Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Toʻgarak chuvalchanglar sistematikasi



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə4/11
tarix06.06.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#115597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.2. Toʻgarak chuvalchanglar sistematikasi
Nematodalar turli xil muhitda yashashga moslashgan bir necha o'n ming turlami o'z ichiga oladi. Ulami Yer yuzining deyarli barcha havzalarida va suv tubidagi balchiqda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlaming asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz o'tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvonlar va o'simliklaming turli organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula ularni har qanday zararli moddalar ta’siridan himoya qilib, xilma-xil muhit sharoitida yashashga imkon beradi. Nematodalarning harakatlanish tarzi ham barcha muhitga to'g'ri keladi.
Tashqi tuzilishi. Tanasi duksimon, ya’ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og'iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Tanasining anal teshigidan keyingi qismi dumni xosil qiladi. Tananing anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi. Nematodalarning tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik ta’sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan sinsitiydan iborat.
Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama chi/.iq o'tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to'rtta valiklar (yo'g'onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan. Gipoderma valiklari muskul qavatini to'rt bo'lakka bo'lib turadi. Orqa va qorin muskullar nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi.Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasi muskullari-. uzunligi 0,5sm) bo‘ladi. Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikdateri-muskul xaltasini hosil qiladi. Xalta birlamchi tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tana bo‘shlig‘i tayanch vazifasi bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo‘shlig‘i orqali moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o‘tadi; moddalar almashuvining oxirgi maksulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tanabo‘shlig‘i organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli hujayralar bo'lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo'ladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə