303
Hayvonlar sistematikasi tarixiy rivojlanishi va xilma xillikning o’zgarishi.
Turopova Shahnoza Olim qizi
Termiz agratexnalogiyalari va innovatsion rivojlanish intituti talabasi.
Qobilova Gulchiroy Bobaqul qizi
Termiz agratexnalogiyalari va innovatsion rivojlanish intituti talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hayvonlar sistematikasi rivojlanish tarixini va
kelib chiqishini o’rganish mumkin.
Kalit so’z:
Hayvonlar sistematikasi, hayvonot dunyosi, tur, urug’ binar
(nomenklatura) zoofitlar.
Hayvonlar sistematikasi -sistematikasi bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk
bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 turiga
tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi
umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil
davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat
ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga
Kiritadi.Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved olimi K.Linney yaratgan.
Uni "Tabiat sistemasi" deb atashimiz mumkin va (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq
(jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan.
K.Linney hayvonlarni oʻzaro kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni
2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney
ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Masalan sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar,
iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga
birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va J.Lamark K. Linney sistemasini
takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurtqasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya
falsafasi"
(1809) asarlarida
hayvonlarni umurtqasizlar
va
umurtqalilarga,
umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar,
oʻrgimchaksimonlar,
qisqichbaqasimonlar,
halqalilar,
moʻylovoyoqlilar
va
mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning
klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik
bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar,
umurtqalilar) nomini bergan.J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant
(1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi.
Nemis zoologi K.Zibold esa nurlilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar
va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni,
chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa halqalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga
kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali
304
chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip
nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga
boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat
tiplar soniga emas, balkiularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib
bordi. Masalanumurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha
mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan.
Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha
yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi.
Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi.Hayvonot
dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar
esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar,
haqiqiy koʻp hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz
navbatida nurlilar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama simmetriyalilar
hamda
birlamchi
ogʻizlilar
(chuvalchanglar,
mollyuskalar,
exiuridlar,
boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi ogʻizlilar
(chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va
haqiqiy koʻp hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan
fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp
hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi.Hayvonot dunyosining turli xil
sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq koʻrsatiladi.
Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga
asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sarkomastigoforalar, mikrosporidiyalar,
miksosporidlar,
sporalilar,
infuzoriyalarga
boʻlinadi.
Qolgan
hayvonlar
plastinkasimonlar, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar,
toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar,
mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chalaxordalilar, pogonoforalilar va
xordalilar tiplariga boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar
kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra
3,0—3,5 mln.)ga yaqin turi maʼlum.Bugungi kunda hayvonot dunyosi — organik olam
sistemasidagi yirik boʻlim. Hayvonlarning bundan 1,5 milliard yil ilgari .
Hayvonlarning eng qadimgi qazilma qoldiq yoshi 0,8 milliard yildan oshmaydi.
Kembriy davri boshlarida (miloddan 570—490 million yil avval) tashqi mineral skeletli
(chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar,
jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi
skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib
chiqqan. Silurda (miloddan 445—400 million yil avval) hayvonlar oʻsimliklar bilan bir
vaqtda quruqlik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki
305
chayonlar, devon oxiridan boshlab (miloddan 400—345 million yil avval) dastlabki
quruqlikda yashovchi umurtqalilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar
rivojlangan. Karbon davrida (milloddan 345—280 million yil avval) quruqlikda
umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib
yuruvchilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr
davrlarida (milloddan 230—66 million yil avval) sudralib yuruvchilar hukmronlik
qilgan. Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 million yil avval) dinozavrlar, bu davr
oxirida sut emizuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (milloddan
195—136 million yil avval) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (milloddan 136— 66
million yil avval) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi
sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut
emizuvchilar egallaydiю Hayvonlar — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor
organik moddalar bilan oziqlanadi. Hayvonlarda metabolizm faol kechishi tufayli
ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional
sistemasi: muskul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining
shakllanishi hayvonlar uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi.
Hayvonlar hujayrasi qattiq sellyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq
qiladi. Biroq hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. Masalan, bir hujayrali
hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar
orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (masalan, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar,
mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish
usuli fotosintez va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida hayvonlarga ham,
oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (masalan, evglenasimonlar, volvokslar va
boshqalar).Hayvonlar va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida
boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik
qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.Hayvonlar
hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra (bir hujayralilar) va koʻp hujayralilarga
ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning Hujayra oʻzi tirik organizm uchun xos
boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar plastinkasimonlar
tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam
ixtisoslashgan hujayralardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Movlonov.O, Xurramov Sh, Umurtqasizlar zoologiyasi, Toshkent 1998.
2.
T. X Ikromov “ Chorvachilik asoslari”Darslik 1996.
3.
Do’stqulov S, I.M Maqsudov “Chorvachilik asoslari” fanidan amaliy mashg’ulotlar
o’tgazish uchun uslubiy qo’llanma Toshkent 2013.
Dostları ilə paylaş: |