Turkiy xalqlar adabiyoti 1 dildoraxon abdullaeva



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/126
tarix20.06.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#89803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Dildoraxon abdullaeva turkiy xalqlar adabiy

 
 
 


Turkiy xalqlar adabiyoti 
4
 
 
SO’ZBOSHI 
Insoniyat tarixi taraqqiyotida qadimgi turkiylarning muhim o’rin tutganliklari, jahon 
tsivilizatsiyasiga munosib hissa qo’shganliklari tarixshunoslar tomonidan e’tirof etilgan. 
Eramizdan avvalgi asrlarda sak, massaget qabilalari Turon zaminda yashagan bo’lsalar, VI 
asr oxirlarida turk hoqonligi chegaralari Vizantiya, Eron, Hindiston va Xitoygacha borib 
yetgan
1
. Bu hududlarda yashagan turkiy xalqlar qadimdan o’zining tarixi, madaniyati, tili, 
yozuvi, san’ati va adabiyotiga ega bo’lganlar. Turkiy qavmga mansub xalqlarning tarixiy 
ildizlari bir, tili, dini, urf-odat va an’analari, qadriyatlari mushtarak bo’lib, davrlar o’tishi 
bilan ayrim o’ziga xosliklar paydo bo’lgan. Qadimdan yonma-yon yashagan turkiy 
xalqlarning adabiyoti ham o’zaro ta’sir va adabiy aloqalar natijasida taraqqiy etgan. Turkiy 
qavmga mansub ayrim xalqlar milliy o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanishi asnosida 
boshqa turkiy xalqlar bilan ham o’zaro aloqa va munosabatda bo’lgan hamda 
adabiyotlarining rivojida bir-birini boyitgan. Bu xalqlar adabiyotini alohida va 
qiyosiytipologik o’rganish umumturkiy adabiyot masalalarini hal etishda ahamiyat kasb 
etadi.
Dunyodagi har bir xalqning o’ziga xos betakror tarixi, madaniyati, adabiyoti bor. 
Muayyan xalqning tarixi shunchaki kechmish, voqea-hodisalardangina iborat bo’lmaydi, 
balki shu voqea-hodisalar ro’y bergan vaqtda bunyod etilgan madaniyat, san’at va 
adabiyotdan ham tarkib topadi. Har bir xalq, millat yaratgan madaniyat, san’at va adabiyot 
shu xalqning milliy merosi va boyligi sanaladi hamda shu xalqning nomi bilan ataladi, biror 
turkiy xalq tomonidan yaratilgan meros o’z navbatida barcha turkiy xalqlarning 
umummadaniy merosi hisoblanadi.
Sharq xalqlariga, shuningdek, yurtimizning tarixiy-ijtimoiy zaminiga alohida e’tibor 
qaratar ekan, Prezidentimiz I.A.Karimov, O’rta Osiyo hududidagi aholi azaldan vodiylarda, 
1
Гумилев Л.Н. Қадимги турклар. –Тошкент: “Фан”, 2007.- 9-бет.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə