Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163
 
5-rasm.
Qalpoqchali tarelkanin ishlash prinsipi: 
1–tarelka; 2–gaz patrubkasi; 3–qalpoqchalar; 4–quyilish quvurlari. 
Qalpoqchali tarelkalar gaz va suyuqlikning sarfi katta bo‘lganda ham 
barqaror ishlaydi. Кamchiliklari: tuzilishi murakkab, gidravlik qarshiligi katta, 
Gaz 
Suyuqlik 







25 
tozalash qiyin, narxi qimmat, berilayotgan gaz miqdori kam bo‘lganda yomon 
ishlaydi. 
Plastinali tarelkalarda fazalar bir tomonlama yo‘nalishda harakat qiladi (6-
rasm). Har bir pog‘ona to‘g‘ri yo‘nalishda ishlagani uchun gaz va suyuqlikning 
sarfini birdan oshirish mumkin. Plastinali tarelkali kolonnada suyuqlik yuqorigi 
tarelkadan gidravlik zatvorga tushib, quyish to‘siqlari orqali og‘ma shaklda 
joylashgan qator plastinalardan tashkil topgan tarelkaga tushadi. Tarelkaga 
tushgan suyuqlik og‘ma plastinalardan tashkil topgan plastinalarning birinchi 
teshigiga kirishi zahoti teshikdan katta tezlikda kelayotgan gaz bilan to‘qnashadi 
(punktir chiziq). 
6-rasm
. Plastinali tarelka: 
1–gidravlik zatvor; 2–to‘siq; 3–tarelka; 4–plastina; 5–to‘kish cho‘ntagi

Plastinalarning og‘ish burchagi kichik bo‘lgani (10–15
0
) uchun kirayotgan 
gaz tarelka tekisligiga nisbatan bir oz parallel bo‘ladi. Natijada suyuqlik siqiladi 
va gaz oqimida suyuqlik mayda tomchilarga yoyilib, tarelka bo‘yicha keyinga 
teshiklarga otiladi va suyuqlik bilan gazning to‘qnashishi yana takrorlanadi. 
Bunda suyuqlik katta tezlikda tarelka bo‘ylab harakat qilib, quyish to‘siqlaridan 
o‘tib, to‘kish cho‘ntagiga tushadi. 
Plastinali tarelkalarda boshqa konstruksiyali tarelkalarga nisbatan suyuqlik 
dispers, ya’ni tarqaluvchi fazada bo‘lib, gaz esa yaxlit holda bo‘ladi. Gaz bilan 
suyuqlik tomchi va ko‘piklar sirtida to‘qnashadi. Tarelkadagi gaz-suyuqlik 
(dispers) fazalardagi gidrodinamik rejim tomchi va ko‘pik holida bo‘ladi. 
Plastinali tarelkalarning gidravlik qarshiligi kam, uni tayyorlash uchun kam 
metall sarflanadi, loyqalangan suyuqliklarda ham yaxshi ishlashi mumkin. Bu 
tarelkalarda kolonna balandligi bo‘ylab gaz bilan suyuqlikning aralashishi 
natijasida modda almashinishining harakatlantiruvchi kuchi ko‘p bo‘ladi. 
Plastinali tarelkalarning kamchiliklari: tarelkaga issiqlik berish va hosil 
bo‘lgan issiqlikni olib ketish qiyin, suyuqlikning sarfi kam bo‘lgani sababli, 
uning ish samaradorligi kam. 
Quyilish moslamasi bo‘lmagan tarelkalarda gaz va suyuqlik bitta 
teshikdan o‘tadi (7-rasm). Tarelkada gaz bilan suyuqlikning bir vaqtda o‘zaro 


