Mavzu: Fizikaviy kattalikning chinakam qiymati, haqiqiy qiymati, kattalikning oʻlchamliligini o’rganish



Yüklə 24,48 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü24,48 Kb.
#160201
  1   2   3   4
Mavzu Fizikaviy kattalikning chinakam qiymati, haqiqiy qiymati,-fayllar.org (1)


Mavzu: Fizikaviy kattalikning chinakam qiymati, haqiqiy qiymati, kattalikning oʻlchamliligini o’rganish

Mavzu:Fizikaviy kattalikning chinakam qiymati, haqiqiy qiymati, kattalikning oʻlchamliligini o’rganish


Reja:
1. Kattaliklar va ularning turlari. Fizikaviy kattaliklarning sifat va miqdoriy tavsiflari.
2. Fizikaviy kattaliklarning birliklari. Xalqaro birliklar tizimi
3 .Fizikaviy kattalikning chinakam qiymati, haqiqiy qiymati, kattalikning oʻlchamliligi.

4.Foydalanilgan adabiyotlar



Kattalik - sifat tomonidan ko’pgina fizikaviy ob’ektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o’tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo’lib, miqdor tomonidan har bir ob’ekt uchun xususiy bo’lgan xossadir.
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’ektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo’lishini ifodalaydi.
Biz o’rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o’lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. “Kattalik” atamasidan xossaning faqat miqdoriy tomonini ifodalash uchun foydalanish to’g’ri emas (masalan, “massa kattaligi”, “bosim kattaligi” deb yozish), chunki shu xossalarning o’zi kattalik bo’ladi. Bunda “kattalik o’lchami” degan atamani ishlatish to’g’ri hisoblanadi. Masalan, ma’lum jismning uzunligi, massasi, elektr qarshiligi va hokazolar.
Har bir fizikaviy ob’ekt bir qancha ob’ektiv xossalar bilan tavsiflanishi mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o’lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikni o’lchash imkoniyati mavjud. Bu ko’rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan ortib ketishi bashorat qilinmoqda.
Ko’pincha kattalikning o’rniga parametr, sifat ko’rsatkichi, tavsif (xarakteristika) degan atamalarni ham qo’llanishiga duch kelamiz, Lekin bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi.
Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, uni fizikaviy bog’lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o’tilgan masofa bo’yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog’lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo’lib ko’riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar.

Yüklə 24,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə