5-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI
Ushbu mavzu bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan boshlanib, uning
asosiy belgilari, sub’yektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o‘rin ajratiladi. Bozor
iqtisodiyotining
doimiy va asosiy muammolari, bunday iqtisodiyotning afzalliklari va
ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin beriladi.
Mavzu bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda
elementlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.
5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib,
shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina
mamlakatlarda
hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki,
uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari
saqlanib qoldi.
O‘tgan mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va ijtimoiy mehnat
taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy
sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini
taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar
ishlab
chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab
chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.
Bozor iqtisodiyoti-bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-
qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot
erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi
harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida bozor
iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi sub’yektlari iqtisodiy
hatti-harakatlarining erkin, mustaqil
ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib
muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning
hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda
iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’yektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’yektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham,
pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda,
bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub’yektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari,
korxonalar, tadbirkorlik sektori va davlat.
Uy xo‘jaliklari-iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik.
Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarida yaratilgan
tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda
ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan
olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori-bu daromad, foyda olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning
birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga
solishni
taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish
uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat-foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini
amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida,
mustaqil sub’yekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi [1, 2, 3].
Bank-iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga
soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan
iborat bo‘ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun
turishi;
-
tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-
raqobat kurashning mavjudligi;
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
-
korxona
va
firmalarning
ichki
va
tashqi
shart-sharoitlar
o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish zarur. Birinchisi klassik
yoki sof
bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan
mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. Uning asosiy belgilari: Xususiy
mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; kapital va ishlab chiqarishning
korxona
miqyosida umumlashganligi; tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
iqtisodiyotning
talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi;
aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining
kuchayishi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX
asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
-
mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk
shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
-
kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik
monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
-
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika
taraqqiyoti va
boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini
aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini
belgilash vazifalarini bajaradi;
-
xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing
tizimi orqali boshqarish);
-
ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli
turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta fondlarining vujudga kelishi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga
asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi
ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari
farqlanadi (5.1-rasm).