Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
10
yashaganligi va asosan, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganligi aytilsa
2

Strabonning “Geografiya”, Polienning “Harbiy hiylalar” kabi asarlarida juda qadim 
zamonlardan bu hududlarda xilma-xil qaysar, yovvoyi va urushqoq qabilalar yashaganligi 
va ular o’zaro munosabatlarida halollik, mardlik, vatanparvarlik, va odillikni har narsadan 
afzal bilganliklarini qayd etadilar. “To’maris”, “Shiroq”, “Amorg
Л.Н.Гумилев. Древние тюрки.-М.,1960; А.Ю.Якубовский. К вопросу об этногенези узбекского народа.-
Т., 1941.
1
Б.Аҳмедов. Ўзбекистон халқлари тарихи манбалари.-Т.,1991; Т.Саидқулов. Ўрта Осиё халқлари 
тарихининг тарихшунослигидан лавҳалар. - Т.,1993.
2
Геродот. Мелпомена/ Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида.- Тошкент: “Юрист-Медиа 
маркази”, 2008.- 6-бет.
va Sparetra” kabi asarlarning mazmun-mohiyati ma’lum ma’noda bu fikrlarni tasdiqlaydi
1
.
Qadimgi xalqlarning geografik joylashish o’rni Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, 
Marg’iyona, Parfiya, Amudaryoning quyi qismi, Zarafshon vohalari va boshqa joylarni o’z 
ichiga olgan. Bu yerlarda xorazmiy, sug’diy, sak, massaget kabi qabilalar, chigil, yag’mo, 
tuxsi, o’g’uz, tangut kabi elatlar istiqomat qilganlarki, bular hozirgi turkiy xalqlarning 
ajdodlari ekanligi shubhasizdir. Olib borilgan arxeologik qazilmalar va qidiruv ishlari 
so’ngida topilgan Ko’hitang yozuvlari, Ilonsoy (Samarqand), Xojikent (Tosh), Teshiktosh 
(Farg) deb ataluvchi joylardan topilgan yozuvli suratlar, turli xil asbob-anjomlar, uy-
ro’zg’or buyumlari, kumush va tilla tangalar ana shu xalqlarning madaniyati yuksak 
bo’lganligidan darak berib turadi.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlarga oid ayrim og’zaki ijod namunalari 
ham yuqorida zikr etilgan manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Ular badiiyatimiz ibtidosi 
bo’lgan miflar, afsonalar, qahramonlik eposlari hamda lirik she’r va qo’shiqlardir.
Tafakkur tarzining quyi darajasi sharoitida inson o’z atrofini o’rab turgan olam haqida 
real tasavvurga ega emas edi. Tabiat hodisalarining keskin o’zgarishi, hayvon, 
1
Геродот. Тарих . 204-215./ Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида.- Тошкент: “Юрист-Медиа маркази”, 
2008.- 64-69-бетлар.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə