Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
7
Kitob turkiy xalqlar adabiyoti kursi uchun tuzilgan bo’lib, bu kurs respublikamizning 
pedagogika institutlari va universitetlarida filologiya mutaxassisligi bo’yicha bakalavr 
darajasini oluvchi talabalarga o’qitiladi. Kursni o’qitishdan maqsad turkiy xalqlar adabiyoti 
tarixining eng qadimgi davr yodgorliklari, xalq og’zaki poetik ijodidan to bugungi kunga 
qadar bo’lgan davrdagi adabiy jarayon, madaniy muhit hamda yozuvchi, shoir va 
dramaturglar hayoti va ijodi, ularning asarlarida olg’a surilgan g’oyalar bilan 
tanishtirishdir. Oliy ta’lim muassasalari uchun tuzilgan dasturda ko’rsatilganidek, turkiy 
xalqlar adabiyoti fanining maqsadi “badiiy adabiyot tarixi va adabiy-nazariy tafakkur 
tadrijining shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish, talabalarning 
adabiy-estetik tafakkurini, yuksaltirish, ilmiy mushohadaning vujudga kelishi 
ko‘nikmalarini hosil qilish, faol ijodkorlik ruhi va mas’uliyatini shakllantirishdan iborat. 
Shu ma’noda quyidagi vazifalar muhimdir: badiiyat namunalarini individual, milliy va 
umuminsoniy jihatlarini ilmiy tahlil qilish; turkiy xalqlar adabiyotining millat va jamiyat 
ravnaqidagi o‘rnini va ahamiyatini talabalarga tushuntirish; talabalarda badiiy adabiyotni 
tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish; badiiy asarni idrok qilish hamda uni filologik 
nuqtai nazaridan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish; adabiyot va inson o‘rtasidagi 
munosabatni badiiylik qonuniyatlari asosida rivojlantirishni; turkiy xalqlar adabiyotda 
yangi shakllanayotgan va ommalashayotgan adabiy hamda ilmiy metod va yo‘nalishlarni 
jamoatchilik fikriga tayangan holda taraqqiy ettirish; milliy va umuminsoniy adabiy-
nazariy an’analarni xalqning adabiy-estetik didini yuksaltirishdan iborat”.
Kitobda turkiy xalqlar adabiyoti dastlab xalq og’zaki ijodi shaklida paydo bo’lib, 
taraqqiy etgani bois har bir xalqning folklori, so’ng yozma adabiyotining tarixiy 
bosqichlari, adabiy tur va janrlar taraqqiyoti hamda ayrim yirik namoyandalarning hayoti 
va ijodi tahlil etildi, mashhur adiblar ijodidan namunalar berildi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə