Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
5
katta suv manbalari – daryo va anhorlar bo’yida yashab kelgani, tabiati, iqlimi g’oyat 
murakkab bo’lgan mintaqa sharoitining o’zi bir necha xalq va millatlarning ming yillar 
davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh bo’lib, bir-birining og’irini yengil qilib 
yashashini taqozo etganini ta’kidlagan edi. Turkiy xalqlarning tarqoq bo’lib yashashiga 
imkon yo’qligi, tabiatning o’zi, hayotning o’zi ularni shu ruhda tarbiyalaganligini aytib 
o’tadi: “Turmush va tafakkur tarzimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan mana shunday 
azaliy tushunchalar mintaqamizda yashab o’tgan ulug’ allomalar, mutafakkir zotlarning 
qoldirgan bebaho merosida ham o’zining yorqin ifodasini topgan. Misol uchun, Alisher 
Navoiy bobomiz bo’ladimi, Rudakiy, Abay, Maxtumquli yoki To’qtag’ul kabi ulug’ zotlar 
bo’ladimi, ularning barchasi o’z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig’idagi xalqlarni, balki 
butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, do’st-birodar bo’lib yashashga da’vat 
etgani bejiz emas, albatta. Otabobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon 
mintaqada qanday hamjihat bo’lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo’lsa, bugun 
ham, ta’bir joiz bo’lsa, tarix va hayot gardishi, tabiatning o’zi bizni – butun O’rta Osiyo 
xalqlarini aynan ana shunday do’stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat 
etmoqda”
1
.
Turkiy zamindagi adabiyot — xalqning orzu-umidlari, intilishlari – badiiy-estetik 
ideallarini ifodalovchi vosita sifatida maydonga kelgan. Bu adabiyot har xil adabiy tur va 
janrlarda taraqqiy topib bordi. She’riy va nasriy asarlar adabiyotning asosiy ko’rinishini 
tashkil etadi. Qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgan adabiyot va uning o’ziga xos 
taraqqiyotida to’plangan bilimlar yig’indisi fanning predmeti, bu bilim va tajribalarni 
kelajak avlodlarga yetkazish, o’rgatish fanning vazifasini belgilaydi. Turkiy xalqlar 
adabiyoti fani adabiyot tarixi yo’nalishidagi sohalardan biri hisoblanadi. Bu fan 
umumturkiy xalqlarning uzoq yillar, asrlar davomida yaratilgan adabiyotini o’z ichiga 
oladi. Fan sifatida har bir turkiy xalqning badiiy adabiyotini, uning tarixiy taraqqiyotini 
o’rganadi va o’rgatadi.
1
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 2008. – 9-10-b.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə