Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
DESORBSIYA 
Absorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni 
ajratib olish jarayoni desorbsiya deb ataladi. Desorbsiyaning asosiy maqsadi 
ishlatilgan absorbentni regeneratsiya qilish hamda yutilgan gazni haydash yoki 


15 
rektifikatsiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir. Sanoatda desorbsiyaning turli 
usullari qo‘llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko‘ra desorbsiyaning u yoki 
boshqa usuli tanlab olinadi. Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usullarda 
desorbsiya qilinadi: 1) inert gaz yoki suv bug‘i yordamida ajratib olinadi; 2) 
absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi; 3) absorbsiya jarayonidan keyin 
absorbentning bosimini kamaytirish natijasida ajratib olinadi. 
Inert gaz yoki suv bug‘i ta’sirida desorbsiya qilish. 
Bu usulda yutilgan 
gazni desorbsiya qilish uchun inert gaz yoki suv bug‘i ishlatiladi. Bunda inert 
gaz yoki suv bug‘i suyuqlik bilan bevosita bir-biriga ta’sir qiladi. 
Taqsimlanayotgan komponentning parsial ish bosimi suyuqlik ustidan 
desorbsiya qilinayotgan agent bosimiga qaraganda yuqori bo‘lgani uchun bu 
komponent suyuqlikdan gaz oqimiga yoki suv bug‘iga o‘tadi. Yutilgan gazni 
suyuqlikdan ajratib olish uchun desorbsiya jarayoni inert gaz va suv bug‘i 
ta’sirida qarama-qarshi yo‘nalishda nasadkali kolonnalarda olib boriladi. Inert 
gaz sifatida havo ishlatiladi, yutilgan gaz esa u bilan aralashib ketadi. Bunday 
desorbsiya usuli gaz aralashmasidan ajratib olingan komponent boshqa 
maqsadlarda ishlatilmagan hollarda qo‘llaniladi. 
Absorberga issiqlik berish yo‘li bilan yutilgan gazni ajratib olish.
Desorberga issiqlik berilganda, masalan, u suv bug‘i bilan isitilganda, suyuqlikda 
desorbsiya qilinayotgan komponent bilan absorbentning ham bir qismi bug‘lanadi. 
Hosil bo‘lgan aralashmalardan kerakli komponentni ajratib olish uchun rektifikatsiya
usuli qo‘llaniladi. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə