Adabiy til va uning me’yorlari. Reja: Imlo me'yorlari. Talaffuz me'yorlari



Yüklə 23,91 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü23,91 Kb.
#160325
  1   2   3   4   5   6
2-mavzu Adabiy til va uning me\'yorlari


Adabiy til va uning me’yorlari.
Reja:
1. Imlo me'yorlari.
2. Talaffuz me'yorlari.
3.Grammatik me'yorlar .
4. So‘z tanlash va qo‘llash me'yorlari.
5. Uslubiy me'yorlar
Adabiy til- muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlashtirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. Adabiy tilning ikki — ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi. Rivojlangan adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Adabiy til haqida gap borganda avvalo adabiy til – xalq tilining, milliy tilning oliy shakli deyilgan ta`rifga duch kelamiz. Adabiy tilning oliy shakli bu tilning o‘ziga xosligida, uning o‘z belgilari va vazifalarida ko‘rinadi. Adabiy til xalq tili negizida yuzaga keladi. Adabiy tilning paydo bo‘lishi va uni yaratishdan maqsad umumxalq ommaviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tildan rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy-siyosiy sohalar tili, rasmiy muomala va yozishmalar tili, idoraviy ishlar va hujjatlar tili, diplomatik aloqalar tili, radio va televideniya tili, og‘zaki targ‘ibot va tashviqot tili, ilmiy uslublar tili, badiiy adabiyot va sahna tili, maorif, madaniyat tili kabi ko‘p yo‘nalishlarda rivoj topishi uchun yo‘l ochadi.
Adabiy til ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-madaniy hayotning barcha sohalarida aloqa quroli darajasiga ko‘tariladi. Bu hol adabiy tilni madaniyat va sivilizatsiyaning vositachisiga, bunga doir tushuncha va tasavvurlarni ifodalovchi, o‘zida saqlovchi va keyingi nasllarga yetkazuvchi qurolga aylantiradi.
IMLO ME’YORLARI
Imlo me'yorlari , ya'ni to‘g‘ri yozish me'yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi . Imlo me'yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi . Bu me'yorlarning amal qilishi maxsus imlo.3 qoidalari bilan tasdiqlanadi . Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi yozuv me'yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 - yil 24 - avgustda tasdiqlangan « O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari » ga tayanadi . Unga harflar imlosi , o‘zak va qo‘shimchalar imlosi , bo‘g‘in ko‘chirish , so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan . Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir .
- i unlisi bilan tugagan fe'llarga qo‘shilgan - v , - q qo‘shim chalari i unlisini u ga aylantiradi . Masalan : sovi >sovuq , to`qi > to‘quvchi , o‘qi o‘quv . Lekin og‘riq , iliq , qaviq so‘zlarining o‘zagidagi i oʻzgarmaydi .

Yüklə 23,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə