Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
9
I.V.Pyankov, N.G.Gorbunovalarning asarlari ham muhim manbadir
1
. Qadimgi turkiylar 
haqidagi ma’lumotlar Xitoy yozma manbalarida ham keltiriladi. «Tarixiy guvohliklar» 
(mil.av.I asr), «Ulug’ Xan xonadoni tarixi» (milodiy I asr), «Kichik Xan xonadoni tarixi» 
(milodiy V asr), «Vey xonadoni tarixi» (milodiy VI asr), «Shimoliy podshohliklar (Beyshi) 
tarixi» (milodiy VII asr) va boshqalar. Rus sharqshunoslari va turkologlarining ilmiy 
ishlari ham muayyan ahamiyatga ega
2
.
O’zbek olimlarining bu boradagi ilmiy ishlari ham salmoqli o’rinni egallaydi.
Tarixshunoslar B.Ahmedov, T.Saidqulov, adabiyotshunoslardan akademik A.Qayumov, 
B.To’xliev, N.Rahmonov, H.Boltaboevlarning asarlari diqqatga sazovordir
1
.
Turkiy qavmga mansub xalqlarning og’zaki va yozma adabiyoti ularning tarixi singari 
boy va qadimiydir. Turkiy tilda so’zlovchi xalqlar ana shu qadimiy boy adabiyot 
taraqqiyotiga o’zlarining muayyan hissalarini qo’shganlar. Ularning og’zaki badiiy 
ijodiyotida mushtarak jihatlar bo’lishi bilan birgalikda mazkur xalqlar folklorida o’ziga xos 
xususiyat kasb etuvchi janrlar ham mavjud. Masalan, latifalar, turli marosim va mehnat 
qo’shiqlari, maqollar va ertaklar turk, ozarbayjon, turkman, o’zbek xalq og’zaki ijodida 
ham keng tarqalgan. Turkiy xalqlar folkloridagi hajm jihatidan katta, badiiyat jihatidan 
o’ziga xos jozibaga ega bo’lgan dostonlar jahon xalqlari folklorida ham katta mavqega ega. 
“Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlarning usmonli turklarda, ozarbayjon, turkman va 
o’zbeklarda bir qancha variantlari uchraydi. “Alpomish”, “Manas”, “Dada Qo’rqut” kabi 
dostonlar haqida ham shuni aytish mumkin. “Oshiq G’arib”, “Qizjibek”, “Qo’blandi botir”, 
“Qirqqiz”, “Shahriyor” kabi qahramonlik dostonlari esa jahon adabiyotining o’lmas 
obidalari qatoridan munosib o’rin olgan. Bundan tashqari turkiy xalqlarning tarixiy 
taqdiri, hayot tarzi, qarashlari, ilm va madaniyati haqida zardushtiylikning muqaddas 
kitobi “Avesto” ko’plab ma’lumotlar beradi. Qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix” 
nomli kitobida Markaziy Osiyoning eng qadimgi xalqlari —ibtidoiy jamiyat sharoitida 
1
И.В.Пьянков. Средняя Азия в известиях античного историка Ктесия. - Душанбе, 1975; Н.Г.Горбунова 
Фергана по сведениям античных авторов. История и культура народов Средней Азии. - Л.,1976.
2
С.Е.Малов. Памятники древне-тюркской письменности.- М.,1951; Енисейская письменность тюрков. 
Текст и переводы. – М.-Л.1951; А.Сагдуллаев. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. -Т.,1996;



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə