Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə3/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tashqi tuzilishi. Qorinkipriklilar - sodda tuzilgan chuvalchanglar. Chuchuk suvda yashovchi turlari tanasining oldingi qismi boshga o‘xshab tanadan biroz ajralib turadi; keyingi qismi esa dumga о ‘xshash ikkita ayrini hosil qiladi . Ayrisi uchigayelim bezlariningyo‘li ochilgan. Tana qoplag‘ichining qorin va bosh qismida kipriklar bo‘ladi. Tanasining keyingi uchidagi noksimon yelim bezlarining joylanishi va tuzilishi ham kiprikli chuvalchanglamikiga o‘xshaydi. Qorinkipriklilaming silliq bo‘ylamamuskullari tanaqoplag‘ichi ostida yaxlit qavat hosil qilmasdan; to‘p-to‘p bo'lib tanasi bo‘ylab joylashadi. Shuning uchun ulaming teri-muskul xaltasi bo‘lmaydi. Ichki organlari birlamchi tana bo‘shlig‘idajoylashgan.
Hazm qilish sistemasi to‘g‘ri nay shaklida, tanasining oldingi qismidagi og'iz teshigidan boshlanib, keyingi tomonda anal teshigi bilan tugaydi.Ichagi halqumdan, uzun o'rta ichak va qisqa orqa ichakdan iborat. Halqum teshigining qirrali bo'lishi va ichagining tuzilishi bilan qorinkipriklilar to'garak chuvalchanglarga o'xshab ketadi. Ozig'I hujayraichida hazm bo'ladi.
Ayirish sistemasi bir juft buralgan protonefridiylardan iborat. Har birnclridiyning uchidafaqat bittadan hilpillovchi kiprikli hujayralari bo'ladi. Ayrimiurlarida protonefridiylar bo'lmaydi.



1-rasm. Qorin kipriklilar. A - chuchuk suv qorin kipriklisi Chaetonotus maximus. В - chuchuk suv qorin kipriklisi ichki tuzilishi. D - dengiz qorin kipriklisi Macrodasys bidenbrochi: 1 - qizilo'ngach, 2 - ichak, 3 - anal teshigi, 4 - urug'donlar, 5 - urug‘ yo'li, 6 - sirrus, 7 - tuxumdon, 8 - tuxum, 9 - kuyikish bursasi,.10 - dum, 11 - jrotonefridiy.
Jinsiy sistemasi germafrodit yoki ayrim jinsli. Jinsiy bezlari odatda juft, ba’zan toq bo‘ladi. Jinsiy teshigi anal teshigi oldida joylashgan. Tuxumlari tana ichida urug‘lanadi.
Nerv sistemasi bir juft halqumusti gangliysi va ikkita yon nerv stvolidan iborat. Tana qoplag'ichi sirtidagi sezgir tukchalar tuyg‘u organlari, boshining ikki yonida joylashgan kiprikli chuqurchalari esa xemoretseptorlar hisoblanadi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə