Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


-rasm.  Resirkulatsiyali absorbsion-desorbsion qurilmaning sxemasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
5-rasm.
 Resirkulatsiyali absorbsion-desorbsion qurilmaning sxemasi: 
1–absorberlar; 2–yig‘gichlar; 3–nasoslar; 4–sovitgichlar; 5–issiqlik almashgich; 6–desorber. 
6-rasmda tabiiy neftga yo‘ldosh gazlarni ajratishga mo‘ljallangan 
absorbsion qurilmaning sxemasi keltirilgan. 30–40
0
C haroratli gaz xomashyosi I 
isitkichlar (10) va sovitgichlar (3) tizimi orqali faza ajratgichi (13) ga kiradi. 
Gaz tarkibidagi suv bug‘larini ajratib olish uchun isitgichlarga dietilenglikolning 
70–80 % eritmasi II yuboriladi. Faza ajratgichidan so‘ng gazlar absorber (1) ga 
kiradi, kondensat – deetanizatsiyaga, tarkibida suvni ushlagan dietilenglikol 
eritmasi esa – regeneratsiyaga yuboriladi. 
6-rasm
. Tabiiy va neftga yo‘ldosh gazlarni ajratishga mo‘ljallangan absorbsion – desorbsion 
qurilmaning sxemasi: 
1–absorbor; 2–dastlabki to‘yingan absorbent idishi; 3–sovitgich (propanli bug‘lanish); 4–
fraksiyalovchi absorber; 5–havo sovitgich; 7–suyuqlik bilan ta’minlovchi idish; 8–desorber; 
9–quvurli pech; 10–issiqlik almashgich; 11–gidravlik turbina; 12–seperator; 13–faza 
ajratgichi. Oqimlar: I–ho‘l gaz; II–glikolning dastlabki eritmasi; III–quruq gaz; IV–yonilg‘i 
gazi; V–noturg‘un benzin; VI–regeneratsiya. 
Ifloslangan
gaz 
Tozalangan 
gaz 
Desorbsiya 
qilingan 
komponent 
Bug‘ 
Kondensat 


18 
Regeneratsiya qilingan absorbent absorberdan chiqayotgan quruq gaz 
bilan sovitgich (3) da uchrashadi, u yerda absorbent asosan yengil 
uglevodorodlar (etan va metan) bilan to‘yinadi va dastlabki to‘yingan 
absorbentning idishi (2) ga yuboriladi. Idish (2) dan dastlabki to‘yingan 
absorbent absorber (1) ning yuqorigi qismiga beriladi, quruq gaz III esa isitgich 
(10) orqali qurilmadan tashqariga chiqariladi. 
Ushbu qurilmaning tarkibida fraksiyalovchi absorber (4) bo‘lib, uning 
pastki qismi desorber sifatida (absorbentning asosiy oqimidan eng yengil 
komponentlarni ajratib olish uchun), yuqorigi qismi esa absorber sifatida 
(uskunaning pastki qismida gazdan og‘ir komponentlarni ajratish uchun) 
ishlatiladi. Fraksiyalovchi absorber texnologik sxemada absorber va desorber 
oralig‘ida joylashtiriladi. 
To‘yingan absorbentning faza ajratgich (13) dan chiqayotgan kondensat 
bilan aralashmasi issiqlik almashgich (10) va separator (12) orqali ikkita oqim 
bilan fraksiyalovchi absorber (4) ning ta’minlovchi seksiyasiga yuboriladi. 
Fraksiyalovchi separatorning patski qismiga berilgan issiqlik ta’sirida 
komponentlar gazdan qisman ajratiladi. Qisman regeneratsiya qilingan 
absorbent oqimi gidravlik turbina (11) va issiqlik almashgich (10) orqali to‘la 
regeneratsiya qilish uchun desorber (8) ga yuboriladi. Fraksiyalovchi 
absorberning yuqorigi qismiga, gazdan tegishli komponentlarni ajratib olish 
uchun, yangi regeneratsiya qilingan absorbent beriladi. 
Desorberdan absorbentning noturg‘un benzin bilan chiqib ketmasligi 
uchun kolonnaning yuqorigi tomonida havo sovitgichi (5), suv sovitgichi (6) va 
kolonnani noturg‘un benzin bilan ta’minlovchi idish (7) o‘rnatilgan. Idish (7) 
dan noturg‘un benzin V olib turiladi. Ushbu desorber oddiy rektifikatsiya 
kolonna kabi ishlaydi. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə