Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə10/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-rasm.Parazit nematodalar. A - urg'ochi rishta, В - siklop tana bo‘shlig‘idagi rishta lichinkasi, D - bankroft ipchasi paydo qilgan fil kasalligi.
Oyoq yoki qo‘lning rishta bilan zararlangan joyi terisidaho‘l yara hosil bo'ladi. Yaradan rishtaning bir uchi chiqib turadi. Tanasining qolgan qismi yara ostida kalavaga o'xshab o'ralib yotadi. Rishta tirik lichinkalar tug‘ib ko‘payadi. Rishta bilan zararlangan odam oyog'ini suvda yuvadigan bo'lsa, lichinkalar suvga tushadi va ulami sikloplar yutib yuboradi. Siklop tanasida lichinka biroz o‘sadi. Odam lichinka bilan zararlangan siklop bo'lgan suvni qaynatmasdan ichganidarishtani yuqtiradi.
Odam tanasida lichinka bir yil davomida voyaga yetadi. Rishta yirtqich hayvonlar oyog ‘i terisi ostida ham parazidik qiladi. Aholini vodoprovodlar orqali ichimlik suv bilan ta’minlash va boshqa ко‘rilgan chora-tadbirlar tufayli O'zbekistonda rishta aholi o'rtasida tugatilgan. Rishta bilan zararlanish yovvoyi hayvonlar o'rtasida saqlanib qolgan. Bankroft ipchasi - Wuchereria bancrofti subtropik va tropik mamlakatlarda tarqalgan. Odamlarda elifantiaz - (fil kasalligi) paydo qiladi.Voyaga yetgan parazit limfatik bezlar va tomirlarda yashaydi. Limfa yo‘li bekilib qolishi tufayli limfa to‘xtab qolib, zararlangan joy juda yo‘g‘onlashib ketadi Urg‘ochi nematoda limfa tomirlarida juda ko‘p tirik lichinkalar tug‘adi. “Kechki mikrofillariy” deb ataladigan lichinkalar kunduzi ichki organlarga o‘tib oladi; faqat kechasi periferik tomirlarda paydo bo'ladi. Kechqurun yoki kechasi pashshalar qon so'rganida lichinkalar pashshaning oshqozoniga va undan tana bo‘shlig‘iga o‘tib olib, biroz o‘sadi va so'ngra xartumi asosida to‘planadi. Pashshalar qon so‘rish uchun terini teshganida ular dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So'ngra o‘zlari faol harakat qilib xo'jayin tanasiga kiradi. Bo£rtma nematodalari (Meloidogyne) - o'simliklaming yer ostki qismlari (ildizi, tuganagi) parazitlari
О‘simliklarning nematoda zararlagan qismida har xil bo‘rtmalar paydo bo'ladi. Bo'rtma nematodalarida jinsiy dimorfizm juda yaxshi rivojlangan; voyaga yetgan erkagi ipsimon, uzunligi 1,5-2 mm bo'lib, oziqlanmaydi, tuproqda yashaydi. Urg'ochilari noksimon shaklda, maxsus stileti yordamida o'simlik hujayralarini so'rib oziqlanadi. Urg'ochi nematoda maxsus tuxum xalta - ootekaga yuztaga jaqin tuxum qo'yadi. Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, o'simlik ildizini zararlaydi. Qulay iqlim sharoitida yil davomida nematodalaming bir necha nasli rivojlanadi.
O'zbekiston vaboshqa O'rta Osiyo respublikalarida bo'rtma nematodalarning 5 turi ekinlarga ziyon keltiradi. Sabzavot va poliz ekinlariga janub (M. incogniia) va araxis (M.arenaria) nematodalari katta ziyon yetkazadi. Janubiy xududlarda g'o'za va boshqa ekinlarga g'o'za bo'rtma nematodasi M.acrita katta zarar yetkazadi. Bo'rtma nematodalari yengil tuproqli maydonlarda ekinlarga ayniqsa, katta ziyon keltiradi, hosilning 40-60 % ini nobud qiladi. Zapaplanmaydigan ekinlami almashlab ekishga joriy etish, insolyatsiya (tuproqni oftobda quritish), zararlanmaydigan navlar ekish orqali va qisman kimyoviy preparatlar
yordamida bo'rtma nematodalariga qarshi kurash olib boriladi. Bug‘doy nematodasi - Anguina tritid bug'doy va ayrim boshoqli ekinlarga ziyon keltiradi. Zararlangan bug'doy boshoqlarida don o'rniga nematodaning bo'rtmasi hosil bo'ladi. Bo'rtma ichida 15-17 minggacha anabioz holatidagi nematoda lichinkalari bo'ladi. Quruq donlarda lichinkalar 20 yilgacha tirik saqlanishi mumkin. Lichinkalar don bilan nam tuproqqa tushganida suv shimib bo'kkan bo'rtmadan tuproqqa chiqadi va bug'doy maysalari ildizi orqali barg qo'ltig'iga kirib oladi. Bug'doy boshoq chiqarayotganida gul tugunchasiga o‘tib oladi; ana shu joyda oziqlanib, voyaga yetadi vako‘payadi. Urug‘langan urg‘ochi nematodalar 2500 gacha tuxum qo'yadi, har bir tuxumdan invaziyali lichinka chiqadi. Har bir donda 6-8 urg'ochi nematodalarning nasli rivojlanadi. Nematodalar sinfi ikkita kenja sinfga boiinadi.



Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə