6-mashg‘uIot. Baliqlar (Pisces) katta sinfi. Tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi vakili Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishi. Ob’ektning sistematik holati Tip. Xordalilar — Chordata Kenja tip



Yüklə 277 Kb.
səhifə1/5
tarix21.06.2022
ölçüsü277 Kb.
#89852
  1   2   3   4   5
6-lab zoo


6-mashg‘uIot. Baliqlar (Pisces) katta sinfi. Tog‘ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfi vakili Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishi.
Ob’ektning sistematik holati
Tip. Xordalilar — Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar — Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar — Craniata
Bo'lim. Jag'og'izlilar — Gnathostomata
Katta sinf. Baliqlar — Pisces
Sinf Tog'ayli baliqlar — Chondrichthyes
Kenja sinf. Plastinka jabralilar — Elasmobranchii
Turkum. Akulalar — Selachoidei
Vakil. Tikanli akula — Squalus acanthias L.


Kerakli materiallar va jihozlar: akulaning spirt yoki formalinda flksatsiyalangan bosh skeleti (miya qutisi, yuz skeleti); yelka kamari ko‘krak suzgich qanoti bilan, chanoq kamari qorin suzgich qanoti bilan, dum suzgichi; umurtqa pog'onasining bo1 у lama kesimi (tana va dum bo'limlaridan bir necha umurtqasi). Tana va dum qismi umurtqalarining ko'ndalang kesimi; akulaning to'liq skeleti; vannacha, pinset, preparoval ninalar; akulaning to'liq skeleti, bosh skeleti, tana va dum umurtqalari, ko'krak va chanoq kamarlari bilan suzgich qanotlari skeletlari aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mashg'ulotning maqsadi: tikanli akula misolida tog'ayli baliqlar sinii vakillarining skeletini o'rganish.
I shning mazmuni: tog'ayli baliqlarning skeleti tog'ay to'qimadan hosil bo'lgan va u quyidagi bo'limlarga bo'linadi: o'q skeleti (umurtqa pog'onasi), bosh skeleti, juft suzgich qanotlari va ulaming kamarlari skeleti hamda toq suzgich qanotlari skeleti

20-rasm. Akula skeletining sxemasi:
1-umurtqalari, 2-umurtqalarining ustki yoylari, 3-umurtqalarining pastki yoylari. 4-qovurg‘alari, 5-miva qutisi, 6-hidlov kapsulasi, 7-eshituv kapsulasi, 8-jabra yoyi, 9-til osti yoyi, 10-tanglay-kvadrat tog'ayi, 11-mekkel tog‘ayi, 12-radialivalar, 13-yelka kamari, 14-chanoq kamari, 15-bazaliyalar.
O'q skeleti bir qancha tog'ay umurtqalarning bir-biri bilan harakatchan birikishidan hosil bo'lgan umurtqa pog‘onasidan iborat. Xorda deyarli reduksiyalangan. Umurtqa pog'onasi tana va dum umurtqalariga boiinadi (21-rasm).




Yüklə 277 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə