematodalarning bo'yin bezlari yirik; ulaming ayirish yo'li kalta bo'ladi. Ko'pchilik turlaridabo'yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali moddalar almashinuvining suyuq mahsulotlari chiqariladi.Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodijfaa kirib qolgan organic moddalami to‘play diganfagotsitar hujayralar ham bo'ladi. Bunday “to'plovchi buyraklar” gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida bunday valiklar to‘rtta bo'ladi . Qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak bo‘shlig‘idagi vaichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari kislorod tanqis bo‘lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan.Ular uchun asosiy energiya manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik kislotalar (asosan, yog‘ va valerian kislotalari) hosil bo'ladi. Ana shu sababdan nematodalaming tanabo‘shlig‘i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan tushganda achishtiradi.Toʻgarak chuvalchanglarning ayrim vakillarining taksonomiyasi:
Tip: Toʻgarak chuvalchanglar Nemathelminthes
Sinf: Qorinkipriklilar Gastropoda
Tur: Chuchuk suv qorin kipriklisi Chaetonotus maximus
Tur: Dengiz qorin kipriklisi Macrodasys bidenbrochi
Tip: Toʻgarak chuvalchanglar Nemathelminthes
Sinf: Nematoda yaʼni haqiqiy toʻgarak chuvalchanglar Nematoda
Tur: Boʻrtma nematoda Meloidogyne incogniia
Tip: Toʻgarak chuvalchanglar Nemathelminthes
Sinf :Nematoda Nematoda

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə