Shahar elektr ta'minotida chastota tebranishi



Yüklə 456,46 Kb.
tarix24.05.2023
ölçüsü456,46 Kb.
#112640
Shahar elektr ta\'minotida chastota tebranishi


SHAHAR ELEKTR TA'MINOTIDA CHASTOTA TEBRANISHI

Butun dunyoda energiya resurslar narxini oshib borishi barcha korxonalarda energiya tejamkorlik masalasini ilgari suradi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarda mahsulot tannarxini asosiy tashkil etuvchisi energiyaga to‘lovlar tashkil etmoqda. Energiya resurslarni tejash orqali mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omillaridan biridir.


Bu esa elektr energiya nisbiy sarfini kamaytirish bo‘yicha imkoniyatlarimiz borligini ko‘rsatadi va ishlab chiqarish korxonalarida elektr energiyaini tejovchi oddiy va arzon texnik qurilmalarni tadbiq qilishni taqozo qiladi. Energiya oqimining elektr ta’minoti sxemasi barcha elementlari bo‘yicha aniqlangan quvvat balanslari noo‘rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Keyingi yillarda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ishlab chiqarishdagi iqtisodiy munosabatlarni, korxonalarni faoliyat yurgizish shart - sharoitlarini o‘zgartirib yubordi.
Bundan tashqari, Respublikamiz korxonalariga chet el investitsiyalari keng jalb qilinib xorijiy elektr uskunalar o‘rnatilmoqda. Bu esa elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga, elektr ta’minoti tizimi ishonchligiga va energiya iste’moli jarayonlarini avtomatlashtirishga o‘ziga xos talablar qo‘ymoqda. Yuqoridagilar korxonalarni elektr ta’minoti tizimini zamonaviylashtirish nuqtai nazaridan qayta rekonstruktsiyalashni taqozo qilmoqda. Jumladan, mavjud GESlarni modernizatsiyalash dasturi bo’yicha ularning umumiy quvvati 6497 mln.kVt.soat dan 7400 mln kVt.soatgacha ortadi.
Bundan tashqari yangi GESlarni qurib ishga tushirish hisobiga 1645 mln.kVt.soat quvvat olinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari Respublikamiz elektroenergetikasining istiqboli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qay darajada samarali joriy etilishi bilan bog’liq. Chunki dunyo iqtisodi bu borada jadal qadamlab bormoqda.
Elektr toki o’tadigan yo’ldagi turli elektr tuzilmalar yig’indisi elektr zanjiri deb ataladi. Har qanday elektr zanjiri uchta asosiy elementdan, tok manbaidan, iste’molchilardan va tutashtiruvchi simlardan tashkil topgan bo’ladi [2]. Elektr zanjiri elektr toki uchun yo‘l hosil qiluvchi ob’ekt va qurilmalarning majmui bo‘lib, undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish tushunchalari bilan ifodalanadi.
O’tkazgichdagi tokni elektronlar hosil qiladi. Har bitta elektronga esa magnit maydon ma’lum kuch bilan ta’sir qiladi. Demak, o’tkazgichga ham magnit maydon ma’lum kuch bilan ta’sir qiladi [2]. Elektr zanjir holatini elektr toki va kuchlanish ifodalaydi. Elektr zanjirlarining grafik tasviri elektr sxema deb ataladi. O‘zgarmas tok – bu yo‘nalishi va qiymati vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan tokdir. Demak, o‘zgarmas tok – bu zaryadlangan zarrachalarning tartibli bir yo‘nalishdagi harakatidir. Elektr energiya manbai – EYuK ni qiymati, yo‘nalishi va ichki qarshiligining miqdori bilan tavsiflanadi.
Rezistordan o‘tayotgan tok bilan shu rezistorda hosil bo‘lgan kuchlanish orasidagi bog‘lanish elementning volt-amper tavsifi(xarakteristikasi), (VAT - VAX) deb ataladi. 9 Ideal holatda: EYuK manbai uchun manbaning ichki qarshiligi RICH = 0. Tok manbai uchun manbaning ichki qarshiligi RICH = ∞. Ikki tugun oralig‘iga ketma-ket ulangan elementlardan iborat bir xil tok o‘tadigan zanjirning qismi shohobcha deb ataladi. Kamida uchta shohobcha birlashgan nuqta esa, elektr zanjirining tugunideyiladi.
Kontur – elektr zanjirining bir nechta shohobchalaridan o‘tuvchi berk yo‘l. Oddiy holda elektr zanjiri uch qismdan iborat bo’ladi: energiya manbai, ste’molchi, ulovchi simlar. Lekin umumiy holda elektr zanjiri bir necha manbaiga va iste’molchilarga ega bo’lishi mumkin. Real elektr zanjiri esa yuqoridagi elementlardan tashqari ulab-uzuvchi (viklyuchatel) qurilmalari kontrol-o’lchash priborlari, himoya asboblaridan iborat bo’ladi. Faqat chiziqli elementlardan iborat zanjir - chiziqli elektr zanjiri deb ataladi.



Elektr zanjir. Elektr zanjir elektr tokni hosil qilish va uning o’tishini ta’minlaydigan qurilma va ob’yektlarning majmui bo’lib undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish tushunchalari bilan ifodalanadi. Elektr zanjirlarni hisoblashda qulaylik uchun ular elektr sxemalar ko’rinishida kuriladi. Bunla energiya manbaasi doira bilan, qarshiliklar to’rtburchak bilan, ulovchi simlar esa tugri chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Elektr zanjirlari asosiy va yordamchi elementlardan tashkil topadi. Elektr qarshiligining o’lchov birligi V/A = Om bo’lib, bunda 1 V kuchlanishda 1 A tok oqib o’tgan o’tkazgich qarshiligi 1 Omga teng bo’ladi.


Ushbu ajralib chikayotgan issiqlik amaliy maksadlarda ishlatilishi yoki atrof muhitga befoyda tarqalib ketishi (isrof) ga qarab katta yoki kichik elektr qarshilikga ega bo’lgan o’tkazgichlar tanlanadi. Masalan, elektr pechlari uchun katta elektr qarshilikga ega bo’lgan o’tkazgichlar tanlansa, elektr energiyasini uzatish uchun liniyalarga imkon darajasida kichik elektr qarshilikga ega bo’lgan o’tkazgichlar tanlanadi.

Qarshiliklarni aralash ulash ketma-ket va parallel ulashlarning birgalikda qo ‘llanilishidir. Qarshiliklari aralash ulash sxemalarining xilma-xilligi tufayli bunday zanjirlarning ekvivalent qarshiligini aniqlashning umumiy ifodasini chiqarib bo‘lmaydi. Har bir konkret hol uchun zanjirdagi qarshiliklarning ketma-ket va parallel ulangan qismlarini shartli ravishda ajratib olib, ma’lum formulalar bo ‘yicha ularning ekvivalent qarshiliklarini hisoblash lozim. Qarshiliklari aralash ulangan zangirlarning ekvivalent qarshiligini hisoblash zanjirning oxirgi qismidan manba tomon olib boriladi


Bunda zanjir tobora soddalashib borib, bitta ekvivalent qarshilikli zanjir ko ‘rinishiga keltiriladi Zanjirning har bir qismidagi tok va kuchlanish Om qonuniga binoan hisoblanadi.
Energiyaning saqlanish qonuniga ko’ra generator t – vaqt davomida ishlab chiqargan elektr energiyasi usha vaqtning o’zida zanjirning barcha qismlarida boshqa turdagi energiyalarga aylanadi. (bunda zanjirning tashqi qismi – iste’molchida va ichki qismi generatorning o’zida)
Formulirovkasi: istalgan tarmoq (vetv) dagi tok sxemasidagi har bir EYuK ma’nbai vujudga keltiraetgan alohida olingan toklarning algebraik yig’indisiga teng. Bu usul har qanday chiziqli elektr zanjiri uchun qo’llanilishi mumkin. Zanjirni bu usul bilan hisoblash tartibi:
1.10-rasmda ko’rsatilgan zanjirda navbati bilan faqat 1 tadan EYuK ma’nbai qoldirib, qolganini sxemadan chiqariladi. Lekin sxemadan chiqarilayotgan EYuK ma’nbalarning ichki qarshiliklari sxemada qoldiriladi. Demak, 1.10-rasmda ko’rsatilgan sxema o’rniga endi 2 ta sxema toklarini hisoblanadi. Umumiy holda esa berilgan sxema EYUK ma’nbasi soniga qarab shuncha sxema toklari hisoblanadi.
Yüklə 456,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə