Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
6
Hech bir tarixiy taraqqiyot bir xilda tekis va ravon kechgan emas, doimo ko’rinishi, 
shakli, mazmuni o’zgarib, har o’zgarganda yangi xususiyatlar kasb etib kelgan. Turkiy 
xalqlar adabiyoti tarixi ham turli zamonlarda goh ko’tarilish, goh susayishlar bilan 
taraqqiyot yo’lidan borgan. Hech bir xalqning adabiyotini uning tarixiy davridan ayri holda 
o’rganish mumkin bo’lmaganiday, turkiy xalqlar adabiyotini ham o’z asl mohiyatidan kelib 
chiqib tahlil etish zarur. Aslida, dunyoda qaysi xalq bo’lmasin, uning adabiyotini, tarixini 
xolislik va ilmiylik tamoyillari asosida tekshirish to’g’ri bo’ladi.
Bugungi kunda bir negizga mansub bo’lgan turkiy xalqlar o’rtasidagi adabiy-madaniy 
aloqalarni rivojlantirish, ularning o’zaro totuvligini yanada mustahkamlash davr talabidir. 
Oliy o’quv yurtlari dasturiga “Turkiy xalqlar adabiyoti” fanini kiritilishining tub sabablari 
bor. Birinchidan, hozirgi davrdagi siyosiy maqsadimiz adolatli jamiyat va demokratik 
davlat qurish bo’lib, millat va xalqlarning erkinliklari qonuniylashgan davrda 
yashamoqdamiz. Har bir xalq o’ziga qon-qarindosh bo’lgan xalqning tarixi, madaniyati, 
san’ati va adabiyotini chuqur bilsa, bu uning farovon kelajagi uchun ham omildir. 
Ikkinchidan, hozirgi vaqtda mamlakatimizda yashaydigan turli millatlar va xalqlarga o’z 
an’ana va merosini tiklab, o’rganish hamda targ’ib qilish imkoni ham berilgan. Davlatimiz 
tomonidan qo’shni turkiy xalqlar bilan nafaqat diplomatik, balki madaniy-adabiy 
sohalarda ham samarali aloqalar yo’lga qo’yilgan. Xususan, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq
ozarbayjon, turkman, turk adiblarining tavallud kunlariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy 
anjumanlar, tadbirlar, adabiy kechalarning o’tkazilishi, “Respublika baynalminal 
markazi”ning faoliyat olib borayotganligi, radio va televidenieda qardosh turkiy tillarda 
dasturlar va eshittirishlarning muntazam namoyish etilishi, mazkur tillarda matbuot 
nashrlarining mavjudligi mamlakatimizda “Turkiston umumiy uyimiz” g’oyasini 
shakllantirishda muhimdir. Umumturkiy xalqlarning o’ziga xos adabiyoti, san’ati va 
madaniyati, urf-odat va an’analari, tarixiy-adabiy merosini o’rganish orqali ular bilan 
insonparvarlik, tinchlikparvarlik yo’lidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash 
mumkin.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə