Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
 
 
 
КOLONNALI USКUNALARNI HISOBLASH 
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladigan rektifikatsion va 
absorbsion kolonnalarda turli rusumdagi tarelkalar (qalpoqchali, klapanli, 
elaksimon, tez harakat qiladigan oqimli, S-simon elementli, nasadkali va 
boshqalar) ishlatiladi. 
Rektifikatsion kolonnalar (absorberlardan farqli) qo‘shimcha issiqlik 
almashinish uskunalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, 
kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan bo‘ladi. Energetik xarajatlarni 
kamaytirish uchun quyidagi ishlar qilingan bo‘lishi kerak: 1) rektifikatsion 
kolonnalarni yaxshi issiqlik izolatsiyasi bilan qoplash; 2) jarayonni maqbul 
(ya’ni optimal) flegma soni bilan olib borish; 3) ikkilamchi issiqlik oqimlaridan 
ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish; 4) mumkin bo‘lgan 
sharoitda uskunaning kubida suyuqlikni bug‘latish uchun o‘tkir bug‘ni ishlatish; 
5) issiqlik nasosini qo‘llash; 6) ayrim sharoitlarda, masalan azeotrop 
aralashmalarini rektifikatsiyalash paytida, har xil bosim bilan ishlaydigan ikki 
(yoki ko‘p) kolonnali qurilmalardan foydalanish. 
LgΔΡ 
LgW 


28 
Rektifikatsion kolonnalarni hisoblash ham bir xil rusumdagi absorbsion 
uskunalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki 
kolonna alohida hisoblanadi, so‘ngra rektifikatsion uskunaning umumiy ish 
balandligi aniqlanadi. 
Misol tariqasida tarelkali va nasadkali absorberlarni hisoblashni ko‘rib 
chiqamiz. Absorberlarni hisoblashda quyidagi kattaliklar berilgan bo‘ladi: 
gazning sarfi G, gazdagi tegishli komponentning boshlang‘ich Y
b
va oxirgi Y
0
konsentratsiyalari, 
tegishli 
komponentning 
suyuqlikdagi 
boshlang‘ich 
konsentratsiyasi X
b
. Quyidagi qiymatlar esa aniqlanishi kerak: absorbentning 
sarfi L, absorberning diametri D
a
va balandligi H, uskunaning gidravlik 
qarshiligi ΔP. 
Absorberlarni hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi. 
1.
Y–X diagrammasida muvozanat bog‘liqligi Y* = f (X) chizilib, 

0
X
ning qiymati aniqlanadi. Fazalarning muvozanat holatidagi tarkiblari maxsus 
adabiyotlarda berilgan bo‘ladi. 
2.
Absorbentning sarfi L topiladi, buning uchun avvalo, uning minimal 
sarfi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
L
min

б
б
X
X
Y
Y
G


*
0
0
. (1) 
So‘ngra L = φL
min
hisoblanadi, bu yerda, φ – absorbentning ortiqcha 
kerakligini bildiruvchi koeffitsiyent (odatda φ=1,3÷1,5). L ning topilgan 
qiymatiga asosan moddiy balans tenglamasi bo‘yicha absorbentning oxirgi 
tarkibi X
0
ni aniqlash mumkin. 
3.
Y–X diagrammasida ish chizig‘i chiziladi, bu chiziq koordinatalari Y
b

X
0
va Y
0
, X
b
bo‘lgan nuqtalardan o‘tgan to‘g‘ri chiziqni tashkil etadi. 
4.
Yutilgan 
komponentning 
miqdori 
quyidagi 
moddiy 
balans 
tenglamasiga asosan aniqlanadi: 
M = G (Y
b
– Y
0
) = L (X
0
– X
b
). (2) 
5.
Absorberning balandligi H va diametri D
a
topiladi. Modda almashinish 
uskunalarining asosiy o‘lchamlarini aniqlash tartibi 12-bobda keltirilgan. 
6.
Absorberlarning gidravlik qarshiligi topiladi. Uskunaning gidravlik 
qarshiliklarini aniqlash tartibi ularning turiga qarab har xil bo‘ladi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə