Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Toʻgarak chuvalchanglar ekologiyasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə9/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.2. Toʻgarak chuvalchanglar ekologiyasi
Toʻgarak chuvalchanglar ekologiyasi . Professor A. A. Paramonov. 1962 yilda fitonematodalarning oʻsimlik bilan ovqatlanishi, ularga boʻlgan munosabatga, yashash joylari va yashash tarzining xilma-xilligini hisobga olib ularning ekologik klassifikatsiyasini yaratdi.
1. Pararizobiontlar
2. Eusaprobiontlar
3. Devisaprobiontlar
4. Fitogelmintlar
Erkin yashovchi fitonematodalar( pararizobiontlar) hayoti suv muhiti bilan chambarchas bogʻlangan. Ular mikroskopik suv oʻtlar bakteriyalar va detritlar bilan ovqatlanadi
Eusaprobiontlar fitonematodalar saprobiotik oʻchoqlarda, oʻsimlik organlarida va oʻsimlikning chirigan qoldiqlarida yashab, saprobiotik buzilishlarga sabab boʻladi.
Devisaprobiont fitonematodalar bakteriyalar , zamburugʻlar va oʻsimlik toʻqimasi boʻlaklari bilan ovqatlanib , sanitarlik vazifasini bajaradi bajaradi.
Fitonematodalarning ogʻiz boʻshligʻida boshqa vakillaridan farqli ravishda , oʻtkir yarimta ignaga oʻxshash stilet shakllangan.
Nematodalar tabiatda eng keng tarqalgan organizmlar bo‘lib, ular
orasida tuproq va suv xavzalarida erkin yashaydigan turlari ko‘pchilikni
tashkil etadi. Ko'pchilik erkin yashovchi nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,8-lmm); ayrim turlari 2-3 sm keladi. Nematodalar orasida 3000 dan ortiq turlari odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi.Ко‘pchilik parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan yirik; ba’zan lm gacha, hatto 8 m ga (kashalotlar yoidoshi paraziti Placentonema gigantissima) yetadi. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) ning erkagi urg‘ochisidan katta farq qiladi. Erkagi urg‘ochisidan kaltaroq (15-25 sm), ancha xipcha va dumi qorin tomonga spiral buralgan. Urg‘ochisining tanasi uzunroq (20-40 cm) va yo‘g‘on boiadi.
Odam askaridasi Yer yuzidagi deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlar (masalan, Yaponiya) aholisining deyarli hammasi askarida bilan zararlangan boiadi. Chunki bu mamlakatlarda odam axlatini organik o‘g‘it sifatida sabzavot va poliz ekiladigan maydonlarga sepiladi.
Odam ichagidan chiqqan askarida tuxumlari nam muhitga tushib qolganida, bir oy davomida ulaming ichida lichinkalar rivojlanadi. Bunday tuxumlar odamni zararlaydigan, ya’ni, invaziyali deyiladi. Tuxumlar iflos suv, sabzavot va mevalar orqali odam ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chshchadi. Lichinkalar ichak devorini teshib qonga, qon orqali o‘pka alveolalariga o‘tib oladi. Bu davrda ular alveolalar devorini yalligiantirib, zotiljam kasaligao‘xshash yo‘tal paydo qiladi, ba’zan o‘pkadan qon ketadi. Yo‘talganda lichinkalar bronxlar vakekirdak orqali og‘iz bo‘shlig‘iga, u yerdan soiak bilan yana oshqozon orqali ichakka boradi. Lichinkalar ana shunday murakkab migratsiyadan so‘ng qayta ichakka tushib rivojlana boshlaydi.
Askarida bilan zararlangan kishilaming qorni og‘riydi, ishtahasi yo‘qoladi; katar kasalligi paydo boiadi. Askaridalar ichakda juda ko‘p boisa ichak bo‘shlig‘ini bekitib qo‘yib, peritonitga olib keladi. Bolalar ichagidagi askarida oshqozon va halqum orqali harakat qilib, og‘iz va burunga ko'tarilishi hatto u yerdan nafas yoilariga o ‘tib, bolani bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin. Ichakdagi askaridalami santonin va ichni suradigan boshqa dorilar yordamida haydaladi. Bolalar gijjasi (Enterobius vermicularis) mayda -5-10 mm uzunlikdagi parazit.
Erkagi tanasining keyingi uchi spiral buralgan; urg‘ochisiniki bigizga o'xshash o‘tkirlashgan (1-rasm). Gijja asosan bolalaming ingichka va yo‘g‘on ichagi bo‘shlig‘ida yashaydi. Urg‘ochisi umgiangandan so‘ng orqa ichakning keyingi qismiga tushadi. Tuxumlami orqa chiqaruv teshigi atrofidagi teriga qo‘yadi. Tuxum ichida tez kunda lichinkalar rivojlanadi. Ana shunday tuxumlar iflos q o l va oziq-ovqat bilan yana ichakka tushib qolganida ulardan lichinkalar chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini qichitib, kishinijudabezovta qiladi.

4-rasm. A - oldingi tomoni bilan ichak devoriga kirib olgan qilbosh chuvalchang, В - o‘n ikki barmoqli ichak chuvalchangi erkagi, D - bolalar gijjasi urg'ochisi: 1 - og'iz, 2 - og'iz bo'shlig'idagi tishchalar, 3-qizilo‘ngach, 4-qizilo‘ngach “piyozcha” si, 5 -o 'rta ichak, 6-urug‘don, 7 -urug' to'kuv nayi, 8 -jinsiy xalta (bursa), 9 - spikulalar, 10-tuxumdon, 11 - dum, 12 - anal teshik, 13 - bachadon, 14 - jinsiy teshik.
Qilbosh chuvalchang - Trichocephalis trichiurus uzunligi 35-50 mm, ko‘richakda, ba’zan yo‘g‘on ichakda yashaydi. Tanasining oldingi ipga o‘xshash ingichkalashgan qismi orqali ichak devorining shilimshiq qavatiga kirib oladi. Odam qilbosh chuvalchang tuxumlari bilan ifloslangan suv va oziq-ovqatdan zararlanadi. Bu chuvalchang ayrim mamlakatlarda (masalan, Italiyada) ancha keng tarqalgan, Lekin odam sog‘ligiga katta ziyon keltirmaydi. O'n ikki barmoqli ichak qiyshiqboshi yoki svaynik - Ancylostoma duodenale. Mayda (10-18 mm), qizg‘ish chuvalchang, subtropik va tropik mamlakatlarda va janubiy Yevropada tarqalgan. Parazit ta’sirida organizmda anemiya (kamqonlik) paydo bo'ladi, svaynikning og‘iz bo ‘shlig‘ida xitin tishchalari bo'ladi. Ular yordamida parazit ichak devoriga yopishib oladi va ichak epiteliysi bilan oziqlanadi. Tuxumlari axlat bilan zax joylarga yoki suvga tushib qolganida ulardan bir sutka davomida lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ikki marta tullagach, invaziyali bo'lib qoladi. Trixina - Trishinella spiralis hayotining bir qismini ichakda, qolgan qismini muskullarda o'tkazadi. Trixina turli hayvonlar (yirtqichlar, juft tuyoqlilar, hasharotxo'rlar, kemiruvchilar)ni zararlaydi. Voyaga yetgan trixina ingichka ichakda yashaydi. Urg ‘ochisi ichak bo ‘shlig ‘ida tirik lichinkalar tug'adi. Lichinkalar limfa, so‘ngra qon tomirlari orqali tananing har xil joylariga borib qoladi. Lichinkalar ko‘ndalang targ ‘il muskul tolalariga o‘tib, 2 haftagacha oziqlanganidan so'ng spiral buraladi va biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsulaga o'raladi. Bir yildan so'ng devoriga asta-sekin ohak modda to 'planish tufayli kapsula oqish tusga kiradi.
Odam va hayvonlar trixinakapsulasi bo'lgan go'shtni yeb zararlanadi. Ichakda kapsuladan chiqqan lichinka juda tez o'sa boshlaydi; 3 kundan so'ng voyaga yetadi. Urg'ochi trixina urug'langach, ichak devoriga boshi bilan yopishib oladi. Trixina ikki oy yashab, 2000 gacha lichinka tug'adi. Shunday qilib, trixinaning hayot sikli faqat bitta organizmda о‘tadi. Bu organizm parazit uchun oraliq hamda asosiy xo'jayin bo'ladi. Ba’zan organizmning qarshiligi kamayganidaparazitning rivojlanish sikli o'zgaradi. Yangi tug'ilgan lichinkalar ichak vorsinkalaridan yana ichakka qaytib chiqib, voyaga yetadi. Bunday hollarda ichakda parazitning soni keskin oshib ketadi. Odam trixinali go'shtni yeganda parazitni yuqtiradi. Odam trixina uchun yopiq xo'jayin hisoblanadi.
Cho‘chqalar trixina bilan o'lgan kalamushlami yeb zararlanadi. Kalamushlar esa boshqa zararlangan kalamushlami yeb zararlanadi. Trixinellyozning asosiy belgilari trixina bilan zararlanishdan so'ng bir nccha kun o'tgach boshlanadi. Kasai odamning harorati 40° gacha ko'tarilib, bosh va muskullarda og'riq paydo bo'ladi. Trixinellyozga qarshi kurashda profilaktika qoidalariga rioya qilish, ya’ni qushxonalarda so'yilgan cho'chqalar go‘shtini yaxshi tekshiruvdan o'tkazish, zararlangan gn'shtlami kuydirish zarur. Rlshta - Dracunculus medinensis tropik va subtropik mamlakatlardii lurqalgan.Tanasi ipga o'xshash, uzunligi 32-100 sm. Rishta oyoq, ba’zan qo'l Icrisi ostidagi biriktiruvchi to'qimada parazitlik qiladi.


Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə