Turkiy xalqlar adabiyoti
8
2.
Turkiy xalqlar genezisi. Ilk badiiyat namunalari.
3.
Yozma adabiyot manbalari.
4.
X-XII asrlar adabiy yodgorliklari.
Tayanch so’z va iboralar:
turkiy qavm, mif, afsona, epos, qadimgi adabiy yodgorliklar,
bitiktoshlar, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari, “O’g’uznoma”, “Qutadg’u
bilig” asarlari.
Turkiy qavmga mansub xalqlar deganda o’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq,
uyg’ur, tatar, boshqird, chuvash,
ozarbayjon, qorachoy, turk, qo’miq,
balqar kabi qirqqa
yaqin millatlarni nazarda tutamiz. Qadimda bu xalqlar O’rta Osiyo, Markaziy Osiyo va
Kichik Osiyoda, Rossiyaning kattagina qismida joylashgan hududlarda hayot kechirganlar.
Ular yaratgan adabiyot namunalarini chuqur o’rganish orqali o’sha
davrdagi
ajdodlarimizning falsafiy-estetik dunyoqarashi,
badiiy olami, ruhiy-ma’naviy hayotini
anglash mumkin.
Xalqimiz tarixi,
qadimgi turkiylar tarixi, madaniyati,
urf-odatlari, o’ziga xos betakror
jihatlari haqida bir qator manbalarda ma’lumotlar mavjud. Turli
xildagi
yozuvlar, narsa-
buyumlar, ashyolarda, “Avesto”, “Bexistun”, O’rxun-Enasoy
kabi yozma yodgorliklarda,
Beruniy, Narshaxiy, Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Muhammad Solih, Hofiz
Tanish al-Buxoriy, Bayoniy kabi tarixchilarning asarlarida
1
, shuningdek, grek, xitoy, hind,
arman tarixchilarining asarlarida ham ko’plab ma’lumotlar bor
2
. Tarixshunoslar
1
Абулғозий. Шажарайи турк.-Т.,1992; Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри.-Т.,1993;Беруний
Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар - Т., 1968; Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг.- Т.,1960;
М.Қошғарий. Девону луғотит-турк. Уч жилдлик.-Т., 1960-1963; Абу Тоҳирхожа. Самария.-Т.1991;
Наршаxий. Бухоро тарихи.-Т.,1991; Низомулмулк. Сиёсатнома ёки сияр ул-мулук. -Т.,1997; Амир Темур.
Темур тузуклари.- Т.,1991; Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи.- Т.,1994; Шиҳобиддин анНасавий. Султон
Жалолиддин Мангуберди ҳаёти тафсилоти. -Т.,1999; Низомиддин Шомий. Зафарнома. -Т.,1996;
Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. - Т., 1997; Ибн Арабшоҳ. Амир Темур тарихи. Икки жилдлик. -Т.,
1992; Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. -Т., 1999; Муҳаммад Солиҳ.
Шайбонийнома. -Т., 1989; Баёний. Шажарайи Хоразмшоxий.- Т.,1991.
2
Геродот. История. - М., 1972; Ксенофонт. Греческая история. - М., 1935; Полибий.Всеобщая история.
М.,1980-1989; Арриан. Поход Александра. - М.Л., 1962; Страбон. География в 17 книгах.- М., 1964;
Курций Руф. История Александра Македонского. - М.,1963.