26 
ta’sirida barbotaj natijasida suyuqlikning bir qismi pastdagi tarelkaga o‘z-
o‘zicha oqib tushadi. Shuning uchun bu holdagi kolonnalar ag‘darilma tarelkali 
kolonnalar deyiladi. Bular panjarali, to‘lqinsimon elakli, tirqishlarining chetlari 
egilgan panjarali, qat-qat burma lenta bilan ta’minlangan quvurli-panjarali 
bo‘ladi. 
7-rasm.
Ag‘darilma rusumidagi tarelkalarning sxemalari: 
a–panjarali tarelka; b–to‘lqinsimon elakli tarelka; d–tirqishlarining chetlari egilgan panjarali 
tarelka; e–qat-qat burma lenta bilan ta’minlangan quvurli-panjarali tarelka; 1–kolonna 
qobig‘i; 2–tayanch halqasi; 3–tarelka seksiyasi. 
8-rasmda suyuqlikning sarfi L=const bo‘lganda ag‘darilma tarelkaning 
gidravlik qarshiligi bilan kolonnadagi gaz oqimi tezligining o‘zaro bog‘lanishi 
ko‘rsatilgan. Gazning tezligi kam bo‘lganda tarelkalarda suyuqlik ushlanib 
qolmaydi, chunki bunda fazalar orasidagi ishqalanish kuchi kichik bo‘ladi (AV 
chiziq). Gazning tezligi ortishi bilan tarelka sirtida suyuqlik yig‘ila boshlaydi
gaz esa suyuqlikni ko‘pirtirib orasidan o‘tib ketadi (VS chiziq). Gaz tezligining 
bu oralig‘ida tarelka normal ishlaydi. Bu vaqtda gaz bilan suyuqlik navbatma-
navbat bitta teshikdan o‘tadi. Agar gazning tezligi yanada oshirilsa, gaz bilan 
suyuqlik orasidagi ishqalanish ortishi natijasida suyuqlikning tarelkada yig‘ilishi 
birdan ko‘payadi, gidravlik qarshilik ham birdan oshib, natijada suyuqlik 
tarelkada tiqilib qoladi (SD chiziq). Suyuqlik sarfi kam, tarelkaning bo‘sh 
kesimi va teshiklarning diametri katta bo‘lganda S nuqtada keskin o‘zgarish 
bo‘lmaydi (punktir chiziq). Ag‘darilma tarelkalarda gazning normal rejimdagi 
va tiqilib qolish holatidagi tezligi tarelka teshigining ekvivalent diametriga va 
bo‘sh kesimning yuzasiga, gaz va suyuqlikning sarfiga, zichligiga va 
qovushoqligiga bog‘liq. 





27 
 
8-rasm.
Ag‘darilma tarelkaning gidravlik qarshiligi bilan kolonnadagi gaz oqimi tezligining 
o‘zaro bog‘lanishi(L=const). 
Ag‘darilma tarelkalardagi barcha teshiklar yoki tirqishlar yuza kesimning 
yig‘indisi kolonna yuza kesimining 10–30 % ini egallaydi. Bu rusumdagi 
tarelkalar suyuqlik va bug‘ sarflarining o‘zgarishlariga o‘ta ta’sirchan 
hisoblanadi. Ushbu omillarning ish holatida o‘zgarish chegarasi maxsus quyilish 
moslamasi bo‘lgan tarelkalarga nisbatan ancha kichik. Bug‘ning sarfi kam 
bo‘lgan holatda, uning bosimi tarelkaning ustida suyuqlik qatlamini hosil 
qilishga yetarli bo‘lmaydi. Bug‘ning sarfi ancha katta bo‘lganda esa suyuqlik 
tarelkaning teshiklari orqali harakati uchun qarshilik kuchayadi, oqibat natijada 
tarelkalar oralig‘ida bo‘shliq ko‘pik bilan to‘ladi, suyuqlikning bitta tarelkadan 
ikkinchi tarelkaga qarab harakati qiyinlashadi. Bug‘ning oqimi uchun gidravlik 
qarshilik ko‘payadi. Bunday sharoitda kolonnaning normal ishlashi buziladi. 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə