NDPI TARIX FAKULTETI TARIX YUNALISHI 1A GURUH TALABASI NDPI TARIX FAKULTETI TARIX YUNALISHI 1A GURUH TALABASI ABDULLAYEVA MUXLISANING ÕZBEKISTON TRIXI FANIDAN MUSTAQIL ISHI XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g‘arb tomonlarida muqim hayot tarziga o‘ta boshladilar.
Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o‘tdilar.
Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti Qoraqalpoqlar urug‘larga bo‘lingan, ularda yerdan foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug‘lar sug‘orish kanallari qazilishi uchun mas’ul bo‘lishgan. XIX asrda Qoraqalpoqlar
Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so‘ngra Volgabo‘ylarida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havzalari etaklarida yashab kelganlar.
XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashagan. Ularning soni o‘sha vaqtda taxminan 100 ming nafardan osh magan.
Qoraqalpoqlarga berilgan yerlar xonlik mulki sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar to‘laganlar.
Qoraqalpoqlarning har bir ovul aholisi bitta urug‘ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan.
Muhammad Rahimxon I
Xo’jaligi va mashg’ulotlari
Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o‘rinni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi.
Quyi Amudaryoning katta cho‘l va suv chiqmagan cho‘lga tutash sho‘rxok yerlarini ular o‘zlarining mashaqqatli mehnati evaziga o‘zlashtirdilar. O‘troq hayotga o‘ta boshlagach, dehqonchilik bilan shug‘ullanish qoraqalpoqlar hayotida asosiy o‘rinni egallay boshladi. Qoraqalpoq ruhoniylari, eshonlari va aholining nufuzli kishilari Xiva xonlarining alohida homiyligida bo‘lgan. Qoraqalpoqlar orasida sudlarning ikki turi – qozilar sudi va biylar sudi mavjud edi. Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim o‘rin egallagan.
Amudaryoning bo‘ylarida va Orol dengizi atrofidagi ko‘llarda baliqlar serob bo‘lib, ular ko‘plab oila hamda urug‘lar uchun asosiy tirikchilik manbayi edi.
Qoraqalpoqlar, asosan, ro‘zg‘or uchun zarur buyumlarni tayyorlash bilan shug‘ullanar edilar. Ular o‘tovlarning atrofini o‘rash uchun matolar, tuya junidan guldor namatlar to‘qir edilar. Ularning xalq amaliy san’atida o‘tovlar uchun o‘ymakor eshiklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash, gilam to‘qish, kashtachilik yuqori darajada rivojlangan.
Qoraqalpoq o‘tovi
Qoraqalpoqlar urug’chilik va qabilaviy munosabatlar
XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullarida urug‘ munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi.
Xitoy-qipchoq, mang‘it va kenagas qabilalari tarkibidagi urug‘lar «o‘n to‘rt urug‘» – aris (urug‘) birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng yirigi o‘n to‘rt urug‘ bo‘lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda shulluk va joungurni birlashtirgan aris-qo‘ng‘irotlar turar edi.
Urf-odatlari va turmush tarzi
Qoraqalpoqlarda urug‘chilik o‘ziga xos qadriyat bo‘ lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik munosabatlarida ko‘zga tashlanib turar edi.
To‘y marosimlarida urug‘ning barcha a’zolari ishtirok etishi shart bo‘lgan. Umuman olganda, qoraqalpoqlar ko‘chmanchilikdan o‘troq turmushga o‘tishgacha bo‘lgan uzoq davrda, xalq bo‘lib shakllanish jarayonida o‘ziga xos ma’naviy-moddiy qadriyatlar yaratdi.
Dostları ilə paylaş: |