Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Nematoda yaʼni haqiqiy toʻgarak chuvalchanglar sinfi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə7/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.4. Nematoda yaʼni haqiqiy toʻgarak chuvalchanglar sinfi
Nematoda ( Nematoda ), yumaloq qurtlar, pastki turdagi pastki qurtlar sinfi (boshqa mualliflarga ko'ra, turdagi) Nemathelminthes . Kuchli cho'zilgan va yumaloq tanasi (shuning uchun ruscha nomi) bilan haqiqiy segmentatsiyaga ega bo'lmagan ikki tomonlama simmetrik birlamchi-kavitar hayvonlar. Uzunligi 80 mikrondan 8 m gacha; filiform yoki fusiform, kamdan-kam hollarda barrel shaklida yoki limon shaklida. Tana silliq yoki halqasimon kesikula bilan qoplangan , uning ostida hipodermis yotadi .Uzunlamasına mushak hujayralarining 1 qatlamidan mushak. Qon aylanish va nafas olish tizimlari yo'q. Asab tizimi - perifaringeal halqa va undan cho'zilgan uzunlamasına magistrallar. Sezgi organlari - taktil tuklar va papillalar; ba'zi erkin hayot shakllari ibtidoiy kimyo- va fotoretseptorlarga ega. Ovqat hazm qilish tizimi og'iz bo'shlig'idan boshlanib, qizilo'ngachga, so'ngra ventral tomondan tananing orqa uchida ochiladigan oldingi, o'rta va orqa ichakka o'tadi. Chiqaruvchi organlar ko'p sonli bir hujayrali bezlar yoki lateral hujayra ichidagi kanallardir. Qoida tariqasida, alohida jinslar; reproduktiv tizim - tuxumdonlar, tuxum yo'llari, bachadon va qinning urg'ochilaridan iborat juft naychalar, ular tananing qorin tomonida jinsiy teshik bilan ochiladi; erkaklarda - moyaklar, vas deferens va eyakulyatsiya kanalidan nematodalar tuxum qoʻyadi . Ular bakteriyalar, suv o'tlari, detritlar bilan oziqlanadi; Yirtqichlar ham bor. Ayrim nematodalar anaerobiyoz va toʻxtatilgan animatsiyaga qodir . Koʻpgina Nematodalar oʻsimliklarning parazitlari . Oʻsimliklarning nematoda kasalliklari , hayvonlar va odamlar qarang Nematodozlar , gelmintozlar . Ularning tuxumlari hayvon yoki inson tanasiga ifloslangan suv va oziq-ovqat bilan kiradi. Nematodalarning baʼzi turlarida tuxum xoʻjayinning ichaklarida kattalar qurtlarigacha rivojlanadi.
Tashqi tuzilishi. Tanasi duksimon, ya’ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og'iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Tanasining anal teshigidan keyingi qismi dumni xosil qiladi. Tananing anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi. Nematodalarning tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik ta’sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan sinsitiydan iborat. Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama chiziq o'tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to'rtta va- liklar (yo'g'onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan. Gipoderma valiklari muskul qavatini to'rt bo'lakka bo'lib turadi. Orqa va qorin muskullar nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi.
Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasi muskullari uzunligi 0,5 sm) bo’ladi. Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikdateri-muskul xaltasini hosil qiladi. Xalta birlamchi tana bo’shlig’ini o’rab turadi. Tana bo’shlig’i tayanch vazifasi bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo’shlig’i orqali moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o’tadi; moddalar almashuvining oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana bo’shlig’i organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli hujayralar bo'lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo'ladi.
Hazm qilish sistemasi. Nematodalarning og’iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan; odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o’simtalar bilan o'ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og'iz bo'shlig'i (stoma) va halqumga bo'linadi. Ayrim yirtqich va zooparazitlar stomasida kutikula о’simtasidan iborat tishlar bo'ladi. O’simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi. Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan hosil bo’ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o'rta ichakka o'tadi. O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo'ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariya parazitining keyingi ichagi berk, anal teshigi bo'lmaydi. Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchi nematodalar har xil mayda organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki о 'simlik hujayralari shirasi, ba’ zan qon so 'rib oziqlanadi. О 'simlik parazitlari ozig’i ichakdan tashqarida hazm bo'ladi. Stilet orqali o'simlik to'qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi. Nematodalar ana shu fermentlar ta’sirida chala hazm bo'lgan oziqni stileti yordamida so'rib oladi
Ayirish sistemasi bo’yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri (gipoderma) bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o'rniga bo'yin bezlarining rivojlanishi kipriklarni yo'qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha nematodalarning bo'yin bezlari yirik; ularning ayirish yo'li kalta bo'ladi. Ko'pchilik turlarida bo'yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali moddalar almashinuvining suyuq mahsulotlari chiqariladi.
Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan organik moddalarni to’playdigan fagotsitar hujayralar ham bo'ladi. Bunday “to'plovchi buyraklar” gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida bunday valiklar to’rtta bo'ladi.
Qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak bo’shlig’idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari kislorod tanqis bo’lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan. Ular uchun asosiy energiya manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik kislotalar (asosan, yog’ va valerian kislotalari) hosil bo'ladi. Ana shu sababdan nematodalarning tana bo’shlig’i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan tushganda achishtiradi.
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi halqumni o’rab turadigan nerv halqasi, undan tana bo’ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv stvollaridan iborat Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo’ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan bo’lib, asosiy stvollar deyiladi. Bu stvollar ko’ndalang nervlar komissuralar orqali o’zaro bog’langan. Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit yashovchi nematodalarning sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg’u organlari vazifasini papillalar shaklidagi sezgi do’mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg’u papillalari og’iz atrofida, erkak nematodalarning dum qismida ham joylashgan. Boshining ikki yonida qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga о’xshash amfidlar kimyoviy sezgi organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog’dan iborat oddiy ko’zcha ham boiadi.
Jinsiy sistemasi. Nematodalar odatda ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy sistemasi tana bo’shlig’ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg’ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo’ladi. Urg'ochisi jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo’li deyiladi. Tuxumdonda hosil bo’lgan tuxumlar tuxum yo’lida urug’lanadi va xaltaga о’xshash kengaygan bachadonga o’tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi urug’don deyiladi. Urug’don birmuncha yo’g’onlashib, urug’ yo'lini hosil qiladi. Urug’ yo’li kalta va keng nay – urug’ pufagiga ochiladi. Urug’ pufagida urug’ to’planadi. Urug’ pufagi bir muncha tor va muskulli urug’ to’kuvchi nayga, urug’ to’kuvchi nay orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloaka ichida kutikulyar spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning urug’lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik nematodalar erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda bursa hosil bo’ladi. Bursa erkak nematodalarni urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. Nematodalar urug’i hujayrasining xivchinlari bo'lmaydi, urug' hujayrasi kalta soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona organizmida urug'lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug'adi.
Rivojlanishi. Ko'pchilik turlarining hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi. Faqat ayrim vakillarida (masalan, baqa o’pkasi paraziti (Rhabdias bufonis ) da geterogoniya kuzatiladi. Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo'jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra to'liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan nematodaga o’xshash bo'ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o’zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi. Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo'lishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralarning hosil bo'lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to'xtaydi va shundan so’ng hujayralar soni umr bo’yi doimiy bo'lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va kolovratkalar uchun xos.


Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə