Oʻzbekiston yoshlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə1/3
tarix20.05.2022
ölçüsü23,32 Kb.
#87417
  1   2   3
maola


Oʻzbekiston yoshlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi
Mamlakatimiz mustaqillikdan to hozirgi davrgacha boʻlgan qisqa 28 yilllik yoʻlni bosib kelish bilan birgalikda buyuk marralarni ham zabt etdi. Buning natijasida Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oʻz mavqeyi, obroʻsiga ega boʻldi. Lekin, bu erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, yangi yutuqlar sari intilish, mamlakatimizni yanada rivojlantirish, uning mustaqilligini yanada mustahkamlash, fuqrolarimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlash yoʻlida yonib, intilib yashash eng muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov ma’ruzalarining birida bu haqida quyidagicha fikr bildiradi: “Bu yoʻlda biz duch kelishimiz mumkin boʻlgan shunday bir xavf borki, u ham boʻlsa, avvalambor, erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlib, xotirjamlik kayfiyatiga berilish, real voqelikdan uzilib qolish xavfidir”.
Bugungi kunda ma’lum hududlarda, xususan, qoʻshni Afgʻoniston hududida boʻlayotgan qirgʻin barotlardan xulosa chiqargan holda shu aziz ona zaminimizni har qanday tashqi kuchlardan asrashga tayyor turishimiz, tinch va osuda hayotimizning qadriga yetib yashashimiz kerakligini koʻrsatib turibdi. Fuqarolarni, ayniqsa yoshlar va voyaga yetmaganlarni turli yot gʻoyalar, oqimlar va qoʻshtirnoq ichidagi tuban “Ommaviy madaniy xuruj”lar hamda eng xavfli boʻlgan diniy-ekstrimistik gʻoyalardan asrash oʻta muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu boisdan yot gʻoyalarga, buzgʻunchilik gʻoyalariga qarshi turish, jamiyatda, yoshlar ongida unga qarshi kuchli immunitetni hosil qilish asosiy vazifalardan biri boʻlib kelmoqda. Bilamizki, jamiyat hayotida yetuk, barkamol farzandlarni voyaga yetkazishda tarbiya, muhit eng muhim omillardan hisoblanadi, demak, biz, tarbiyani, madaniyatni, ma’rifatni kelajak avlod onggiga singdirishni qaysidir ma’noda poydevordan – oiladan boshlashimiz kerak. Axir dono xalqimizda ham bejizga “Ma’naviyat oiladan boshlanadi”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” deb aytilmaydi. Buning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maruzalaridan birida soʻzlagan nutqini misol qilib keltirishimiz mumkin: “diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha mahalla maslahatchilari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar va huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli xodimlari uchun malaka oshirish oʻquvlarini tashkil etish kerak. Bu oʻquvlarda ularni diniy ekstremistik va terrorchi guruhlarning ish usuli, gʻarazli gʻoya va maqsadlari bilan tanishtirib borish zarur. Adashgan shaxslar bilan ishlaydigan mutaxassis, u mahalla maslahatchisi, imom-xatib yoki profilaktika inspektori boʻladimi, avvalo buzgʻunchi kuchlar qanday gʻoyalarni ilgari surayotganini bilishi kerak. Aks holda u ana shu gʻoyalar xato ekani, dinu-diyonatimiz, elu-yurtimiz manfaatlariga zid kelishini tushuntirib berolmaydi. Bunday holatda qanday qilib adashgan kimsani toʻgʻri yoʻlga ishontirish mumkin?". Shunday ekan, kelinglar, bu kabi buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitetni paydo qilishni, oshirishni inson goʻdakligi paytidan, bolaligi paytidan boshlaylik!
Hammamizga ma’lum, hozirgi tez rivojlanib borayotgan davrda jamiyat, davlat yoki ma’lum bir xalqning tinchligini buzish uchun reaktiv raketa yoki qandaydir qiruvchi qurollar shart emas, shunchaki oʻsha xalqning ma’naviyatini, onggini ularga yot boʻlgan notoʻgʻri, gʻarazli va albatta ularning koʻziga chiroyli boʻlib koʻrinadigan gʻoyalar bilan zaxarlash oʻzi yetarli boʻlmoqda. Diniy-ekstrimistik oqimlar, aqidaparastlik, ma’naviy hujumlar bularining yaqqol dalilidir. Bunday yoʻllarda adashib yurishning asosiy sababi nimada, albatta, bilimsizlik, mustaqil fikrga ega emaslik, atrof-muhit va notoʻgʻri tarbiyadir. Bunga qarshi javob tariqasida biz yoshlar berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda foydali bilimlarni oʻzlashtirishimiz, oʻzimizda yuqoridagi kabi salbiy illatlarga qarshi shaxsiy va sogʻlom fikrga ega boʻlishimiz, kuchli immunitet hosil qilishimiz va bu kabi gʻoyalarga qarshi biz yoshlar birlashib oʻz javobimizni ayta bilishimiz kerak.
Yuqorida takidlangan illatlar hozirgi davrda sodir boʻlib turibdi, lekin tarixga nazar solsak bunday qarashlar bundan bir necha asrlar oldin ham begona tushuncha boʻlmagan ekan. Ushbu vayronkor goyalardan ba’zilarini koʻrib oʻtsak. XX asrning boshlarida mustabid gʻoya va mafkuraning Fashizm – irqiy dunyoqarash shakli yuzaga keldi. Italiyada 1910-yildan “Milliy gʻoya” deb nomlangan millatchilikni targʻib etuvchi jurnal chiqa boshlagan edi. Italiyada sobiq sotsiolist – Mussolini fashistik harakatning asoschisi buldi. Germaniyada milliy sotsiolistik partiya tuzgan Gitler fashizmni tamal toshini quydi. Nemis millati “oliy irq” shu sabab olamga hukmronlik qilishga haqli degan jirkanch fikrni ilgari surdi. Davlatimiz birinchi prezidenti I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” degan asarida “Oʻz gʻoyang boʻlmasa, sening yurtingda chet gʻoya kelib hukmronlik qiladi” deb bejiz ta’kidlamagan va biz buni oʻtgan asrda sobiq shuro hukumati tomonidan qilingan siyosat orqali guvohi boʻldik. Gʻoyaviy ojizlik, mafkuraviy zaiflik butun bir davlatning qudratiga putur yetkazishi, jamiyat taraqqiyotini orqaga burib yuborishi mumkin. Darvoqe, bugungi kundagi barcha buzgʻunchi gʻoyalar zamirida qaysidir ma’noda shu kabi fikrlar yotadi.
Sovet mafkurasi tizimi butkul yemirilgach, yuzaga kelgan sharoitda jamiyatimizda badnom boʻlgan kommunistik mafkuraning oʻrnini bosadigan muqobil mafkura yoʻq edi. Oʻziga xos boʻshliq-vakuum paydo boʻldi. Oʻtish davridagi ehtiroslar va ziddiyatlar qiynogʻida qolgan yosh respublikamiz boʻshab qolgan mafkuraviy makonni toʻldirishga tayyor emasligi ma’lum boʻldi. Birinchi yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham boʻshliq boʻlmaydi. Qayerdadir paydo boʻldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir toʻldirishga harakat qiladi”. Va shunday boʻshliqlarning koʻpchilik qismini bilim, saviya, yuksalish emas, balki, oʻsha davrda avj olgan aqidaparastlik, diniy-ekstrimizm, terrorizm egallay boshladi. Ammo marhum birinchi prezidentimizning oqilona siyosatlari, aqlli, saviyali jonkuyarlarning borligi bunday boʻshliqdan chiqib ketishga katta zamin yaratdi. “Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy boʻshliqqa yoʻl qoʻymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy gʻoyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, butun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir boʻlishimiz shart” degan fikrlar olgʻa surildi.
Faktlarga tayangan holda fikr yuritadigan boʻlsak, bugungi kunda dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud boʻlib, ulrning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “Al-Qoida”, “Musulmon birodarlar” “Hizbut-tahrir”, “al-Jihod al-Islomiy” kabi tashkilotlarni kiritish mumkin. Darhaqiqat, bunday tashkilotlar rahbarlarining asosiy maqsadi moʻmaygina pul ishlashdan boshqa narsa emas va ular bu yoʻlda asosiy qurol deb yoshlarni bilishadi. Afsuski shunday yoshlarning ba’zi qismini Oʻzbekiston fuqorolari boʻlgan yoshlar tashkil qilmoqda. Sababi yoshlar misoli yosh nihol va nur, quyosh qaysi tarafdan taralsa shu tarafga qarab talpinadi. Bunda asosan nur vazifasini enternet tashkil qilmoqda. Aslida bunga enternet emas, balki, insonlarning oʻzlari qaysidir ma’noda aybdordirlar. Chunki, “net etiquette” ya’ni enternetdan foydalanish madaniyatining ba’zi insonlarda mavjud emasligi, bilimsizlik buning asosiy sababchilaridan biri boʻlib qolmoqda. Tabobatdan ma’lumki, “kasalni davolagandan uning oldini olgan yaxshiroq” degan iborani koʻp eshtganmiz. Shuning uchun ham odamning bolalik chogʻidayoq “emlash” ishlari olib boriladi. Huddi shunday insonlarga bolalik chogʻidanoq ma’naviy emlash ishlari olib borilishi kerak va shunday vaksinalarning bir qancha turlari mavjud:
Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə