Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
 
NAZORAT SAVOLLARI 
 
1. Neft va gazni qayta ishlash sanoatida absorbsiya jarayonidan qanday 
maqsadlar uchun foydalaniladi? 
2. Absorbsiya jarayonining mohiyatini qanday ifoda qilish mumkin va 
ushbu jarayon necha turga bo‘linadi? 
3. Absorbsiya jarayonining moddiy balansi qanday qilib tuziladi? 
Absorbentning solishtirma va minimal sarflari qanday topiladi? 
4. Absorbsiya jarayonining tezligi qaysi tenglama orqali ifodalanadi? 
 


20 
Ma’ruza №2. Modda almashinish jihozlari konstruksiyalari 
Reja: 
 
1.
Kontakt qurilmalarini konstruksiyalari va asosiy parametrlari. 
2.
Modda almashinish apparatlari konstruksiyalari. 
3.
Kontakli tarelkali, qalpoqchali tarelkalar. 
4.
Kolonnali apparatlarni hisoblash. 
Tayanch so’z va iboralar: 
Uskunalarni sinflash, rektifikatsion 
kolonnalar, absorbsion kolonnalar, tarelkali kolonnalar, plyonkali kolonnalar, 
suyuqlikni sochib beruvchi kolonnalar, mavhum qaynash qatlamli kolonnalar, 
kontakt moslamalari, g‘alvirsimon, qalpoqchali, plastinali, S-simon elementli, 
tez harakat qiladigan oqimli tarelkalar, quyilish moslamalari, barbotaj, pufakli, 
ko‘pikli, ingichka oqimli va emulgatsion rejimlar, nasadkalarning turlari, 
nasadkalarning tasnifiy kattaliklari, kolonnali uskunalarni hisoblash, uskunaning 
o‘lchamlari, yutilgan komponentning miqdori, absorbentning sarfi, bug‘ 
fazasining sarfi, tarelkali uskunalarning gidravlik qarshiligi, nasadkali 
uskunalarning gidravlik qarshiligi.
Rektifikatsiya va absorbsiya jarayonlarida bug‘ (gaz) va suyuqlik 
oqimlarining kontaktini amalga oshirish uchun turli tuzilishga ega bo‘lgan 
uskunalar ishlatiladi, ularning ichida kolonna rusumidagi vertikal uskunalar eng 
ko‘p tarqalgan. Ushbu rusumdagi uskunalar ishchi bosim, texnologik vazifasi va 
kontakt moslamalarining rusumiga qarab sinflanadi. 
Ishchi bosimning miqdoriga ko‘ra kolonnali uskunalar atmosfera 
bosimida, vakuum ostida va bosim ta’sirida ishlaydigan uskunalarga bo‘linadi. 
Texnologik vazifasiga binoan kolonnali uskunalar quyidagi turlarga 
bo‘linadi: neft va mazutni atmosfera bosimida va atmosfera bosimi – vakuum 
ta’sirida ajratishga mo‘ljallangan qurilmalarning kolonnalari; benzinlarni 
ikkilamchi 
haydash 
qurilmalarining 
kolonnalari; 
katalitik 
kreking 
qurilmalarining kolonnalari; gazlarni ajratish qurilma-larining kolonnalari; 
moylarni 
deparafinizatsiya 
qilishda erituvchilarni 
regeneratsiyalaydigan 
qurilmalarning kolonnalari va boshqalar. 
Ichki kontakt moslamalarining rusumiga ko‘ra kolonnali uskunalar to‘rtta 
turga bo‘linadi: tarelkali, nasadkali, plyonkali va suyuqlikni sochib beruvchi 
uskunalar. Кontakt moslamalarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
ajraladigan aralashmalarning xossalari; uskunadagi ishchi bosim; bug‘ (gaz) va 
suyuqlikning sarflari va hokazo. 
Neft va gazni qayta ishlash sanoatida asosan tarelkali va nasadkali 
kolonnalar ishlatiladi. 
Tarelkali kolonnaning ichki qismiga uning balandligi bo‘ylab bir xil 
oraliqda bir necha gorizontal to‘siqlar, ya’ni tarelkalar o‘rnatiladi. Tarelkalar 
orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashib, ularning harakati 
boshqariladi. Gazlarning suyuqlikdan o‘tishi va natijada tomchi hamda 
ko‘piklarning hosil bo‘lishi barbotaj deyiladi. 


21 
Sanoatda konstruktiv tuzilishi turlicha bo‘lgan tarelkalar ishlatiladi. 
Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab tarelkali 
kolonnalar quyilish moslamasi bor va quyilish moslamasi yo‘q bo‘ladi. 
Quyilish moslamasi bor tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan 
ikkinchi tarelkaga quyiluvchi quvur yoki maxsus moslama orqali o‘tadi. Bunda 
quvurning pastki qismi pastki tarelkadagi stakanga tushirilgan bo‘lib, gidravlik 
zatvor vazifasini bajaradi, ya’ni bir tarel-kadan ikkinchi tarelkaga faqat 
suyuqlikni o‘tkazib gazni o‘tkazmaydi. 1-rasmda quyilish moslamasi bor 
tarelkali absorberning sxemasi
1-rasm.
Quyilish moslamasi bo‘lgan tarelkali kolonna: 
1–g‘alvirsimon tarelka; 2–quyilish quvuri. 
ko‘rsatilgan. Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi tarelkaga berilib, 
bu suyuqlik tarelkadan tarelkalarga maxsus moslama orqali o‘tib, kolonnaning 
pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi 
tarelkalarning teshikchalaridan pufakchalar holida taqsimlanib, tarelkalardagi 
suyuqlik qatlamida ko‘pik hosil qilib yuqoriga harakat qiladi. Tarelkada hosil 
bo‘lgan gaz ko‘piklari modda va issiqlik almashinish jarayonining asosiy 
qismini tashkil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning yuqorigi qismidan 
chiqadi. Quyilish quvurlari shunday joylashtiriladiki, bunda qo‘shni tarelkadagi 
suyuqlik qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. 
Quyilish moslamasi bor kolonnalarda elaksimon, qalpoqchali, S – simon 
elementli, klapanli, kapsulali, plastinali, tez harakat qiladigan oqimli va boshqa 
turdagi tarelkalar o‘rnatiladi. Bunday tarelkalarda suyuqlik oqimi harakatini 
tashkil etishda quyidagi usullar ishlatiladi: bir oqimli, ikki oqimli, uch oqimli, 
to‘rt oqimli, halqasimon harakat, tutash tarelkalarda bir tomonga yo‘nalgan 
harakat, pog‘onalar bo‘ylab harakat, o‘roqsimon quyilish to‘sig‘i orqali harakat 
(2-rasm). Turli xildagi quyilish moslamasi bo‘lgan tarelkalarning samarali 
Suyuqlik 
Gaz
Gaz
Suyuqlik




22 
ishlashi gidrodinamik harakat rejimiga bog‘liq. Gazlarning tezligi va 
suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch xil: 
pufakli, ko‘pikli, ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi. Bu rejimlar 
barbotaj qatlamining tarkibiga qarab bir-biridan farq qilishi bilan birga, kontakt 
yuzasining kattaligi, gidravlik qarshilik miqdori va balandligini aniqlaydi (3-
rasm). Ushbu rasmda quyilish moslamasi bor tarelkaning gidravlik qarshiligi 
bilan kolonnadagi gaz oqimi tezligining o‘zaro bog‘lanishi ko‘rsatilgan. 
Gazning tezligi kichik bo‘lganda, u suyuqlik qatlamidan alohida 
pufakchalar holida o‘tadi. Bu tarelkalardagi gaz bilan suyuqlikning kontakt 
yuzasi kichik bo‘ladi. Bunday holat pufakli rejimni tashkil etadi. 
2-rasm.
Quyilish moslamasi bo‘lgan tarelkalarning ustida suyuqlik oqimining sxemalari: 
a–bir oqimli; b–ikki oqimli; d–uch oqimli; e–to‘rt oqimli; f–halqa bo‘ylab harakat; g–tutash 
tarelkalarda bir tomonga yo‘nalgan harakat; h,i–pog‘onasimon harakat; j–o‘roqsimon quyilish 
to‘sig‘i orqali harakat. 
3-rasm.
Tarelkali absorberlarning gidrodinamik rejimlari: 
AB–quruq tarelkaning ishlash rejimi; A
1
V
1
–pufakli rejim; V
1
S
1
–ko‘pikli rejim; C
1
D
1

ingichka oqimli(injeksion) rejim. 
LgΔΡ 










23 
Gazning sarfi ortganda alohida pufakchalar bir-biri bilan birlashib, bir 
chiziqli oqim hosil qiladi. Кeyinchalik, gaz tezligining ortishi bilan, oqimda 
barbotaj qatlamining qarshiligi natijasida oqimning bir chiziqliligi buzilib, katta 
pufakchalar hosil bo‘ladi. Bu vaqtda tarelkada suyuqlik – gaz dispers sistemasi 
yoki ko‘piklar yuzaga keladi. Bu sistema beqaror bo‘lib, gazning berilishi 
to‘xtatilishi bilan ko‘piklar hosil bo‘lmaydi. Bu ko‘pikli rejimda gaz bilan 
suyuqlikning kontakti gaz pufakchalarining yoki gaz oqimlarining yuzasida, 
shuningdek, suyuqlik tomchilarining sirtida yuz beradi. Кo‘pikli rejimda 
ishlaydigan tarelkali absorberlarda gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi 
miqdori katta bo‘ladi. 
Gaz tezligi yana ham ko‘paytirilsa, gaz oqimlarining o‘lchami kattalashib, 
ular barbotaj qatlamidan chiqib ketadi, lekin sistema barqaror bo‘lib, bunda juda 
ko‘p miqdorda tomchilar hosil bo‘ladi. Ushbu holat ingichka oqimli rejimni 
tashkil etadi. Bu gidrodinamik rejimda fazalarning kontakt yuzasi birdan 
kamayib ketadi. 
Tarelkadagi bir rejim ikkinchisiga asta-sekin o‘tadi. Ammo barbotaj 
jarayonining tarelkalardagi gidrodinamik rejimlarining chegarasini umumiy 
hisoblash usullari ishlab chiqilmagan. Shuning uchun tarelkali uskunalarni 
loyihalashda kolonnaning pastki va yuqorigi qismidagi tarelkalarga to‘g‘ri 
keladigan gaz tezligi aniqlanadi, so‘ngra gazning ish tezligi tanlanadi. 
4-rasm.
Elaksimon tarelkali kolonna: 
a–kolonnaning tuzilishi; b–tarelkaning ishlash prinsipi; 1–qobiq;
2–tarelka; 3–quyilish quvuri, 4–stakan. 
4-rasmda elaksimon tarelkali kolonnaning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. 
Bu turdagi uskunalarda vertikal silindrsimon qobiq bo‘lib, uning ichiga 
gorizontal tarelkalar o‘rnatiladi. Tarelkalarning butun yuza qismi 2–8 mm li 
teshikchalardan iborat bo‘ladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga o‘tishi 
va tarelkadagi suyuqlik qatlamining balandligi quyi qismi stakanga o‘rnatilgan 
quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka teshiklaridan o‘tib, suyuqlik 
qatlamida pufakchalar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda kam bo‘lsa, bunda 
yuqorigi tarelkadagi suyuqlik teshiklar orqali quyi tarelkaga oqib tushib ketadi, 
Gaz 
Suyuqlik 



24 
natijada gaz bilan suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham 
kamayib ketadi. Shuning uchun berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning 
bosimi tarelkadagi suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bo‘lib, tarelkadan 
suyuqlikning oqib tushishiga yo‘l quymasligi kerak. Odatda g‘alvirsimon tarelka 
yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligi 25–30 mm bo‘ladi. 
Elaksimon tarelkaning tuzilishi sodda, montaj qilish, ta’mirlash va kuzatib 
turish oson, gidravlik qarshiligi juda kam. Elaksimon tarelkalar gazning tezligi 
katta intervalda o‘zgarganda ham barqaror ishlaydi. Bundan tashqari, bu 
tarelkalar gaz va suyuqlikning berilgan ma’lum qiymatlarida eng samarali 
ishlash qobiliyatiga ega. Elaksimon tarelkalarning teshiklari ifloslanadi va 
cho‘kindilar ta’sirida tez berkilib qoladi. Agar gazning tezligi yoki bosimi 
birdan kamayib ketsa yoki to‘xtatib quyilsa, tarelkalardagi suyuqlikning 
hammasi quyi tarelkalarga oqib tushadi va jarayonni davom ettirish uchun 
kolonna qaytadan to‘ldiriladi. 
Elaksimon tarelkali kolonnalarga nisbatan qalpoqchali tarelkali kolonnalar 
gaz aralashmalari iflos bo‘lganda ham uzoq muddatda barqaror ishlaydi. Gaz 
tarelkalarga patrubkalar orqali kirib, bir necha alohida oqim holida 
qalpoqchalarning teshigi bo‘ylab taqsimlanadi (5-rasm). Qalpoqchalarning 
teshiklari tishli bo‘ladi va ular uchburchakli to‘g‘ri burchak shaklida 
tayyorlanadi. Кeyin esa gaz quyish moslamasi orqali bir tarelkadan ikkinchi 
tarelkaga quyilayotgan suyuqlik qatlamidan o‘tadi. Suyuq qatlamlardagi harakat 
davomida ba’zi mayda oqimchalarning bir qismi bo‘linib ketadi, gaz esa 
suyuqlikda pufakchalar holida taqsimlanadi. Qalpoqchali tarelkalardagi gaz 
ko‘piklari va pufakchalarning hosil bo‘lishi samaradorligi gaz harakatining 
tezligiga va qalpoqchalarning suyuqlikka tushirilgan balandligining o‘lchamiga 
bog‘liq. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə