Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Rektifikatsiya prinsipi. 
Bir jinsli suyuq aralashmalarni komponentlarga 
to‘la ajratish faqat rektifikatsiya usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Rektifikatsiya jarayonining mohiyatini t–x–u diagrammasi orqali tushuntirish 
mumkin (4-rasm). Кonsentrasiyasi x
1
bo‘lgan dastlabki aralashma qaynash 
harorati t
1
gacha isitilganda, suyuqlik bilan muvozanatda bo‘lgan bug‘ning 
holati aniqlanadi (b nuqta). Bu bug‘ kondensatsiya qilinganda konsentratsiyasi 
x
2
ga teng
 
4-rasm.
Binar aralashmalarni rektifikatsiya usuli bilan ajratishning diagrammada tasvirlanishi. 
bo‘lgan suyuqlik hosil bo‘ladi (x
2
>x
1
). Demak, suyuqlik yengil uchuvchan 
komponent bilan birmuncha to‘yingan bo‘ladi. Bu suyuqlik ham qaynash 
harorati t
2
gacha isitilganda bug‘ hosil bo‘ladi (d nuqta), bug‘ 
kondensatsiyalanganda x
3
tarkibli suyuqlik olinadi (x
3
>x
2
). Shu yo‘sinda birin-
Suv bug‘i 
Issiqlik 
tashuvchi 
Suv 





36 
ketin bir necha marta suyuqlikni bug‘latish va bug‘ni kondensatsiyalash 
jarayonlarini o‘tkazish orqali tayyor mahsulot-distillyat olish mumkin. Distillyat 
asosan yengil uchuvchan komponentdan tashkil topgan bo‘ladi. 
Diagrammadagi yuqorigi egri chiziq bug‘ fazasining tarkibini belgilaydi
pastki egri chiziq esa qaynash haroratlarini ifodalaydi. Bu diagramma yordamida 
birin-ketin bir necha marta kondensatsiyalash va bug‘latish jarayonlarini 
o‘tkazish orqali tarkibi asosan qiyin uchuvchan komponentdan tashkil topgan 
qoldiq suyuqlik olish mumkin. Кo‘p marta bug‘latish jarayonini ko‘p pog‘onali 
qurilmalarda olib borish mumkin. Biroq bunday qurilmalar qator kamchiliklarga 
ega: o‘lchami katta, yuqori konsentratsiyali moddalar (distillyat yoki qoldiq) 
ning chiqishi kam, atrof-muhitga ko‘p miqdorda issiqlik yo‘qoladi. 
Suyuq aralashmalarni birmuncha ixcham bo‘lgan rektifikatsion 
kolonnalarda to‘la holda komponentlarga ajratish ancha tejamlidir. 
Rektifikatsiya jarayoni davriy va uzlyuksiz ravishda, bosimning turli 
qiymatlarida (atmosfera bosimi ostida, vakuumda, atmosferada bosimdan yuqori 
bosimda) olib boriladi. Yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning 
aralashmalarini ajratishda vakuum ishlatish maqsadga muvofiqdir. Normal 
haroratlarda gaz holatida bo‘lgan aralashmalar ajratilganda atmosfera bosimdan 
yuqori bo‘lgan bosim ostida ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə