Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

Turkiy xalqlar adabiyoti 
11
hashorotlarning hujumi va ulardan himoyalanishga urinish qadimgi insonning mifologik 
olamini shakllantirdi. Miflar ilk obrazli tafakkurning mahsuli sifatida yaratildi. Tabiat va 
koinot sirlariga qiziqish, atrof, olam ajoyibotlarini tushunishga urinish asnosida turkiy 
miflar maydonga kelgan. Garchi miflar badiiy adabiyot namunasi bo’la olmasa-da, 
keyinchalik yaratilgan badiiy asarlar uchun asos vazifasini bajargan.
N.A.Kunning aniqlashicha, “Antik madaniyatning barcha Yevropa xalqlari taraqqiyotiga 
ko’rsatgan ta’siri mutlaqo shak-shubhasizdir. Shuni e’tirof etish kerakki, mo’jazgina grek 
xalqining miflari umumbashariy madaniyat asosini tashkil etgan holda ohanrabo qudratiga 
molik bo’lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga juda chuqur kirib 
borgandir. Badiiy adabiyotda kuchli inson Gerkules (greklarda Gerakl)ga, jasur va 
barqaror ayol amazonkaga o’xshatiladi”
1
. Olimning qayd etishicha, rassomlar, shoirlar va 
haykaltaroshlarni dastavval mifik timsollarning teranligi va badiiyligi jalb etadi. 
Odamlarga ta’sir etadigan o’sha kuch-qudrat izohi faqat yunon mifologiyasida 
mujassamdir deyish tamoman o’rinli emas. Chunki mifologiya qadimgilarning yerda 
hayotning paydo bo’lishini, tabiatdagi stixiyali hodisalarning yuz berishi sabablarini 
tushuntirishga bo’lgan urinishi sifatida, inson o’z atrof-muhitidagi o’rnini aniqlashga ojiz 
bo’lgan davrda paydo bo’lgan edi
2
.
Miflarda ajdodlarimizning borliq haqidagi tasavvurlari, ilohiy kuchlar to’g’risidagi 
inonch-e’tiqodlari mujassamlashgan. Tarixiy taraqqiyot tufayli inson ongi shakllana 
borgach, yovuz va ezgu kuchlar haqidagi tasavvurlar o’zgarib, ayrim inonchlar yo’qolib 
borgan, biroq batamom yo’qolib ketmagan. Xalq ertaklari, dostonlarida qadimgi miflar
inonchlarning izi saqlanib qolgan. Qadimgi turkiylar zaminida turli dinlar hukm surgan. 
“Turk xoqonligida yashagan xalqlarning diniy e’tiqodi, tasavvurlari ham turlicha bo’lgan, 
ko’p xudolilik xukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va yer jismlari - quyosh, oy, 
yer-suv, hayvonlar va boshqa narsalarga sig’inishni keltirib chiqargan. Osmon xudosi 
1
Н. А. Кун. Қадимги юнон афсона ва ривоятлари. (Рус тилидан Пошали Усмон ва Фазлиддин Шукур 
таржимаси.) - Самарқанд, “Зарафшон” наш-ти, 2005. - 3-бет.
2
Абсамиев Ҳ. Туркий халқлар адабиёти. – Самарқанд, 2004.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə