Parmalash va frezalash dastgoxlari moslamalari



Yüklə 476,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü476,41 Kb.
#138921
  1   2   3   4
12-Amaliy mashg\'ulot



12 – Amaliy mashg’ulot 
PARMALASH VA FREZALASH DASTGOXLARI MOSLAMALARI. 
 
Parmalash dastgoxlari moslamalari 
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar ishlab chiqarishda mashinani sifatiga 
bo’lgan talablarning yuqoriligi uchun na faqat ko’plab ishlab chiqarishda balki mayda seriyali va 
donalab ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. 
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar bilan bir qatorda konduktor plita va 
vtulkasiz maxkamlash moslamalari faska ochish, tsekovkalash, zenkerlash, rezba ochish va 
boshqa operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi. 
Yuqori rejimlarda teshiklarga ishlov berishda ishlov beriladigan zogotovkani tez va 
ishonchli maxkamlash talab etiladi shu sababli mexanizatsiyalashgan yuritmali konduktorli va 
konduktorsiz parmalash dastgoxlari moslamalari ko’p ishlatilmoqda. 
Parmalash dastgoxlari moslamalari ishlov berish jarayonida zogotovkadarni holatiga 
ko’ra qo’zg’almas (statsionar), buriladigan, suriladigan va qayiriladigan bo’lishi mumkin. 
Ishlov jarayonida ishlov beriladigan zogotovka dastgoxda xarakatlanmasa bunday 
moslama 
qo’zg’almas parmalash moslamasi
deyiladi. 
Buriladigan parmalash moslamalari
da ishlov beriladigan teshiklar detalni turli tamonida 
yoki aylana bo’ylab joylashgan bo’ladi. Bunday moslamalar gorizontal, vertikal yoki qiyshiq 
aylanish o’qiga ega bo’lishi mumkin. 
Qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalari maxsus va universal bo’lishi mumkin. 
Maxsus qo’zg’almas parmalash moslamalari ko’p seriyali va ko’plab ishlab chiqarishda 
o’lcham va ko’rinishi o’xshash bir yoki birnecha tipdagi detal zagotovkalaridagi teshiklarga 
ishlov berish jarayonida qo’llaniladi. 
Universal qo’zg’almas parmalash moslamalari mayda va o’rta seriyali ishlab 
chiqarishda aloxida dastgoxda bir gurux detal zagotovkalaridagi teshiklarga ishlov berish 
jarayonida qo’llaniladi. Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalarida 
almashitiriladigan sozlashni qo’llash bilan ishlov beriladigan turli o’lchamdagi detallar sonini 
oshirish mumkin. Bunday moslamalarni qo’llash va ularni mexanizatsiyalash va avtomalashtirish 
mexnat unumdorligini oshiradi va yangi mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt va sarf 
xarajatlarni kamaytiradi. 
Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalariga konduktor plitalari, skalkali 
konduktorlar, avtomatlashtirilgan yuritmali turli patronlar kiradi. 

Yüklə 476,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə